Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIXIY VA BADIIY ASARLAR TALQINIDA GULBADANBEGIM SIYMOSI.
GULBADANBEGIM SIYMOSI. · G‘aybullayeva Baxshanda Baxshullayevna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Bugungi kunda buyuk temuriy malikalar, ayniqsa, dunyo tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan Bobur mirzo va uning suyukli qizi Gulbadanbegim hayoti va ijodi barcha tarixchi va adabiyotshunoslar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan dolzarb mavzudir. Ushbu maqolada o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ilk ayol tarixchi, shoh va shoirning oqila hamda dono qizi Gulbadanbegim hayoti va ijod yo‘li tarixiy, badiy manbalar asosida o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Gulbadanbegim, Bobur mirzo, ‘‘Boburnoma”, ‘‘Humoyunnoma”, Margret Rumer Goden, “Temuriy Malikalar”, ‘‘Yulduzli tunlar’’, memuarlar. Kirish.Tarix sahifalarida o‘z o‘rni va iziga ega bo‘lgan ayol shaxslar orasida temuriy-boburiy malika Gulbadanbegim alohida o‘rin tutadi. U nafaqat Boburiylar sulolasining yirik vakili, balki o‘zining tarixiy asari — “Humoyunnoma” orqali tarixni badiiy ruhda yozib qoldirgan ilk Sharq ayollaridan biridir. Gulbadan begim o‘z zamonasining siyosiy, madaniy va oilaviy hayotida faol ishtirok etgan, ilmga chanqoq va ziyrak ayol sifatida tarixda nom qoldirgan. Mazkur maqolada Gulbadanbegim siymosi tarixiy jamda badiiy asarlar asosida tahlil qilinadi. Tarixiy haqiqat va badiiy tasvir uyg‘unligi orqali uning shaxsiyati, ijodi va o‘rni yanada chuqurroq ochib beriladi. Gulbadanbegim XVI asrda yashab o‘tgan va Boburiylar sulolasining nufuzli ayollaridan biri sanaladi. U Zahiriddin Muhammad Boburning qizi, Humoyunning singlisi va Akbarshohning ammasi bo‘lgan. Boburiylar tarixida o‘zining bilimdonligi, adabiy saviyasi va siyosiy masalalardagi tafakkuri bilan ajralib 536 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. turgan Gulbadanbegim tarix sahifalarida o‘ziga xos iz qoldirgan. Undan qolgan mashhur manba — “Humoyunnoma” asari hisoblanadi. Ushbu asar Boburiylar saroyining ichki hayoti, siyosiy voqealar, Humoyun va uning o‘g‘li Akbar hayoti bilan bog‘liq muhim faktlarni o‘z ichiga olgan. Gulbadanbegim bu asarni Akbarshohning buyrug‘i bilan yozgan bo‘lib, unda o‘sha davr saroy hayoti, sulola ichidagi munosabatlar, sayohatlar va harbiy yurishlar haqida aniq, batafsil, va ko‘pincha nozik badiiy uslubda so‘z yuritadi. Bu asar tarixiy faktlarga boy bo‘lishi bilan birga, muallifning shaxsiy kuzatuvlari, his-tuyg‘ulari va ayol nigohidagi nozik tafsilotlar orqali ham ahamiyatlidir. Shu jihatdan “Humoyunnoma” o‘z davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida noyob bo‘lib, uni nafaqat tarixiy, balki adabiy yodgorlik sifatida ham baholash mumkin. Gulbadanbegim 1522-yili Kobulda tugʻilgan temuriy malikadir [1, 121]. Otasi Zahiriddin Muhammad Bobur edi. Onasi esa Dildor begim boʻlgan. Onasi Dildor begimning haqiqiy ismi—Soliha Sulton begim boʻlib, Zahiriddin Muhammad Boburning amakisi Sulton Mahmud Mirzoning qizi [2, 57]. Dildor begimdan Gulrang begim, Gulchehra begim, Hindol Mirzo, Gulbadan begim va Olur Mirzolar tugʻilganlar. Olur Mirzo oʻlimidan keyin savdoyi boʻlib qolgan Dildor begim harholda keyinchalik yana sogʻayib ketgan boʻlishi ehtimol, chunki Dildor begimning Humoyunshoh hukmdorlik davrida ham saroy yigʻilishlarida, anjumanlarida ishtirok qilgani haqida Gulbadanbegim mufassal maʼlumot beradi[2, 58]. Gulbadanbegim otasi Bobur podshohning farmoniga koʻra katta onasi, yaʼni Humoyun Mirzoning onasi - Mohim begimqoʻlida tarbiyalangan. Binobarin, 1525-yili Gulbadan begimni Mohim begim oʻz tarbiyasiga oladi. Gulbadan begim har ikkala onasini ham samimiy eʼzozlagan. U oʻz asarida onasini “Dildor begim” deb, Mohim begimni esa „onam hazratlari“ deb tilga oladi [2,57]. Gulbadanbegim1529-yilgacha Kobulda yashaydi. Bobur Hindistonni qoʻlga kiritgach, Mohim begim bilan birga podshoh otasining huzuriga - Agraga boradi. Otasi Bobur vafotidan soʻng, akasi Humoyun podshoh saroyida yashaydi[2, 59]. 537 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Yoshligidan adabiyot va tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan boxabar boʻlgan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan, „Boburnoma“ni mutolaa qilgan[1, 121]. Gulbadanbegim faqatgina yozuvchi va tarixchi emas, balki o‘z zamonasining faol siyosiy arbobi sifatida ham tanilgan. U Boburiylar saroyida muhim mavqega ega bo‘lgan, sulola ichidagi nizolarni hal etishda, diplomatik aloqalarni yuritishda ishtirok etgan. Ayniqsa, Humoyunning Eron va Hindistondagi siyosiy yurishlarida u bilan birga bo‘lib, ayol sifatida emas, balki mas’uliyatli arbob sifatida ham ko‘zga tashlangan. 1539-yilda Gulbadanbegimni Xizr Xoʻjaxonga turmushga chiqaradilar. U Saodatyor ismli bir oʻgʻil koʻrgan [2, 58] Gulbadanbegim oʻz zamonasining oqila, donishmand ayollaridan edi. U jiyani Jaloliddin Akbarshohning “Firdavs makon va jannat oshyon Hazrat haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz”, — degan soʻziga muvofiq, “Humoyunnoma” nomli muhim tarixiy asarini yozishga kirishadi. “Humoyunnoma” Bobur bilan Humoyun podshohlarning hayot tarzi va sarguzashtlarining muxtasar tarixi boʻlib, mantiqan “Boburnoma”ning davomidir. Bu asarning muhimligi yana shundaki, asardagi ayrim voq
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda buyuk temuriy malikalar, ayniqsa, dunyo tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan Bobur mirzo va uning suyukli qizi Gulbadanbegim hayoti va ijodi barcha tarixchi va adabiyotshunoslar tomonidan katta qiziqish b…»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda buyuk temuriy malikalar, ayniqsa, dunyo tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan Bobur mirzo va uning suyukli qizi Gulbadanbegim hayoti va ijodi barcha tarixchi va adabiyotshunoslar tomonidan katta qiziqish b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Temuriy Malikalar”, Margret Rumer Goden, memuarlar., ‘‘Boburnoma”, ‘‘Humoyunnoma”, ‘‘Yulduzli tunlar’’, Bobur mirzo, Kalit so‘zlar: Gulbadanbegim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025