К содержанию
РецензированоUZ2026

KO‘P TILLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH STRATEGIYALARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tojiboyeva Mahbuba Tolibjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ilmiy rahbar: Yusupova Tursunoy Axmedovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘p tillilik sharoitida til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan fonetik, grammatik, leksik-semantik, lingvomadaniy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilini o‘rgatishda integrativ, kommunikativ, interfaol va individual yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan samarali metodlar va texnologik vositalar tahlil qilinadi. Maqola yakunida o‘zbek tilini ko‘p tilli muhitda o‘rgatish samaradorligini oshirishga doir amaliy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot tilshunoslik va pedagogika sohalari tutashgan nuqtada olib borilgan bo‘lib, o‘zbek tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va til siyosati ishlab chiquvchilar uchun foydalidir. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, ko‘p tillilik, tilshunoslik, interferensiya, o‘qitish strategiyalari, kommunikativ yondashuv, lingvomadaniyat. Bugungi globallashuv davrida ko‘p tillilik (poliglotizm) hodisasi nafaqat alohida shaxslar, balki jamiyatlar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Xususan, ko‘p millatli va ko‘p tilli hududlarda yashovchi fuqarolarning o‘zbek tilini o‘zlashtirishi masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda tilshunoslik yondashuvi asosida ishlab chiqilgan o‘qitish strategiyalari alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada ko‘p tillilik sharoitida o‘zbek tilini o‘rgatish muammolari, yechim yo‘llari va lingvistik metodlar asosida samarali strategiyalar yoritiladi. 1-BOB. KIRISH Bugungi globallashuv va integratsiya jarayonlari natijasida ko‘p tillilik hodisasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Har bir millat o‘z tilini saqlab qolish bilan birga, boshqa tillarni o‘rganishga ham ehtiyoj sezmoqda. Bu jarayonda ta’lim muassasalari, ayniqsa maktablar va oliy ta’lim tizimi o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi va o‘zlashtirilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ko‘p tillilik muhitida til o‘rganish masalasi ko‘p qirrali va murakkab bo‘lib, u tilshunoslik, psixolingvistika, sosiolingvistika, pedagogika kabi bir qancha sohalarning kesishmasida turadi. Shu bois, ushbu maqolada tilshunoslik yondashuvi asosida o‘zbek tilini ko‘p tillilik sharoitida o‘rgatish strategiyalarini o‘rganish maqsad qilib olingan. Mazkur maqola quyidagi masalalarni yoritishga yo‘naltirilgan:  Ko‘p tillilik hodisasi va uning til o‘rganish jarayoniga ta’siri;  O‘zbek tilini o‘rgatishdagi lingvistik muammolar;  Tilshunoslik asosida ishlab chiqilgan samarali o‘rgatish strategiyalari;  Amaliy metodlar va ularning natijadorligi;  Muammolarning yechimlari va takliflar. Maqola nazariy va amaliy jihatdan til o‘qituvchilari, tilshunos olimlar, o‘quv dasturini tuzuvchilar va til o‘rganuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 17 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 2-BOB. KO‘P TILLILIK VA UNING TIL O‘RGANIShGA TA’SIRI Ko‘p tillilik (poliglotizm) — bu bir shaxs yoki jamiyat tomonidan bir necha tillarni faol ravishda bilish va foydalanish holatidir. Ko‘p tillilik tabiiy (shaxs tabiiy muhitda bir necha tilni o‘zlashtiradi) va sun’iy (til o‘rganish jarayoni ta’lim orqali amalga oshadi) shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston kabi ko‘p millatli davlatlarda bu hodisa tabiiy tarzda shakllanadi. 2.1. Ko‘p tillilikning ijobiy ta’siri Ko‘p tillilikning bir qancha ijobiy jihatlari mavjud. Jumladan:  Metalingvistik ongning rivojlanishi – bir nechta tilni bilgan shaxs til tizimlarining farqini chuqur anglaydi;  Kognitiv faoliyatning faollashuvi – ko‘p tillilik aqliy rivojlanishga ijobiy ta’sir qiladi;  Madaniyatlararo kompetensiya – turli tillar orqali o‘quvchi boshqa xalqlarning madaniyati, qadriyatlari bilan tanishadi;  Yangi tillarni o‘rganishdagi yengillik – ilgari o‘rganilgan tillar yangi tilni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi^[1]. 2.2. Salbiy ta’siri: interferensiya va kod-almashuv Ko‘p tillilikning ijobiy jihatlari bilan birga, ayrim salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan:  Interferensiya – bu bir tilning grammatik, fonetik, leksik qonuniyatlarining boshqa tilga ongli yoki ongsiz ravishda ko‘chirilishidir. Masalan, rus tilida so‘zlovchi o‘quvchilar o‘zbek tilidagi “boraman” fe’lini “ya budu idti” shaklidagidek noto‘g‘ri qamrab olishi mumkin.  Kod-almashuv – bitta gap ichida ikki yoki undan ortiq til elementlarining aralashib ketishidir. Bu holat til o‘rganuvchining sof nutq shakllantirishiga xalaqit beradi.  Motivatsiya pasayishi – ko‘p tilda gaplashish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxsda davlat tilini o‘rganishga ehtiyoj past bo‘lishi mumkin. 2.3. Ko‘p tillilikda til siyosati va o‘qitish zaruriyati Ko‘p tilli hududlarda davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilini o‘rgatish til siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur. Bu borada:  O‘zbek tilining ijtimoiy maqomi mustahkamlab borilishi;  Ta’lim jarayonida o‘zbek tilining zamonaviy metodlar bilan o‘qitilishi;  Ko‘p tillilik sharoitida farzan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qitish strategiyalari, tilshunoslik, kommunikativ yondashuv, ko‘p tillilik, lingvomadaniyat., interferensiya, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники