Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTI TUSHUNCHASI, UNING MAZMUNI VA MOHIYATI
TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI (JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTINI) · Agoyev Shukrullo Safarboyevich (JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTINI) · Bekturdiyev Jamshidbek Hamrobek og‘li (JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTINI)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the institution of exemption from criminal liability in the criminal legislation of the Republic of Uzbekistan, its content and essence, and some issues of improving this institution. Kalit so‘zlar Jinoyat, jinoiy javobgarlik, mexanizm, muddat, amnistiya, avf, jinoyat tarkibi, huquqiy mezon, aqliy mezon. Keywords Crime, criminal liability, mechanism, term, amnesty, pardon, elements of the crime, legal criterion, mental criterion. Inson huquqlarini ta’minlash va jinoyat qonunchiligini insonparvarlashtirish jarayonida jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish instituti muhim o‘rin tutadi. Ushbu institutni takomillashtirish jinoyatchilikni kamaytirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va jabrlanuvchilar manfaatlarini himoya qilish bilan birga jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta ijtimoiylashishga yordam beradi. Quyida ushbu institutni takomillashtirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar bayon etilgan:. 1. Huquqiy asoslarni mustahkamlash: 2. Normativ-huquqiy bazani aniqlashtirish. 3. Jinoyat qonunchiligida javobgarlikdan ozod qilish asoslari va shartlarini aniq belgilash lozim. Bu javobgarlikdan ozod qilish qoidalarining noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini oladi. Masalan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlari (afv, amnistiya, jazo muddati o‘tib ketishi va boshqalar) har bir holatda aniq ko‘rsatilishi kerak. Individual yondashuvni rivojlantirish: Jinoyat sodir etgan shaxsning shaxsiy holatlarini (yoshi, sog‘lig‘i, jinoyatni sodir etish sabab va sharoitlari) hisobga olish asosida qaror qabul qilish zarur. 2. Institutning ijtimoiy vazifasini kengaytirish. 3. Qayta ijtimoiylashuvni ta’minlash. 4. Javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish muhimdir. Bu ularning jamiyatga moslashishiga yordam beradi1. Masalan, jinoyatchilarga ta’lim, kasb-hunar o‘rgatish va psixologik yordam ko‘rsatish orqali ular jinoyat yo‘liga qaytishining oldi olinadi. 1. Restorativ adolatni qo‘llash: jabrlanuvchilar va jinoyat sodir etgan shaxslar o‘rtasida yarashuvni ta’minlash orqali jinoiy 1 Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176. 154 javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada insonparvarlashtirish mumkin2. Misol uchun jabrlanuvchining roziligi asosida qoplash mexanizmlarini tatbiq qilish. 2. Javobgarlikdan ozod qilish asoslarini kengaytirish: kam og‘irlikdagi jinoyatlar uchun afzalliklar, kam og‘irlikdagi jinoyatlar sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Bu jinoyatlarning jamiyatga zararini kamaytirish va sud tizimiga yukni kamaytirishga yordam beradi. 3. Muqobil jazolarni joriy etish: ozodlikdan mahrum qilishning o‘rniga muqobil jazolar (masalan, ijtimoiy ishlar, jarima, shartli jazo)ni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish. 4. Amaliyotga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish: elektron monitoring tizimlari javobgarlikdan shartli ozod etilgan shaxslarning xatti-harakatlarini nazorat qilish uchun elektron monitoring vositalaridan foydalanish.Ma’lumotlar bazasini yangilash va tahlil qilish: Jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish orqali institut samaradorligini baholash. 5. Xalqaro tajribadan foydalanish: xalqaro tajribada jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilishda jabrlanuvchilarning roziligi va ijtimoiy kompensatsiyaga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Kanada va Yangi Zelandiyada yarashuv vositalari keng qo‘llaniladi3. Probatsiya tizimi: Probatsiya organlarini kuchaytirish va jinoyat sodir etgan shaxslar ustidan ijtimoiy nazoratni ta’minlash. Probatsiya xizmatlari jinoyatchilarning ijtimoiy hayotga qaytishini qo‘llab-quvvatlaydi. Institutni qo‘llashda adolat va ochiqlikni ta'minlash, sud tizimining shaffofligini oshirish, javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning asoslarini ochiq ko‘rsatish, bu jarayonda korrupsiya xavfini kamaytiradi. Jamoatchilik ishonchini mustahkamlash ommaviy axborot vositalari orqali institutning insonparvarlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni haqida ma’lumot berish4. Jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish institutini takomillashtirish ijtimoiy adolatni ta’minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ushbu institutni rivojlantirish uchun milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish zarur. Bu inson huquqlarini ta'minlash va huquqiy tizimni yanada samarali qilishga xizmat qiladi5. Xitoy jinoyat qonunchiligi va huquqni muhofaza qilish tizimida jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish institutiga o‘ziga xos yondashuv mavjud. Ushbu yondashuv asosan qonuniy tartibotning qat'iyligi, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va inson huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi muvozanatga asoslanadi. Quyida Xitoy tajribasidagi asosiy jihatlar bayon etilgan: Javobgarlikdan o
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the institution of exemption from criminal liability in the criminal legislation of the Republic of Uzbekistan, its content and essence, and some issues of improving this institution.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the institution of exemption from criminal liability in the criminal legislation of the Republic of Uzbekistan, its content and essence, and some issues of improving this institution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Crime, criminal liability, mechanism, term, amnesty, pardon, elements of the crime, legal, jinoyat tarkibi, huquqiy mezon, muddat, mexanizm, avf, Jinoyat, aqliy mezon., jinoiy javobgarlik, amnistiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026