Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING O‘YIN KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH · Avazova Diyora · Nuritdinova Xurshida Narpulatovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yinning ahamiyati va bolalarda o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy metodlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagog tarbiyachilarning bolalarda o‘yin kompetensiyalarini rivojlantirish uchun turli zamonaviy metod va usullar ishlab chiqib, uni amaliyotda qo‘llashi tadqiq qilingan. O‘yin kompetensiyalarini rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan. Rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin orqali bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqida bir qancha taklif va fikrlar keltirib o‘tilgan. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘yin, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, kompetensiya, pedagogik mahorat, oila, mashg‘ulotlar, rivojlantiruvchi markazlar, kichik guruh, o‘rta guruh, katta guruh, maktabgacha tayyorlov guruhi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti-yetti yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun, bolalar bog‘chalari 3yoshdan 6-7yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan muassasadir. O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma'naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'liqdir. Shu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma- bosqich ta'lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o'yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o'rtasidagi turli munosabatlami har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o'zgarib turadi. O'yin doimo o'zgarib turganligi tufayli bola o'ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga, kishilarga, narsalarga va o'ziga bo'lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o'zgarib turadigan o'yin jarayonida namoyon bo'ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o'yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O'yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o'yin jarayonida faqat namoyon bo'libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar 129 mustahkamlanadi, o'zlashtiriladi. Shuning uchun psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya'ni, to'g'ri tashkil qilingan o'yin bola shaxsini har tomonlama o'stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida - sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O'yin o'z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti- harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo'lishi tufayli bolalarda ma'naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o'yin jarayonida shifokorlik yoki o'qituvchilik rolini bajarayotgan bo'lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o'yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo'ladi. Bolalar uchun o'yin mazmunining hech bir chegarasi yo'q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o'z o'yinlarida aks ettira oladilar. O'yinning ahamiyati bola shaxsining o'sib kamolotga yetishiga ta'sir ko'rsatishdin iboratdir. O'yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o'z-o'ziga munosabati o'zgarayotgan o'yinda namoyon bo'ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari bevosita o'yinda ifodalanadi. O'yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma'qul tomonga "o'zgartirish" imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub'ekti sifati
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yinning ahamiyati va bolalarda o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy metodlari ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yinning ahamiyati va bolalarda o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy metodlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘yin, kichik guruh, maktabgacha tayyorlov guruhi., o‘rta guruh, oila, pedagogik mahorat, katta guruh, rivojlantiruvchi markazlar, kompetensiya, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, mashg‘ulotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026