К содержанию
РецензированоUZ2025

PARODONTITLARNING KLINIK KO’RINISHLARI VA ULARNING DIAGNOSTIKASI.

Qandova Feruza Abduraxmonovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Parodontit – bu paradont to’qimasining tish milk boylamlarining zararlanishi bilan kechadigan yallig’lanishli jarayon hisoblanadi. Bu maqolada paradontitning patogenezi, klinikasi va ularning kechishi haqida bayon qilingan. Kalit so’zlar: paradontit, gingivit, giperemiya, infiltrasiya, destruktiv o’zgarish, Dolzarbligi: Paradont kasalliklari stomotologik kasalliklar ichida keng tarqalgan bo’lganligi sababli etiologik omilni bartaraf etish bilan birga paradont to’qimasiga mahalliy ta’sir etish natijasida medikomentoz davolash usullarini qo’llash. Maqsad: Parodontit kasalliklarida patologik cho’ntak chuqurligiga qarab kasallikning darajasini aniqlash. Paradontit – bu paradont to’qimalarining milk, periodont, alveolyar o’siq va sementda bo’ladigan patologik o’zgarishlar natijasida yallig’lanish kelib chiqishi asosida izohlanadi. Paradontit kasalligi bilan 40 yoshdan oshganlar ko’proq kasallanadilar. Boshlang’ich parodontitda milk qirg’og’i mikroskopda ko’rilganda shish, limfo-leykocitar infiltraciya, glikozoaminoglikanlar (GAG) dezintegraciyasi, kollagen fragmentizaciyasi va lizisini ko’rishimiz mumkin. Keyinchalik to’qima shishi va yallig’lanish infiltraciyasi ko’payib, epitelial birikuvni, milkni kollagen tolalarini va tish aylanma bog’lamini buzilishiga olib keladi. Mikrobli blyashka va milk osti tish toshlarini apikal yo’nalishida siljishi jarayonni chuqurlashuviga olib keladi. Epiteliyni proliferaciyasi, periodont tolalarini ajralishi va buzilishi kuzatiladi. Parodontni barer funksiyasini va organizmning immunologik reaktivligi buzilishi natijasida osteoblastlar (suyak 249 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. to’qimasini rezorbciyasiga olib keluvchi) faollashadi. Suyak to’qimasi qirg’oqlaridagi hosil bo’luvchi lakunalarda osteoklastlar bilan birga limfoid va plazmatik hujayralar uchraydi. Tishlararo alveola suyagida rentgenologik tuzilishni buzilishi - destruktiv o’zgarishlar borligi. Milkda turli yalig’lanish, destruktiv o’zgarishlar (tishlarni qimirlab qolishi, ularning joylashishini o’zgarganligi, og’irik, funkciya buzilishlari va boshqalar). Parodontitni klinik ko’rinishi gingivit simptomlariga qo’shimcha ravishda, suyak to’qimasini destrukciyasi, abscesslarning borligi, tishlarni qimirlashi va alveolyar suyakning surilishi, shuningdek tish-milk bog’lamini buzilishi bilan hosil bo’lgan parodontal cho’ntaklar borligi bilan xarakterlanadi. Sub’ektiv tarzda parodontit milklarning qonashi, xar hil darajadagi tish qimirlashlari, og’riq, parodontal cho’ntakdan ekssudat chiqishi, tish bo’ynini gipersteziyasi bilan tavsiflanadi. Ob’ektiv tekshirilganda, milk usti va milk osti tish toshlari aniqlanadi, milklar qonaydi, patologik tish-milk cho’ntaklari bo’ladi, tishlar qimirlaydi, Shiller - Pisarev sinamasi musbat. Palpaciyada seroz yoki seroz - yiringli ekssudat ajraladi. Ba’zi tishlarning gorizontal perkussiyasi musbat bo’lishi ham mumkin. Yengil darajada parodontitda tish - milk cho’ntagini chuqurligi 3,5 mm gacha, tish qimirlashlari yo’q. Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Rentgen tekshiruvida tishlararo to’siq suyak to’qimasining boshlang’ich destrukciyasi aniqlanadi, kompakt plastinkani bo’linishi yoki yo’qolishi kuzatiladi, osteoporoz, tishlararo to’siqning kamayishi (1/3 qismidan kamroq) xosdir. O’rta og’irlikdagi parodontitda cho’ntakning chuqurligi 5 mm gacha, tishlarni 1 -2 darajali qimirlashi kuzatiladi. Tishlar siljishi, trema va diastemalari hosil bo’lishi, jarohatlovchi jarohatli okklyuziya bo’lishi mumkin. Rentgenogrammada - tishlararo to’siq suyak to’qimasining rezorbciyasi 1/3 dan 1/2 gacha. Og’ir darajada parodontitda cho’ntakning chuqurligi 5-6 mmdan ko’p. Tishlarning 2 va 3-darajadagi patologik qimirlashi, siljishi, yaqqol jarohatlovchi 250 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. jarohatli artikulyaciya, tremalar, tish yoyi nuqsonlari kuzatiladi. Rentgenogrammada - ildiz uzunligining 1/2 qismidan ko’prog’ida suyak to’qimasi rezorbciyasi, ba’zan tishlararo to’siqning so’rilib ketishi ko’rinadi. Xulosa qilib shuni aytamizki parodontit kasalligining darajalari paradontal zond yordamida aniqlanadi. Yengil darajada paradontal cho’ntak chuqurligi 2 – 3.5 mm gacha bo’lsa yengil daraja, 3,5 – 5 mm gacha bo’lsa o’rta daraja, 5 mm va undan yuqori bo’lsa og’ir daraja deb tashhis qo’yiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kamilov Kh.P., Yusupalikhodjaeva S.X., Shukurova U.A. Fakultet terapevtik stomatologiya, Darslik. Toshkent. 2017 y. 2. S.S.Murtazayev, S.S. Mahsumova, L.A. Abduazimova, M.K. Ishanova “Bolalar og’iz bo’shlig’I shilliq qavat kasalliklari”. Darslik. Toshkent. 2018 y. 251

Доказательный фрагмент

«Parodontit – bu paradont to’qimasining tish milk boylamlarining zararlanishi bilan kechadigan yallig’lanishli jarayon hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Parodontit – bu paradont to’qimasining tish milk boylamlarining zararlanishi bilan kechadigan yallig’lanishli jarayon hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
destruktiv o’zgarish, Kalit so’zlar: paradontit, infiltrasiya, gingivit, giperemiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники