Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
XODISA SODIR BULGAN JOYNI KO'ZDAN KECHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Aliqulov Muhammadali Umarali o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2018
Аннотация
Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, xodisa sodir bulgan joyni koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir etilganda oʻtkazish tartibi haqida soʻz yuritilishini koʻrishingiz mumkin. Kalit so’zlar Xodisa joyi, ko'zdan kechirish, xolis, tergovchi ko'zdan kechirish asoslari, ko'zdan kechirishni statik bosqichi. 2018-yil 1-martida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat havfsizligi hizmati, Ichki ishlar, Mudovaa vazirliklari, Davlat bojxona va soliq qoʻmitalarining qoʻshma qarori bilan “Hodisa sodir boʻlgan joy holatini oʻzgartirish, dalillarni yoʻqotishi yoki yoʻq qilishini oldini olishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarini koʻrish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma” tasdiqlangan. Ta’kidlash oʻrinliki, jinoyatlarning “issiq izi”dan ochilishi va samarali tergov qilinishi aynan ushbu tergov harakatining qanday darajada oʻtkazilishiga bevosita bogʻliqdir. O‘zbek tilining izohli lug’atida “ko‘zdan kechirmoq” so‘zi lug‘aviy Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatiga jihatdan bir chekkadan qarab ko‘rib chiqmoq; nazardan o‘tkazmoq ma’nolarida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (keyingi o‘rinlarda – JPK) 16- bobida xodisa sodir bulgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazishning asoslari, tartibi ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi keltirib o‘tilgan. Amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksning 135-moddasiga ko‘ra, jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechiradi. Jinoyat-protsessual munosabatlarda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tushunchasining to‘g‘ri belgilanishi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur omil ushbu tergov harakatining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga va uning dalillarni to‘plash va tekshirishdagi o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining tushunchasi va mohiyatini ochib berish uchun, avvalombor, “hodisa” va “voqea” tushunchalariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi. Chunki jinoyat-protsessual qonunchilikda “hodisa sodir bo‘lgan joy” deb aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, jinoyat-protsessual nazariyasi va sud-tergov amaliyotida haligacha “voqea joyi”, “voqea joyini ko‘zdan kechirish” kabi tushunchalari qo‘llanilmoqda. 133 O‘zbek tilining izohli lug‘atida “voqea” tushunchasi arabcha – hodisa; hol, holat; jang voqe narsa, ish-hodisa, holat tariqasida, “hodisa” esa voqea, mojaro, baxtsiz voqea, holat; 1.tabiatda, jamiyat hayotida yuz beradigan o‘zgarish (mudhish hodisa, quvonchli hodisa, kutilmagan hodisa); 2. biror narsaning voqelanishi, voqelanish fakti (qishdan keyin bahorning kelishi ob’ektiv hodisa) deb ta’riflanadi. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish – ishga taaluqli jinoyat izlarini topish, qayd etish, tadqiq etish va olish maqsadida oʻtkaziladigan, sodir etilgan hodisa xarakterini va ishga tagishli boshqa holatlarni aniqlashdan iborat kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakati hisoblanadi. Jinoyatning ochilishi va uning samarali tergov qilinishida hodisa joyini koʻzdan kechirish markaziy oʻrin tutadi va muhim ahamiyat kasb etadi. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishdan asosiy maqsad hodisaning kelib chiqish holatini bevosita koʻrish orqali mavjud iz ashyoviy dalillarni topishda iborat. Yuridik adabiyotlarda I.N. YAkimov, V.I. Gromov, P.I. Trasov, A.I. Vinberg kabi olimlar tomonidan hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish tushunchasiga berilgan bir qancha ilmiy ta’riflar uchratish mumkin. Professor A.I. Vinberg bergan ta’rifi alohida e’tiborga molikdir: “Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish – hodisaning mexanizmini oʻrganishga, jinoyatchilik faoliyatining izlarni aniqlash, saqlash va keyinchalik oʻrganish uchun qayd etishga hamda sodir etilgan hodisa holatlarini aniqlash maqsadida turli ob’ektlar predmetlar hujjatlar va boshqa ish uchun ahamiyatli boʻlgan dalillarning qayd etilishiga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi”. Shuningdek, hodisa joyini koʻzdan kechirish tushunchasi oʻz ichiga jinoyatning izlari, ashyoviy dalillarni topish va toʻgʻriligini isbotlash, jinoyat motivi va mexanizmini aniqlash, koʻzdan kechirish, ma’lumotlarini issiq izidan qidirish uchun foydalanishga qaratilgan kompleks tergov va qidiruv tadbirlarini qamrab oladi. Ko‘zdan kechirishning maqsadi – ko‘zdan kechirish isbot qilishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni topish, olish va protsessual tartibda qayd etish maqsadida o‘tkaziladigan tergov xarakatlaridan biridir. Shuningdek, ko‘zdan kechirish jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, ularni jinoya
Доказательный фрагмент
«Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, xodisa sodir bulgan joyni koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida tu…»
Образец извлечения
Демо-превьюMuallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, xodisa sodir bulgan joyni koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida tu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xolis, tergovchi ko'zdan kechirish asoslari, Xodisa joyi, ko'zdan kechirishni statik bosqichi., ko'zdan kechirish
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021