К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI DISKURS TURLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI TUSHUNISH VA QO‘LLASH MUAMMOLARI

QO‘LLASH MUAMMOLARI · Mamajonova Malikaxon Kaxramon Qizi

Наука и технология в современном мире · 1-6 · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda frazeologizmlarning tilshunoslikdagi o‘rni va turli diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy, publitsistik) ularning ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotda frazeologik birliklarning semantik va madaniy murakkabligi, ularning noto‘g‘ri talqin qilish holatlari va til o‘rganish jarayonidagi tushunmovchiliklar tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning diskurslardagi qo‘llanilishi va tushunishdagi muammolarni aniqlash orqali, til o‘rganuvchilarga frazeologizmni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida matn tahlili, diskurs tahlili va so‘rovnoma qo‘llanilgan. Kalit so‘zlar: Frazeologizm, diskurs, tilshunoslik, semantika, madaniy tafovutlar, til o‘rganuvchilar, tarjima, kontekst, frazeologik birliklar. Frazeologizm — tilning eng boy va ifodali qatlamlaridan biri bo‘lib, insonning dunyoqarashini, urf-odatlarini, tarixiy tajribasini o‘zida aks ettiradi. Bunday birliklar tilshunoslikda nafaqat semantik, balki pragmatik va stilistik ahamiyatga ham ega. Mazkur tezisda frazeologizmlarning turli diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy va publitsistik) qo‘llanilishi va tushunishdagi muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning noto‘g‘ri talqin qilinishi va til o‘rganuvchilar uchun yuzaga keladigan tushunmovchiliklar aniqlanadi. Shuningdek, til o‘rganuvchilar uchun frazeologizmni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqotda diskurs tahlili metodologiyasi asosida turli diskurslardan frazeologizm namunalari tanlab olinadi. Shuningdek, so‘rovnoma va intervyu orqali til o‘rganuvchilarning frazeologizmni tushunish darajasi aniqlanadi. Tadqiqot uchun tanlangan diskurslar quyidagilar:  Badiiy adabiyot matnlari (romanlar, hikoyalar),  Ilmiy maqolalar,  Siyosiy nutqlar,  Ijtimoiy tarmoq postlari va kundalik suhbatlar. Frazeologizmlar ularning qo‘llanish shakli, semantik mazmuni, kontekstdagi roli va stilistik xususiyatlari asosida tahlil qilinadi Turli diskurslarda frazeologizmlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Badiiy diskursda ular obrazlilik va emotsional ta’sir yaratish uchun ishlatiladi. Ilmiy diskursda esa ular kam uchraydi va ko‘proq mavzuni qiziqarli qilish uchun ishlatiladi. Siyosiy diskursda frazeologizm manipulyativ vosita sifatida xizmat qiladi.[4-12].Kundalik diskursda esa frazeologizmning noto‘g‘ri talqin qilinishi ko‘proq uchraydi, ayniqsa chet tili o‘rganuvchilari uchun.Frazeologik birliklar tildagi emotsional va madaniy boylikni ifodalaydi. Ularni turli diskurslarda to‘g‘ri tushunish va qo‘llash til egallash darajasining yuqori bosqichini bildiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilar va hatto ona tili egalari uchun ham ba’zida frazeologizmlarni 36 ` anglash qiyinchilik tug‘diradi.Mashhur nemis tilshunosi Wolfgang Mieder bir madaniyatni tushunish uchun, uning maqollari va frazeologizmlarini tushunish kerakligini ta’kidlaydi,chunki ular jamiyatning axloqiy va kognitiv mohiyatini o‘zida aks ettiradi.[3-27] So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilarning 85% frazeologizmlarni to‘g‘ri tushunishda qiyinchiliklarga duch kelgan[5-6].70% talaba frazeologizmni tarjima qilishda xatolarga yo‘l qo‘ygan, va 60% ishtirokchi faqat oddiy frazeologik birliklarni ishlatishga moyil. Frazeologizmlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llash til o‘rganuvchilarning muloqotdagi muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, frazeologizmlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi noaniqlik va madaniy tafovutlarga olib kelishi mumkin. Jahon tilshunoslari ham frazeologizmlarni til o‘rganuvchilarining til o‘zlashuvini murakkablashtiruvchi omil sifatida ko‘rishadi. Masalan, Paul Bogaards, "idiomatik birliklarni o‘rganish chet tili o‘rganishda muhim, lekin ularni to‘g‘ri anglash o‘z vaqtida rivojlanmaydi"[1- 68], deb ta'kidlaydi. Zoltán Kövecses, frazeologizmlarni tushunishda kognitiv metafora nazariyasining muhim o‘rin tutishini qayd etadi.Unga ko‘ra:"Ko‘plab frazeologizmlar metaforaga asoslangan bo‘lib, ularni tushunish faqat lingvistik tarjimani emas, balki madaniy va kognitiv bilimlarni ham talab qiladi".[2-98] Tadqiqotning takliflari:  Til o‘rgatuvchilar frazeologik birliklarni alohida o‘rgatish,  Turli diskurslarda frazeologizmni tahlil qilish,  Kontekstual tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish. Frazeologizmlar tildagi emotsional va madaniy boylikni ifodalaydi. Ularni turli diskurslarda to‘g‘ri tushunish va qo‘llash til o‘rganuvchining nutqiy va semantik sezgirligini oshiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, til o‘rganuvchilar va hatto ona tili egalarining frazeologizmni anglashdagi qiyinchiliklari hali ham mavjud. Tilshunoslar va pedagoglar frazeologizmni o‘rgatishda kontekst va madaniyatni hisobga olishlari zarur. Bu yondashuv til o‘rganuvchilarining kommunikativ muvaffaqiyatini oshiradi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda frazeologizmlarning tilshunoslikdagi o‘rni va turli diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy, publitsistik) ularning ahamiyati o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda frazeologizmlarning tilshunoslikdagi o‘rni va turli diskurslarda (ilmiy, badiiy, kundalik, siyosiy, publitsistik) ularning ahamiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diskurs, tilshunoslik, Frazeologizm, frazeologik birliklar., til o‘rganuvchilar, kontekst, semantika, madaniy tafovutlar, tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники