К содержанию
РецензированоUZ2026

YER RUSUMIDAGI PLANETALAR

YER RUSUMIDAGI PLANETALAR · Tursunqulova Nargiza Mirzaboy qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Quyosh tizimining Yer rusumidagi sayyoralari — Merkuriy, Venera, Yer va Marsning asosiy xususiyatlari yoritilgan. Maqolada ushbu sayyoralarning tuzilishi, harorati, atmosferasi, harakat xususiyatlari hamda geologik holati tahlil qilinadi. Yer rusumidagi sayyoralar kichik o‘lchamli, zichligi yuqori va qattiq yuzaga ega bo‘lishi bilan boshqa sayyoralardan ajralib turadi. Tadqiqotda har bir sayyoraning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqilib, ularning o‘zaro umumiyliklari va farqlari tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar sayyoralarni o‘rganish va kelajakdagi kosmik izlanishlar uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Yer tipidagi planetalar, merkuriy, venera, yer va mars, sayyora ta’rifi, astronomik tadqiqotlar ,umumtalim maktablari, metodika, pedagogik texnalogiya, mediata’lim, raqamli texnologiyalar. Mavzu:Yer rusumidagi planetalar 1.Quyosh tizimi haqida umumiy ma’lumot 2.Yer rusumidagi planetalarning tuzuzlishi va xususiyatlari 3.Yer rusumidagi planetalarning farqlari va o‘xshashliklari 1.Sayyora (arab. sayyor — doimo harakatlanuvchi, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita „sayyora“: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn „qoʻzgʻalmas“ yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi. Bu yoritkichlarning hammasi Yer atrofida aylanadi, deb hisoblanardi. 16-asr boshidagina polyak astronomi, geliotsentrik tizim muallifi Nikolay Kopernik Yer atrofida faqat Oy aylanishini, qolgan sayyoralar esa Yer kabi Quyosh tizimi markazi boʻlgan Quyosh atrofida aylanishini koʻrsatdi. Quyosh tizimi — Quyosh va uning atrofida aylanuvchi osmon jismlari majmuasidir. Quyosh tizimida sakkizta asosiy sayyora mavjud bo‘lib, ularning to‘rttasi — Merkuriy,Venera,Yer va Mars — yer rusumidagi planetalar. Bu sayyoralar o‘ziga xos xususiyatga ega. https://scientific-jl.com/new 44 55 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 1-rasm.Quyosh sistemasi 2. Yer Rusumidagi Planetalar: Tuzilishi va Xususiyatlari 1. Merkuriy.Merkuriy Quyosh tizimidagi eng kichik sayyora bo‘lib, Quyoshga eng yaqin joylashgan. Uning diametri 4,880 km ni tashkil qiladi. Merkuriyning atmosferasi juda yupqa va asosan kislorod, natriy, vodorod va heliumdan iborat. Sayyorada suvsizlik mavjud, lekin u qat’iy geologik faoliyatga ega bo‘lib, ko‘plab kraterlarga ega. Merkuriyda magnit maydon ham mavjud, ammo bu maydonning kuchi Yerning magnit maydonidan ancha zaif. 2-rasm. Merkuriy 2. Venera .Venera – Quyosh tizimidagi ikkinchi sayyora bo‘lib, uning kattaligi Yer bilan deyarli bir xil. Uning diametri 12,104 km, massa esa Yer massasining 0.815 barobari. Veneraning atmosferasi asosan karbondioksid va azotdan tashkil topgan. Sayyorada kuchli iqlim sharoiti mavjud:Vernera 460°C gacha bo‘lgan doimiy harorat mavjud.Veneraning yuzasi bulutlar bilan qoplangan va uning atmosferasi kuchli serfoz bosimiga ega. https://scientific-jl.com/new 44 66 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 3-rasm. Venera 3. Yer.Yer – bizning yashash joyimiz bo‘lib, uning atmosferasi asosan azot va kisloroddan iborat. Yerning diametri 12,742 km va u Quyosh tizimidagi uchinchi sayyoradir. Yerning yuzasi suv bilan qoplangan bo‘lib, 71% qismini okeanlar tashkil etadi. Yerda faqat bitta tabiiy yo‘ldosh – O‘rta Oy mavjud. Sayyoramizda geologik faoliyat juda faol, bu esa Yer yuzasining doimiy o‘zgarishiga olib keladi. 4-rasm.Yer 4. Mars.Mars – Quyosh tizimidagi to‘rtinchi sayyora bo‘lib, u yer rusumidagi sayyoralar orasida eng kichigi hisoblanadi. Marsning diametri 6,779 km va uning massasi Yer massasining 0.107 barobari. Marsda atmosferaning 96% qismini karbonat angidrid tashkil qiladi. Sayyorada suvsizlik mavjud bo‘lib, shuningdek, muzli qutblar ham bor. Marsda magnit maydon mavjud emas, lekin uning ayrim qismlarida qadimgi magnit maydonlar mavjudligini ko‘rsatuvchi dalillar topilgan. https://scientific-jl.com/new 44 77 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 5-rasm.Mars 3. Yer Rusumidagi Planetalar: Farqlari va O‘xshashliklari Yer rusumidagi sayyoralar o‘zaro bir qator o‘xshashliklarga ega bo‘lsa-da, ularning har biri bir nechta muhim farqlarga ham ega. Masalan, Merkuriy va Venerada atmosferaning juda nozik va zararli tarkibi mavjud, shu bilan birga, Yerda hayot uchun mos sharoitlar mavjud. Mars esa, o‘zining atmosferasida kuchli karbonat angidrid miqdori bilan farq qiladi, lekin suvsizlik va muzlar mavjudligi orqali kelajakda hayot izlari bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oyalar hali o‘rganilmoqda.Shuningdek, sayyoralar orasida magnit maydonlari, geologik faoliyatlar va iqlim sharoitlaridagi farqlar katta o‘rin tutadi. Venera va Marsda iqlim sharoitlari juda ekstremal bo‘lsa-da, Yerda hayotning rivojlanishiga imkoniyatlar mavj

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Quyosh tizimining Yer rusumidagi sayyoralari — Merkuriy, Venera, Yer va Marsning asosiy xususiyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Quyosh tizimining Yer rusumidagi sayyoralari — Merkuriy, Venera, Yer va Marsning asosiy xususiyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Yer tipidagi planetalar, umumtalim maktablari, mediata’lim, metodika, venera, pedagogik texnalogiya, merkuriy, raqamli texnologiyalar., sayyora ta’rifi, yer va mars, astronomik tadqiqotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники