К содержанию
РецензированоUZ2025

KATTA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SALOMATLIGINING HAYOT SIFATI BILAN BOG‘LIQLIGI

Tolibova Munira Izzatullayevna · Buxoro Innovatsion Talim va

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Mazkur mavzuning ahamiyati shundan iboratki katta maktab yoshidagi bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va uning hayot sifatiga ta'siri o‘rganiladi. Maktab yoshidagi bolalar orasida og‘iz salomatligi muammolari, ayniqsa, tish kariesi, og‘iz gigienasi va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada, og‘iz salomatligining bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga, ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga va umumiy salomatlikka bo‘lgan ta'siri haqida ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, tish salomatligini saqlash bo‘yicha profilaktik choralar va ularning bolalarning umumiy hayot sifatiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi muhokama qilinadi. Bu maqola, o‘qituvchilar, ota-onalar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun og‘iz salomatligini saqlashga oid amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Kalit so’zlar. og‘iz salomatligi, profilaktika, gigiena, jismoniy va ruhiy, tish, karies. Katta maktab yoshidagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va uning hayot sifatiga ta'siri keng tarqalgan sog‘liq muammolaridan biridir. Og‘iz bo‘shlig‘ining salomatligi nafaqat tishlarning holati, balki bolalar hayotining turli sohalariga, jumladan, jismoniy, psixologik va ijtimoiy farovonliklariga ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu maqolada, og‘iz bo‘shlig‘ining salomatligi va bolalarning umumiy hayot sifatining o‘zaro bog‘liqligi o‘rganiladi, shuningdek, og‘iz salomatligi muammolarining oldini olish va uni yaxshilashga qaratilgan profilaktik choralar tahlil qilinadi [1]. 357 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligining bolalarning jismoniy salomatligiga ta'siri Og‘iz bo‘shlig‘ining salomatligi bolalarning jismoniy salomatligi uchun juda muhimdir, chunki tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i faqat o‘zgalar bilan muloqot qilishda emas, balki umumiy sog‘liqni saqlashda ham katta rol o‘ynaydi. Bolalar orasida og‘iz bo‘shlig‘i salomatligining buzilishi jismoniy muammolarga olib kelishi mumkin, bu esa ularning o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi [2]. 1. Tish kariesi va umumiy salomatlik Tish kariesi — og‘iz bo‘shlig‘idagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, bolalarda og‘riq va noqulayliklarga olib kelishi mumkin. Karies tish emalini zararlash orqali chuqurlashadi va tishlarning to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Kariesning kechikib davolanishi bolaning ovqatlanish jarayonini qiyinlashtiradi, chunki og‘riq tufayli bolalar tishlashda qiynalishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, malnutrisiyaga olib keladi, chunki bolalar zarur ozuqaviy moddalarni yetarlicha ololmaydi. Tish kariesi nafaqat og‘riq keltiradi, balki infeksiyalarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar va yallig‘lanishlar organizmning boshqa qismlariga tarqalishi mumkin. Masalan, o‘tkir yallig‘lanishlar yurak yoki jigar kabi organlarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa bolaning umumiy salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Shu sababli, tish kariesi bilan kurashish nafaqat og‘iz salomatligi, balki umumiy sog‘liq uchun ham muhimdir. 2. Og‘izdagi yallig‘lanishlar va immun tizimi Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishlar, masalan, gingivit (tish go‘shaklarining yallig‘lanishi) yoki periodontit (tish go‘shaklarining chuqur yallig‘lanishi) bolalarning immun tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishlar organizmni doimiy ravishda stressga soladi va bu imun tizimining zaiflashishiga olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar va yallig‘lanishlar bola organizmining boshqa kasalliklarga nisbatan sezgirligini oshiradi, chunki immun tizimi bu kasalliklar bilan kurashishda qiynaladi. 358 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Gingivit yoki periodontit bolalarda tish go‘shaklarining shishishiga, qonashiga va og‘riqlarga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, bolalar ovqatlanishida qiyinchiliklarga olib keladi, chunki og‘izdagi og‘riqlar ovqatni to‘g‘ri va oson yutishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, yallig‘lanishlar uzoq muddat davom etsa, bu bolaning umumiy salomatligiga zarar yetkazishi mumkin, chunki og‘izdagi bakteriyalar qon orqali boshqa organlarga tarqalib, ular bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi [3]. 3. Og‘izdagi infektsiyalar va og‘ir kasalliklar xavfi Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzaga keladigan infeksiyalar, ayniqsa bola immun tizimi hali to‘liq shakllanmagan va zaif bo‘lganda, jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Masalan, og‘izdagi infektsiyalar va yallig‘lanishlar yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va hatto o‘pka infeksiyalariga sabab bo‘lishi mumkin. Og‘izdan qon ketish, infeksiyalar va bakteriyalar qon orqali boshqa organlarga tarqalishi, bolalarda boshqa jismoniy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Og‘izdagi infektsiyalarni davolamagan holda davom ettirish bolalarning jismoniy salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ba'zi hollarda, og‘izdagi muammolar anemiya (qon kamligi) yoki boshqa jiddiy kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalarni

Доказательный фрагмент

«Mazkur mavzuning ahamiyati shundan iboratki katta maktab yoshidagi bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va uning hayot sifatiga ta'siri o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur mavzuning ahamiyati shundan iboratki katta maktab yoshidagi bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va uning hayot sifatiga ta'siri o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar. og‘iz salomatligi, profilaktika, tish, gigiena, jismoniy va ruhiy, karies.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники