К содержанию
РецензированоUZ2026

GAPIRISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

EDUCATION SYSTEM · Boltayeva Iroda

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishdagi bu muammolar ta’lim-tarbiya jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada aynan logopedik metod orqali bolalarning nutqini to‘g‘rilash, ularni til va adabiyot darslariga tayyorlashda qanday usullar qo‘llanishi mumkinligi ilmiy asosda yoritilgan. Metodning amaliy qo‘llanilishi, ta’limiy samarasi va bolaning ijtimoiy moslashuviga ta’siri keng yoritiladi. Kalit so‘zlar: logopedik metod, nutqiy rivojlanish, bola psixologiyasi, artikulyatsiya mashqlari, fonematik eshituv, til va adabiyot, nutq nuqsonlari Annotation: This article analyzes speech defects among children and their causes. These problems in speech development can seriously affect the educational process. This article scientifically explains what methods can be used to correct children's speech and prepare them for language and literature lessons through the speech therapy method. The practical application of the method, its educational effectiveness and impact on the child's social adaptation are widely covered. Keywords: speech therapy method, speech development, child psychology, articulation exercises, phonemic hearing, language and literature, speech defects Bola nutqining to‘laqonli shakllanishi – uning aqliy, ijtimoiy va estetik rivojlanishining muhim omillaridan biridir. So‘nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishlari, ayniqsa, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, gap tuzishda qiynalish, sekin yoki totqillab gapirish kabi holatlar ko‘p kuzatilmoqda. Bunga esa nuqsoni bo‘lgan bolaning tengdoshlaridan ajralib, yakkalanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu muammo asosan psixologik omillar, genetik moyillik, yetarlicha og‘zaki muloqotning bo‘lmasligi yoki nutqiy muhitning yetarlicha boy bo‘lmasligi natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa, til va adabiyot darslarida bolalarning matnni tushunishda, ifoda qilishda, she’r yodlashda va hikoya tuzishda qiynalishi ularning og‘zaki va yozma nutqida sezilarli kamchiliklarga olib keladi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun logopedik metodlar qo‘llanish va o‘quvchilarga kichik yoshlaridan folklore namunali, turli ertak, hikoya, she’rlarni ifodali hamda ta’sirchan namoyon qilish o‘z samarasini bermoqda. 177 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Nutq buzulishi nafaqat muloqot qilishga, balki inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nutqdagi buzulishlar tug‘ma bo‘lishi ham mumkin yoki biror narsadan qattiq qo‘rqib qolish natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Tug‘ma nuqsoni bor ayrim bolalarini davolashning iloji bo‘lmasa ham, bog‘cha yoki maktab yoshlarida baxtsiz hodisa orqali ushbu nuqson paydo bo‘lgan bolarni davolash, darslarga jalb qilish, o‘zig bo‘lgan ishonchi orttirish mumkin. Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimiz kelajagiga mustahkam poydevor qurishdan iborat. Biz pedagoglar ham bunga o‘z hissamizni qo‘shsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rag‘batlantirish, gapirishda nuqsoni bo‘lgan bola chiqargan tovushlarni yanada yaxshiroq aytishiga ko‘maklashish bolalarga avvalgi holiga qaytishiga yordam beradi. Logopedik metodning mohiyati Logopedik metod – bu nutq buzilishlarini aniqlash, tuzatish va oldini olishga qaratilgan tizimli, ilmiy asoslangan mashqlar majmuasidir. Bu metod, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar uchun zarurdir, chunki bu davrda til o‘zlashuvi va nutq shakllanishi eng faol bosqichda kechadi. Logopedik yondashuv orqali bolaning nutq apparati – til, lab, jag‘, nafas tizimi va eshituv idorasi faoliyati uyg‘unlashadi. Logopedik metodda qo‘llaniladigan asosiy mashqlar: Artikulyatsion mashqlar Bola tilining harakatchanligini, lablarining moslashuvchanligini oshirish orqali tovushlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishiga erishiladi. Masalan, “tip-tip”, “buloqcha” kabi onomatopeya asosidagi mashqlar orqali harakat va tovush uyg‘unligi mustahkamlanadi. Tovush ishlab chiqish va avtomatizatsiya. Masalan, “R” harfini to‘g‘ri ayta olmagan bolalarga maxsus mashqlar orqali tovush pozitsiyasi ishlab chiqiladi. So‘ng, bu tovush so‘zlarda, gaplarda va matnlarda mustahkamlanadi. Fonematik eshituvni rivojlantirish. Bola tovushlarni ajratadi, ularni to‘g‘ri eshitadi va o‘z nutqida qo‘llaydi. Bu til darslarida diktant yozishda, o‘qish paytida tushunishni oshirishda muhim vosita bo‘ladi. Nutq nafasini boshqarish. Bola she’r yoki matn o‘qiyotganda to‘g‘ri nafas olish va pauza qilishni o‘rganadi. Bu tutluqishning oldini oladi va ifodali o‘qish malakasini shakllantiradi. So‘z boyligi va bog‘liq nutqni rivojlantirish. Til va adabiyot fanlarida hikoya tuzish, she’r yodlash, maqollar, topishmoqlar bilan ishlash logoped mashg‘ulotlariga uyg‘unlashtiriladi. Masalan, bola "Bahor keldi" mavzusida rasm 178 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference asosida matn tuza

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech therapy method, speech development, child psychology, bola psixologiyasi, nutqiy rivojlanish, nutq nuqsonlari, fonematik eshituv, artikulyatsiya mashqlari, til va adabiyot, logopedik metod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники