К содержанию
РецензированоUZ2026

TAYM-MENEJMENT KOMPETENSIYALARI VA ULARNING PEDAGOGIK LIDERLIKKA TA’SIRI

TAYM-MENEJMENT KOMPETENSIYALARI VA · Soliyeva Ruxsora Sharobiddin qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qituvchining taym-menejment (vaqtni boshqarish) kompetensiyalarining mazmuni va ularning pedagogik liderlikka ta’siri tahlil qilinadi. Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, ustuvorliklarni belgilash va samarali boshqarish orqali o‘qituvchi o‘zining kasbiy faoliyatini yuqori darajada olib borishi mumkin. Shuningdek, bunday ko‘nikmalar pedagogning liderlik fazilatlarini rivojlantirishga, jamoani boshqarish va o‘quvchilarga yetakchilik qilish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: taym-menejment, pedagogik liderlik, vaqtni boshqarish, kasbiy kompetensiya, rejalashtirish ko‘nikmalari, ustuvorlikni belgilash, o‘qituvchi modeli, ta’limda samaradorlik. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar, innovatsiyalar va raqobat muhitida pedagog kadrlarga qo‘yilayotgan talablar ham shunga yarasha oshib bormoqda. Endi o‘qituvchidan nafaqat o‘z fanidan chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki didaktik, psixologik, kommunikativ, tashkiliy va liderlik salohiyatiga ham ega bo‘lishi talab qilinadi. Ayniqsa, o‘z vaqtini to‘g‘ri boshqara oladigan, mas’uliyatni sezadigan, ijtimoiy faollikka ega bo‘lgan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan o‘qituvchi — zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan professional hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, o‘qituvchida taym-menejment kompetensiyalari (ya'ni vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmalari) shakllangan bo‘lishi, uning kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat, samaradorlik va barqarorlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Aynan vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish orqali pedagog o‘z vazifalarini ortiqcha zo‘riqmasdan, sifatli va natijador tarzda bajara oladi. Bu esa o‘z navbatida, uning jamoada ijobiy rol o‘ynashi, tashabbuskorlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish orqali pedagogik liderlik sifatlarini shakllantirishiga olib keladi. Zamonaviy o‘qituvchi — bu nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchilarni ruhlantiruvchi, ularni yo‘naltiruvchi va o‘z orqasidan ergashtira oladigan yetakchidir. Bunday pedagog o‘z vaqtini boshqara olmagan taqdirda, sinf jarayonini samarali olib borolmaydi, yangiliklarni o‘zlashtirishga vaqt topa olmaydi va kasbiy jihatdan ortda qolishi mumkin. Shu bois taym-menejment va pedagogik liderlik bugungi ta’limda bir-birini to‘ldiruvchi muhim kompetensiyalar sifatida qaralmoqda. https://scientific-jl.com/new 11 66 00 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Ushbu maqolada o‘qituvchining taym-menejment kompetensiyalari, ularning mazmuni, shakllanish bosqichlari hamda bu kompetensiyalarning pedagogik liderlik faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi keng yoritiladi. Shuningdek, amaliy tavsiyalar, nazariy qarashlar va ilmiy mulohazalar orqali mavzuning dolzarbligi asoslab beriladi. 1. Taym-menejment kompetensiyasining mazmuni Taym-menejment bu – shaxsning vaqt resurslarini rejalashtirish, tartibga solish va samarali foydalanish qobiliyatidir. O‘qituvchi uchun bu nafaqat ish yuklamasini yengillashtirish, balki kasbiy o‘sish uchun ham imkoniyat yaratadi. Taym-menejment kompetensiyasiga quyidagilar kiradi: Kundalik va haftalik ish rejasini tuzish; Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash (o‘quv jarayoni, metodik ish, shaxsiy rivojlanish); Vazifalarni ustuvorlik bo‘yicha saralash; Ishni ortga surmasdan bajarish; Stressni kamaytirish. Pedagogik kontekstda taym-menejment faqat o‘z faoliyatini emas, balki sinfdagi ta’lim jarayonini ham samarali tashkil qilish imkonini beradi. 2. Pedagogik liderlik: mohiyati va zarurati Pedagogik liderlik — bu o‘qituvchining sinfda va ta’lim muassasasida ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, boshqalarni ilhomlantirish, yo‘naltirish va natijaga olib borish qobiliyatidir. Lider o‘qituvchilar: Yangi pedagogik yondashuvlarni tatbiq qiladi; O‘quvchilarning qiziqishlarini rag‘batlantiradi; Jamoada ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; Rivojlanish uchun imkon yaratadi. Liderlikning asosiy jihatlari: Qaror qabul qilishda mustaqillik; Kommunikatsion madaniyat; Mas’uliyat va tashabbuskorlik; Motivatsiyani shakllantirish. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchining liderlik fazilatlari — sinfni boshqarish, ota- onalar bilan muloqot qilish, pedagogik jamoada faol ishtirok etish orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. 3. Taym-menejment va liderlikning o‘zaro bog‘liqligi Taym-menejment kompetensiyalari liderlik fazilatlarini rivojlantirish uchun zarur asosdir. Chunki vaqtni boshqara olmagan pedagog: Darslarni shoshma-shosharlik bilan o‘tkazadi; O‘quvchilar bilan sifatli muloqotga vaqt topa olmaydi; Yangiliklarni o‘zlashtirishga ulgurmaydi; Liderlikni faqat tashqi shakl sifatida amalga oshiradi. https://scientific-jl.com/new 11 66 11 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Aksincha, vaqtini to‘g‘ri boshqaradigan o‘qituvchi: Har bir darsga sifatli tayyorgarlik ko‘radi; O‘quvchilarning ehtiyojlarini inobatga oladi; Yangi texnologiyalarni o‘rganishga vaqt topadi; Boshqalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Taym-menejment bu – liderlikning amaliy asosi hisoblanadi. Har ikki jihat uyg‘unlashganda, o‘qituvc

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘qituvchining taym-menejment (vaqtni boshqarish) kompetensiyalarining mazmuni va ularning pedagogik liderlikka ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘qituvchining taym-menejment (vaqtni boshqarish) kompetensiyalarining mazmuni va ularning pedagogik liderlikka ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vaqtni boshqarish, o‘qituvchi modeli, rejalashtirish ko‘nikmalari, ustuvorlikni belgilash, pedagogik liderlik, Kalit so’zlar: taym-menejment, ta’limda samaradorlik., kasbiy kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники