К содержанию
РецензированоUZ2026

O’QUVCHILARNING CHET TILNI EGALLASH JARAYONIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI

KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI · Sindarova Nargiza Abdumajidovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil etilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining tilni to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va kontekstga mos tarzda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va interaktiv metodlar vositasida lingvistik kompetensiyani shakllantirish yo‘llari ham yoritib berilgan. Kalit so’zlar: lingvistik kompetensiya, nutq ko‘nikmalari, grammatik kompetensiya, tilni egallash, metodik yondashuv, til o‘rganishda motivatsiya, kommunikativ kompetensiya, pedagogik metodika, til o‘rganishda innovatsiyalar. Globalizatsiya sharoitida xorijiy tillarni o‘rganish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda. Binobarin, maktab o‘quvchilari uchun chet tilini egallash nafaqat bilim saviyasini oshirish, balki kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlarining asosi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, chet tilni samarali o‘rganishda lingvistik kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishi muhimdir. Lingvistik kompetensiya — bu til o’rganuvchining grammatik qoidalarni tushunishi, leksik boylikka ega bo‘lishi, talaffuz me’yorlarini o‘zlashtirishi va o‘z fikrini ravon bayon eta olish qobiliyatidir. Lingvistik kompetensiya tushunchasiga olimlarimiz tomonidan turlicha ta’riflar keltirib o’tilgan. Tilshunoslikning klassik namoyandasi bo’lmish, N.Chomsky lingvistik kompetensiyani “ona tilidagi cheksiz sonli gaplarni tushunish va yaratish qobiliyati” deya ta’riflagan. Uning ta’kidlashicha, ushbbu kompetensiya inson ongida mavjud bo‘lgan ichki grammatika asosida shakllanadi. Chomskyga ko‘ra, lingvistik kompetensiya har bir insonda tug‘ma tarzda mavjud bo‘lgan va unga ona tilida cheksiz miqdorda grammatik to‘g‘ri gaplar tuzish va tushunish imkonini beradigan ichki bilim tizimidir. Metodist J.J.Jalolov ta’riflashicha, “Lingvistik kompetensiya tegishli til qoidalariga muvofiq shakllangan va ularning an’anaviy ma’nosiga ega bo‘lgan mazmunli iboralarni ishlab chiqish va talqin qilish qobiliyatidir.” J.J. Jalolovning bu ta’rifi lingvistik kompetensiyani faqat nazariy bilim emas, balki uni amaliyotda aniq va to‘g‘ri qo‘llash qobiliyati deb izohlaydi. Ya’ni bu kompetensiya orqali til o'rganuvchi il qoidalarini biladi, ular asosida mazmunli gaplar tuza oladi va ushbu iboralarni to‘g‘ri talqin qila oladi. D.D.Oribboyevaning izohlashicha, “lingvistik kompetensiya - til tizimi, nutqdagi til birliklarining ishlash qoidalari haqidagi bilimlarga ega bo'lish, shuningdek, ushbu bilimlar yordamida boshqa shaxsning fikrlarini tushunish va to'g'ri talqin qilish qobiliyati sanalib pedagoglarga o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda bayon etishga ko’mak beradi.” Demak, til tizimining tuzilishi (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika) va uning ishlash qonuniyatlarini 34 ` bilish lingvistik kompetensiyaning negizini tashkil etadi. Bu bilimlar faqat grammatika darajasida emas, balki nutqdagi real qo‘llanish doirasini ham o‘z ichiga oladi. Lingvistik kompetensiya shunchaki bilim emas, balki ushbu bilim asosida kommunikatsiyani amalga oshirish, ya’ni boshqalar fikrini tushunish, tushungan fikrni izohlay olish, konnotatsiya (yashirin ma’no), ohang, vaziyat kabi elementlarni ham anglashni ifodalaydi. Tadqiqot mavzusini o’rganish davomida, nodavlat ta’lim maktablari o’quvchilarning chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyani rivojlanishining asosiy jihatlari sifatida fonetik, leksik, grammatik, orfografik, pragmatic, metalingvistik kompetensiyalarni tahlil etdik. Bunga ko’ra, fonetik kompetensiya (talaffuz va eshitish ko‘nikmalari) to‘g‘ri talaffuz qilish ya’ni fonemalarni farqlay olishni, intonatsiya, urg‘u va ritmga amal qilishni va eshitib tushunish va fonetik ketma-ketliklarni anglay olish qobiliyatini; Leksik kompetensiya (so‘z boyligi) esa so‘zlarni to‘g‘ri qo’llash va kontekstda tushunish, sinonim, antonim, frazeologik birliklarni o‘zlashtirish, passiv va aktiv lug‘at zahirasini kengaytirishni; Grammatik (morfologik va sintaktik) kompetensiya fe’l zamonlari, son, kelishik kabi morfologik tuzilmalarni o‘zlashtirishni, gap tuzish qoidalari (so‘z tartibi, murakkab gaplar, bosh va ergash gaplar)ni va so‘z yasash usullarini bilish (prefiks, suffiks, konversiya va hokazo)ni; Orfografik kompetensiya so‘zlarni to‘g‘ri yozish, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish, yozma nutqda grammatik normalarni saqlashni; Pragmatik kompetensiya (lingvistik vositalarni kontekstga mos qo‘llash) tilni kommunikativ maqsadga muvofiq qo‘llay bilishni, ijtimoiy-madaniy kontekstda mos ifodalarni tanlash (ruxsat so‘rash, minnatdorchilik bildirish, rad etish)ni; Metalingvistik kompetensiya tilning tuzilishi va ishlash mexanizmlari haqida ongli tushuncha va qiyosiy tahlil asosida ona til va chet til strukturasi o‘rtasidagi farqlarni aniqlashni o’zida ifoda etadi. Xulosa qilib aytganda, nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning che

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
grammatik kompetensiya, tilni egallash, metodik yondashuv, lingvistik kompetensiya, til o‘rganishda innovatsiyalar., til o‘rganishda motivatsiya, pedagogik metodika, nutq ko‘nikmalari, kommunikativ kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники