American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
OILA TARBIYASIGA OID KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA
Rashidova Sarvinoz Ilhom qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu atamalarning semantik, madaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning tarixiy ildizlari va jamiyatdagi funksional roli o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar har ikkala til va madaniyatda o‘ziga xos madaniy yuklama va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda til va madaniyat uyg‘unligini ta’minlashda lingvokulturologik tahlilning ahamiyatini ochib beradi. Kalit so‘zlar: ingvokulturologik tahlil, oila tarbiyasi, parenting, tarbiya, discipline, odob, nurture, parvarish, ingliz tili, o‘zbek tili, madaniyatlararo pragmatika, qiyosiy lingvistika. Bugungi globallashuv jarayoni madaniyatlararo aloqalarning jadallashuviga olib kelmoqda. Turli xalqlarning til, madaniyat va qadriyat tizimlari tobora yaqinlashib, shu bilan birga o‘zaro farqlar ham yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, madaniy jihatdan yuklangan, xalq ruhiyati va ijtimoiy tajribasini ifodalovchi konseptlarning lingvokulturologik o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bunday konseptlar orqaligina jamiyatning ichki dunyosi, qadriyatlar tizimi, tarbiya tamoyillari va shaxsiy ijtimoiylashuv jarayonlari to‘g‘risida mukammal tasavvur hosil qilish mumkin. Shunday muhim konseptual sohalardan biri bu — oila tarbiyasidir. Oila nafaqat jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy hujayrasi, balki milliy mentalitet, urf-odatlar, diniy qarashlar va axloqiy-me’yoriy tizimlarning asosiy shakllanuvchisi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Har bir jamiyatda oila tarbiyasi bilan bog‘liq tushunchalar til orqali aks etadi, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari esa bevosita madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar jumladan, ingliz tilidagi “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish”1 lingvokulturologik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ushbu atamalarning semantik tarkibi, madaniy konnotatsiyalari, tarixiy shakllanishi va zamonaviy jamiyatdagi qo‘llanilish uslublari o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — oila tarbiyasi bilan bog‘liq konseptlarning ikki xil madaniyat kontekstida qanday shakllanib, qanday pragmatik va semantik nozikliklarga ega ekanligini ochib berish, shuningdek, bu tushunchalarning madaniyatlararo tarjimada qanday talqin etilishini aniqlashdan iborat. Ushbu tadqiqot tilshunoslik, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik kesishgan nuqtasida muhim ilmiy va amaliy natijalarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqotda oila tarbiyasiga oid konseptlarning ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanishidagi lingvokulturologik farqlarni ochib berish maqsadida bir nechta tilshunoslik 1 Nurmonov, A. O‘zbek tilining madaniy qatlamlari. Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2008, p-36 49 metodlari uyg‘unlashtirildi. Asosiy metod sifatida qiyosiy tilshunoslik tahlili tanlanib, ikki tildagi konseptlarning semantik va madaniy mazmuni solishtirildi. Bu yondashuv orqali har bir konseptga xos bo‘lgan milliy va madaniy konnotatsiyalar aniqlashtirildi. Tahlilning semantik jihatlari uchun komponentli tahlil usuli qo‘llanildi. Bu metod yordamida atamalarning asosiy va ikkilamchi semantik komponentlari, sinonimik qamrovi, stilistik qatlamlari va metaforik yuklamalari ajratib ko‘rsatildi. Konseptlar ichki tuzilmasining aniqlanishi ularning pragmatik va diskursiv kontekstlarda qanday ishlatilishini tushunishga xizmat qildi. Tadqiqotning nazariy asosini lingvokulturologik yondashuv tashkil etdi. Bu yondashuv konseptlarni nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ham talqin qilishga imkon berdi. Shu boisdan, o‘rganilgan atamalar faqat lug‘aviy jihatdan emas, balki ularning orqasida turgan ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy mezonlar, diniy tushunchalar va tarbiyaviy an’analarga bog‘liq holda tahlil qilindi. Sifatli (qualitative) metodologiya asosida tadqiqot materiali sifatida ikki tilli korpuslar, zamonaviy lug‘atlar, onlayn va bosma ensiklopediyalar, hamda real hayotdagi nutqiy kontekstlar (ta’limiy adabiyotlar, oila va bolalar tarbiyasiga oid ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, bloglar va intervyular) o‘rganildi. Shuningdek, kontekstual tahlil va diskursiv yondashuv orqali atamalarning ijtimoiy vazifalari, qo‘llanish holatlari va stilistik funksiyalari chuqur ko‘rib chiqildi. Bu esa konseptlarning har bir til va madaniyatda qanday maqsadda, qanday ifodaviy vositalar bilan ishlatilishini ko‘rsatishga xizmat qildi. O‘tkazilgan lingvokulturologik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek tillarida oila tarbiyasiga oid konseptlar semantik tuzilishi va madaniy yuklamalari jihatidan sezilarli farqlarga ega. Tadqiqot uchta asosiy atama juftligi doirasida quyidagi farqlarni aniqladi: “Parenting” vs
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik n…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik n… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nurture, tarbiya, madaniyatlararo pragmatika, parenting, parvarish, oila tarbiyasi, discipline, o‘zbek tili, qiyosiy lingvistika., ingvokulturologik tahlil, ingliz tili, odob
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021