Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’ZDAN KECHIRISH TERGOV XARAKATINI O’TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH BUYICHA CHET EL TAJRIBASI
Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Aliqulov Muhammadali Umarali o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir etilganda oʻtkazish tartibi xorijiy davlatlarda qanday ekanligi haqida soʻz yuritilishini koʻrishingiz mumkin. Kalit so’zlar Tergov harakati, ko'zdan kechirish, xolis, tergovchi, ko'zdan kechirish asoslari, statik bosqichi. Annotation In this graduation qualification work, inspection is a type of investigative action, the concept of inspection of the scene of the incident, its basis, procedural order, criminalistic- tactical methods, and the procedure for investigation in the case of specific types of crimes are discussed. Also, as well as recommended solutions to them. Xorijiy davlatlarda o‘zning milliy qonunchiligi asosida sudga qadar ish yuritishda tergov xarakatlarni, jumladan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish o‘tkazish tartibiga oid qoidalarni o‘ziga xos tarzda belgilab qo‘yilgan. Xorijiy davlatlar qonunchiligida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga oid qoidalar mazmuni, ularning yutuq va kamchiliklarini o‘zaro qiyosiy o‘rganish orqali ularni o‘tkazishning protsessual tartibga solib turuvchi milliy qonunchiligimizning qoidalarini takomillashtirish borasida ijobiy natijalarga erishish imkoniyati tug‘iladi. Shu maqsadda ayrim xorijiy davlatlari qonunchiligiga ko‘ra hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni protsessual tartibi va kriminalistik taktikasini tartibga solinishini qiyosiy jihatdan qarab chiqamiz. Avvalo, mamlakatmizning jinoyat-protsessual qonunchilik tizimiga o‘xshash bo‘lgan MDH davlatlarining qonunlarini tahlil qilib chiqamiz. Tadqiqot ishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Rossiya Federatsiyasi va Litva Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Turkmaniston, Ukraina, Moldova, Turkmaniston, Tojikiston, va davlatlarining jinoyat-protsessual qonunchiligi tahlil qilib chiqildi. Mazkur davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga oid umumetirof etilgan xalqaro standartlarning aks ettirilganligining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning barchasi ham mazkur davlatlar qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga mazkur davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq ijobiy qoidalar bizning milliy protsessual tartibi, kriminalistik taktikasida o‘z aksini topmaganligi ham tahlillar natijasida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasida Jamoat xavfsizligi organlari tomonidan jinoyat ishlarini joyida tekshirishning tartibi va qoidalari boʻyicha nizomi mavjud boʻlib, agarda birir shaxsning ushbu hujjat bilan tanishib chiqish xohshi boʻlsa , istalgan vaqtda ushbu qoʻllanma 148 bilan tanishib chiqishi mumkin, ochiq tartibda ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan. Mazkur qoʻllanma Xitoy Xalq Respublikasining Jinoyat-prsessual qonunining tegishli qoidalariga muvofiq tuzilgan. Xuddi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 01 mart kunida qabul qilingan “Hodisa sodir boʻlgan joy holatini oʻzgartirish, dalillarni yoʻqotish yoki yoʻq qilishning oldini olishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni koʻrish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi Qaroriga oʻxshashdir. Lekin, mazkur yagona boʻlgan qaror davlatimizdagi faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi va ularning bilim yurtida mavjud xolos, boshqa qiziquvchilar tomonidan izlanganda topish bir qancha qiyinchiliklarga olib keladi. Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi organlari tomonidan jinoyat ishlarini joyida tekshirishning tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda qoʻzdan kechipish prosessual harakatiga quyidagicha ta’rif berilgan. Jinoyat joyini koʻzdan kechirish – bu tergovchilarning jinoyat sodir etilgan joylarni, ob’ektlarni, shaxslarni va murdalarni koʻzdan kechirish va tekshirish uchun ilmiy va texnologik vositalardan foydalaniladigan tergov faoliyatidir. Hududiy quyi boʻlimlar (tuman) darajasidagi jamoat xavfsizligi organi oʻz yurisduksiyasidagi barcha jinoyat ishlarini hodisa joyida tekshirish uchun javobgan boʻladi. Vaziyat ogʻir boʻlgan va joyida boʻlgan murakkab ishlar boʻyicha yuqori turuvchi davlat xavfsizlik organlari zarur deb topgan hollarda joylarda koʻzdan kechirishni bevosita oʻzlari amalga oshirishlari mumkin. Shuningdek, yuqori darajada turuvchi jamoat xavfsizligi organi quyi darajadagi jamoat xavfsizligi organi tomonidan jinoyat sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishda kerakli texnik vositalar bilan ta’minlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual qonunchiligida yoki qonunosti hujjatlarida hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishda zarur boʻlgan texnik vositalar bilan ta’minlash aniq koʻrsatilmagan. Voqea joyini qoʻriqlash uchun mavjud boʻlgan xalq polisyasi ishning oʻziga xos holat
Доказательный фрагмент
«Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir eti…»
Образец извлечения
Демо-превьюMuallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir eti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tergov harakati, ko'zdan kechirish asoslari, xolis, statik bosqichi., ko'zdan kechirish, tergovchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026