К содержанию
РецензированоRU2025

Важность использования духовного наследия джадидизма в улучшении духовного мира молодежи

QO‘QON DAVLAT · YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOSINI YUKSALTIRISHDA JADIDCHILIK (PEDAGOGIKA INSTITUTI) · NAMOYONDALARINING MA’NAVIY ME’ROSIDAN FOYDALANISHNING (PEDAGOGIKA INSTITUTI) · Begimqulov Zarif Axmadovich (PEDAGOGIKA INSTITUTI) · ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДУХОВНОГО НАСЛЕДИЯ ДЕЯТЕЛЕЙ (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi (DSc))

in Library · 2025

Аннотация

This article will focus on the most important features of the Jadid activities in educating a harmonious generation, using the spiritual heritage of Jadid figures reflecting the rich history of our nation, and raising the spiritual world of youth. Keywords: Jadidism, education, science, good behavior, perfect person, school, maturity, elevation. 1012 _____________________ Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 3-son _________________C seriya Kirish. Mamlakat taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kelajak istiqbollari bevosita amaldagi ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. Mustaqil fikriga ega bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli, ijodkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bejizga: “... Biz Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda sog‘lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz. Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratamiz. Takror va takror aytaman: Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi!” [1], – deb ta’kidlagan edi. Adabiyotlar tahlili. Maʼlumki, jadidchilik deganda koʻz oldimizga XIX oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy va siyosiy jarayonlar taʼsirida shakllangan, jamiyatning eng ilgʻor fikrli qatlamlari, yaʼni ona Vatanni mustaqil, ozod holda koʻrish, xalqlarni birlashtirish, millatning o‘zligini tanitish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish, butun oʻlkaning milliy mustaqillikka erishishini oʻzlarining bosh maqsadlari deb hisoblagan yangilanish harakati namoyondalari keladi. Mazkur harakat vakillari eski usul maktablarining o‘rniga yangi, zamonaviy qiyofadagi maktablarni yaratib, amaldagi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga intildilar. Ularning asosiy shiori – “Ilm va taraqqiyot orqali milliy uyg‘onish” edi. Barkamol avlod tarbiyasida jadidlar faoliyatining muhim xususiyati shunda ediki, avvalambor Turkistonni oʻrta asrga xos tarqoqlikdan ozod qilish, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yoʻliga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, zamonaviy idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish hamda maʼrifatparvarlik kabi masalalar edi. Jadidchilik namoyondalari yoshlar tarbiyasi masalasiga hayot yoki mamot masalasi deb qaraganlar. Ular o‘zining ta’lim faoliyatida yosh avlodga zamonaviy ilm o‘rgatish, eski ta’lim tizimining noxush tomonlarini bartaraf etishni maqsad qilishdi. Tahlil va natijalar. Milliy istiqlolga erishib, jadallik bilan odimlab borayotgan davlat va jamiyatning ilm-fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi erishiliyayotgan yutuqlar, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma’naviyatini yanada rivojlantirishda, yoshlar ma’naviy dunyosini yuksaltirishda millatimizning boy tarixini o‘zida aks ettirgan tarixiy, badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o‘rni bor. Jumladan, jadidchilik namoyondalarining asarlari ham bundan mustasno emas. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashagan Turkiston maʼrifatparvar ziyolilarining yirik vakillari boʻlmish Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon va boshqalarning asarlarida faqatgina zararli odatlardan holi boʻlgan, jismonan va maʼnaviy sogʻlom yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish orqaligina jamiyat taraqqiyotini taʼminlash mumkinligi alohida taʼkidlangan. 1013 _____________________ Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 3-son _________________C seriya Behbudiy (1875-1919) oʻz asarlarida yoshlarni jismoniy faollik, zararli odatlardan saqlanish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslik kabi koʻnikmalarga amal qilishga ham chaqirgan. U yosh yigitchalarni turli xil yomon illatlardan qaytargan, uning oqibatlaridan oʻquvchilarni xabardor qilgan va Samarqandda ruslar tomonidan ochilgan pivo doʻkonlarini qattiq tanqid ostiga oladi [3]. Behbudiy bunday doʻkonlarning masjid va madrasalar yaqinida joylashganligi bolalarga salbiy taʼsir koʻrsatishini alohida taʼkidlab, barchani kelajak avlodni sogʻlom oʻstirishga, zararli odatlardan voz kechishga chorlaydi. U sogʻlom, aqlli, bilimli farzandlarimiz oʻsib ulgʻayib, oʻqib, ilm egallab, Turkistonga xizmat qiluvchi shifokor, huquqshunos, iqtisodchi va boshqa zamonaviy mutaxassislar bo‘lib yetishib chiqishini orzu qilgan. Insonga xos boʻlgan turli-tuman fazilatlar mavjud, ularning eng asosiylari nomuslilik, vatanparvarlik, iymon-eʼtiqod va vatan uchun fido boʻlish. Oʻquvchi va talaba yoshlarda bunday sifatlarni shakllantirishda jadid maʼrifatparvarlarning merosi, ayniqsa, Abdulla Avloniy oʻgitlaridan foydalanish tarbiya jarayonining samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi [4, 65]. Pedagogika fanini yaxshi bilgan, bu sohada kuchli va keng maʼlumotga ega boʻlgan Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari muhim axloqiy va taʼlimiy-t

Доказательный фрагмент

«This article will focus on the most important features of the Jadid activities in educating a harmonious generation, using the spiritual heritage of Jadid figures reflecting the rich history of our nation, and raising…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will focus on the most important features of the Jadid activities in educating a harmonious generation, using the spiritual heritage of Jadid figures reflecting the rich history of our nation, and raising… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism, education, science, good behavior, perfect person, school, maturity, зрелость, воспитание, jadidchilik, джадидизм, maktab, yetuklik, komil inson, возвышение., elevation., школа, ilm, yuksalish., tarbiya, yaxshi xulq, совершенный человек, хорошее поведение, наука
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники