К содержанию
РецензированоUZ2026

MULOQOT IJTIMOIY VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IFODASI SIFATIDA

Sattorova Dilfuza Erkinbayevna · Toxir Nutfulloyevich Nurulloyev

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtimoiy hayotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Kalit so’zlar: Muloqot, muloqot texnikasi, perseptiv, shaxslararo munosabat, aloqa o‘rnatish, o‘zaro ta’sir, raqobat, murosa, muloqotning psixologik tizimi, ta’sir, verbal ta’sir, noverbal ta’sir. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o‘zlashtirish va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o‘rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganishga yordam beradi. Shuningdekq, talabalarda muloqot psixologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi. Muloqot - odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda, avvalo, tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo- ishora bilan muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘lik holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o‘qituvchi va talaba munosabatlari, o‘qituvchi 7 ` psixologiyasi, ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo‘lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o‘rganadi. Bu masalalarni hal qilishda muloqot psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bo‘lishi kerak, bunda ularga muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 1. Hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o‘zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini o‘rganish; 2. Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish; 3. Talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab o‘tish; 4. Talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish; 5. O‘zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish. Biz bo‘lajak mutaxassislar o‘zimizda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: - muomala madaniyatining nazariy asoslarini; - shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini; - oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak; - shaxsda muloqot shakllanishini o‘rganish; - muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; - shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; - muloqot sirlarini bilishi va qo‘llay olishni; - guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o‘tkazish; - oilada muloqot madaniyati, muloqot sirlaridan boxabar bo‘lish; - muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilish. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi bu o‘zini - o‘zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto‘g‘ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavju

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtim…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muloqot texnikasi, aloqa o‘rnatish, muloqotning psixologik tizimi, Muloqot, shaxslararo munosabat, perseptiv, raqobat, noverbal ta’sir., murosa, o‘zaro ta’sir, ta’sir, verbal ta’sir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники