Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA PORTRET TASVIRI (“JAMILA” QISSASI MISOLIDA)
MANAGEMENT AND ECONOMY · QISSASI MISOLIDA) · Boltayeva Iroda
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 1982
Аннотация
Mazkur maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi portret tasviri tahlil qilinadi. Muallifning obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslubi, ayniqsa Jamila qiyofasini berishda tashqi ko‘rinish orqali ichki ruhiy holatni ifodalash mahorati ochib beriladi. Portret vositasi orqali ayolning jasorati, ichki ozodlikka intilishi va Danyarning estetik nigohi orqali berilgan baho chuqur tahlil qilinadi. Asarda portret tasviri oddiy estetik vosita emas, balki g‘oyaviy- badiiy mazmunni yorituvchi kuchli poetik element sifatida ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Chingiz Aytmatov, Jamila, portret tasviri, ayol obrazi, ichki ruhiy holat, estetik nigoh, badiiy tasvir, Doniyor, adabiy portret, obraz yoritilishi. Jahonga taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov 1982-yil 12-dekabr Qirg‘izistonning Talas vodiysi Shakar ovulida tug‘ilgan. U yaratgan asarlar dunyoning 191 tiliga tarjima qilingan. Shu qatorda uning ko‘pgina asarlari o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Uning “Birinchi muallim”, “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido”, “Oq kema” singari asarlari uning nomini butun jahonga yoygan mashhur asarlaridir. “Jamila” qissasi II jahon urushining uchinchi yilida ayniqsa, Kursk bilan Oryol ostonalarida dahshatli janglar bo‘layotgan paytda yozilgan. Asardagi portret tasvirini tahlil qilishdan oldin portret tasviri nima ekanini bilib olish kerak. “Portret” (fr.portraire – tasvirlamoq) – personajning so’z vositasida tasvirlangan tashqi ko`rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko`z ifodalari, tana holati va harakatlari, qiliqlari), o`quvchi tasavvurida jonlanadigan to`laqonli obrazni yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri. Portret epik asarning kompozitsion unsuri bo’lmish tavsifning bir ko‘rinishidir Portret tasviri haqida Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi misolida ko‘rib chiqamiz. Chingiz Aytmatovning obraz yaratish mahorati bosh qahramonlardan birisi Jamilani tasvirlashida yaqqol namoyon bo‘lgan. “Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. Ikki oʻrim sochini boshiga chambarak qilib oʻrab, ustidan tangʻib olgan oppoq durrasi uning bugʻdoyrang kulcha yuziga shunday yarashib tushar ediki, asti qoʻyaverasiz! Jamila kulganda uning shaxlo koʻzlarida navqiron yoshlik barq urar, shunda u beixtiyor qaddini rostlab ovulning shoʻx laparini kuylab yuborardi” Bu jumlalar Sayit tilidan aytilgan. Biz jamilaning tarifini o‘qir ekanmiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizda qirg‘iz qizi gavdalanadi. “Ikki oʻrim sochini boshiga chambarak qilib oʻrab, ustidan oppoq durrasi tangʻib olgan” jumlasi 83 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference qirg‘iz qizlaridagi o‘ziga xoslikni anglatadi. Demak yozuvchi bir qizni emas, balki butun qirg‘iz qizlarini tasvirlagan. • Tashqi ko‘rinishi: “sarvqomat”, “bejirim”, “ikki oʻrim sochini boshiga chambarak qilib oʻragan”, “oppogʻ durra”, “bugʻdoyrang kulcha yuz” kabi tasvirlar bilan berilgan. • Ko‘zlari va yuz ifodasi: “shaxlo koʻzlarida navqiron yoshlik barq urar”. • Ichki holati: Kulgandagi holati va shoʻx lapar kuylashi — uning jo‘shqin, hayotbaxsh va baxtiyor ruhiy holatini anglatadi. Qissaning yana bir bosh qahramoni Doniyordir. Jamilaning sof va samimiy, beg‘ubor dunyosi Doniyorning ichki dunyosi bilan bog‘lanib, ular o‘rtasida muhabbat deb atalmish tuyg‘u paydo bo‘ladi. Jamila mehnatsevarligi, ochiqko‘ngilligi o‘ziga maftun etadi. Jamilanig xatti-harakatlari har bir o‘quvchini hayron qoldiradi. Har qanday holatda ham vaziyatdan chiqa olishi, epchilligi asarni qiziqib, berilib o‘qishga sabab bo‘ladi. Asarni o‘qir ekansiz, asarni muhabbat kuyi deb atash istagi sizda paydo bo‘ladi. Ch. Aytmatov yaratgan asarlarning ko‘pchiligi yolg‘iz yashovchi, kimsasiz obrazlar bo‘lib, Doniyor ham huddi shunday obrazlardan biridir. U yoshligidan yetim qolib, har kimlarning eshigida yurgan oxiri Chaqmoqdagi qozoq tog‘alarinikiga ketib qolgan va uni hech kim izlab ham kelmagan deya aytilgan obrazdir. U odamlarga aralashmaydigan, o‘zicha yakka-yolg‘iz yuradigan yigit bo‘lgan. Jamila esa ancha sho‘x, beg‘ubor obraz sifatida gavdalanadi. U mehnatdan qochmaydigan ayol, hattoki ikki ot qo‘shigan aravani bemalol haydab ketishi haqida yozilgan. U boshqa kelinlar kabi bahona izlab ishdan qochadiganlardan bo‘lmagan. Qissadagi ba’zi joylarda Doniyor obraziga badiiy to‘qima qo‘shilgan. Masalan yeti pud chiqadigan qopni yolg‘iz o‘zi ko‘tarishi bunga misol bo‘la oladi. Chingiz Aytmatovning aytishicha, bunday qopni ikki inson zo‘rg‘a ko‘tara oladi, lekin Doniyor yarador bo‘lsa ham bu qopni ko‘tarib tog‘ning boshiga olib chiqishi albatta real hayotda ro‘y berishi kam bo‘lgan hodisadir. Albatta har bir yozuvchi o‘z asarini chiroyli tarzda tasvirlashi uning mahoratidan dalolat beradi. Jamila daslab asar boshida sho‘x, shaddot qiz qiyofasida gavdalangan bo‘lsa, Qissa oxiriga kelib qat’iyatli, mustaqil qaror qiluvchi ayol sifatida keltiriladi. Xulosa: Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov o‘zining samarali ijod mahsullari orqali muhlislar mehrini qozongan mahoratli yozuvchi bo‘lgan. O‘zining boy ada
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi portret tasviri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi portret tasviri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ichki ruhiy holat, estetik nigoh, Jamila, ayol obrazi, adabiy portret, Doniyor, Chingiz Aytmatov, obraz yoritilishi., badiiy tasvir, portret tasviri
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021