К содержанию
РецензированоUZ2025

LAZER TEXNOLOGIYALARINING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

Xoliddinov Xosiljon

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Tezisda lazer texnologiyalarining tibbiyotda — jarrohlik, diagnostika, fizioterapiya, dermatologiya, oftalmologiya va onkologiyada qo‘llanilishi yoritilgan. Lazerlar yuqori aniqlik, xavfsizlik va tez reabilitatsiya kabi afzalliklari bilan tibbiy amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Kalit so‘zlar: lazer texnologiyalari, tibbiyot, jarrohlik, diagnostika, fizioterapiya, oftalmologiya, onkologiya, sun’iy intellekt, nanofotonika. Lazer texnologiyalari bugungi kunda tibbiyot sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratmoqda. Ularning yuqori aniqlik, samaradorlik va xavfsizlikni ta'minlash xususiyati diagnostika, terapiya, jarrohlik va boshqa yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Lazer texnologiyalari tibbiyotga zamonaviy yondashuvlarni olib kirib, ko‘plab murakkab operatsiyalarni inson hayoti va salomatligini kamroq xavf ostiga qo‘ygan holda bajarishga imkon yaratmoqda. Lazer texnologiyalarining tibbiyotda qo‘llanilishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, jarrohlik, diagnostika, fizioterapiya va reabilitatsiya, dermatologiya va kosmetologiya, oftalmologiya va onkologiya. Har bir yo‘nalishda lazer texnologiyalari o‘zining aniq vazifalarini bajaradi va boshqa usullardan ustunlikka ega bo‘ladi. Quyida bu yo‘nalishlarning har biri batafsil yoritiladi. Jarrohlikda lazer texnologiyalari. Lazer texnologiyalari jarrohlik operatsiyalarida yuqori aniqlik va samaradorlikni ta'minlaydi. Lazer nuri to‘qimalarni kesish, qon tomirlarini koagulyatsiya qilish (qon oqimini to‘xtatish), o‘simtalarni olib tashlash kabi vazifalarni minimal invaziv usullar orqali bajarishga imkon beradi. Lazer texnologiyalari quyidagi afzalliklari bilan jarrohlikda ajralib turadi: 15 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Minimal qon yo‘qotish: Lazerlar qon tomirlarini darhol koagulyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, operatsiya jarayonida qon yo‘qotilishini kamaytiradi. To‘qimalarni minimal shikastlash: Lazerlar faqat maqsadli hududda ta'sir ko‘rsatib, sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazmaydi. Infeksiya xavfining kamayishi: Lazer yordamida ishlashda infektsiya xavfi sezilarli darajada kamayadi, chunki bu usul kontakt bo‘lmagan jarayon hisoblanadi. Reabilitatsiya muddatining qisqarishi: Lazer operatsiyalaridan keyin tiklanish jarayoni an’anaviy usullarga qaraganda tezroq bo‘ladi. Bugungi zamonaviy tibbiyotda lazer texnologiyalari kardiologik operatsiyalarda, masalan, koronar arteriyani ochishda yoki yurak ritmini tiklashda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, u urologiya, ginekologiya va stomatologiya sohalarida ham samarali qo‘llanilmoqda. Diagnostikada lazer texnologiyalari. Lazerlar diagnostika jarayonlarida aniqlik va tezkorlikni ta'minlashda muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, lazer spektroskopiyasi va tomografiyasi texnologiyalari shifokorlarga turli xil kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Lazer spektroskopiyasi tibbiyotda to‘qimalarning kimyoviy tarkibini o‘rganishda ishlatiladi. Bu usul kasalliklarni aniqlashda yuqori sezgirlik va aniqlikka ega. Masalan, saraton kasalligini erta bosqichda aniqlashda lazer spektroskopiyasidan foydalanish keng tarqalgan. Lazer tomografiyasi esa oftalmologiyada ko‘zning retina qavati va boshqa tarkibiy qismlarini o‘rganish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya glaukomani aniqlashda va davolashda yuqori samaradorlikka ega. Fizioterapiya va reabilitatsiyada lazerlar. Lazer terapiyasi fizioterapiya va reabilitatsiyada og‘riqni kamaytirish, shikastlangan to‘qimalarning tiklanishini tezlashtirish va yallig‘lanishni kamaytirishda qo‘llaniladi. Past darajali lazer terapiyasi (Low-Level Laser Therapy, LLLT) sport jarohatlari, artroz, nevralgiya va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. 16 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Lazer terapiyasining asosiy mexanizmi hujayralardagi biologik jarayonlarni rag‘batlantirishdan iborat. Lazer nuri hujayralar ichida ATP (adenozin trifosfat) ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa energiya ishlab chiqarishni kuchaytirib, tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Dermatologiya va kosmetologiyada lazerlar. Lazer texnologiyalari dermatologiya va kosmetologiyada ham keng qo‘llaniladi. Ular yordamida quyidagi muammolarni hal qilish mumkin: Yuz va tanadagi dog‘larni olib tashlash; Tirish va chandiqlarni kamaytirish; Tuklarni lazer yordamida olib tashlash (lazer epilatsiyasi); Terini yoshartirish va elastiklikni oshirish. Fraksion lazer terapiyasi teri yoshartirishda eng zamonaviy texnologiya hisoblanadi. Bu usulda lazer nuri terining chuqur qatlamlariga ta’sir qilib, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Oftalmologiyada lazerlar. Lazer texnologiyalari oftalmologiyada inqilobiy yutuqlarga erishish imkonini berdi. Ular yordamida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: Ko‘zning refraksion xatoliklarini tuzatish (LASIK operatsiyalari); Katarakta va glaukoma davosi; Retina qavatining operatsiyalari. LASIK usuli ko‘zni jarrohlik ar

Доказательный фрагмент

«Tezisda lazer texnologiyalarining tibbiyotda — jarrohlik, diagnostika, fizioterapiya, dermatologiya, oftalmologiya va onkologiyada qo‘llanilishi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda lazer texnologiyalarining tibbiyotda — jarrohlik, diagnostika, fizioterapiya, dermatologiya, oftalmologiya va onkologiyada qo‘llanilishi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diagnostika, jarrohlik, onkologiya, sun’iy intellekt, Kalit so‘zlar: lazer texnologiyalari, tibbiyot, fizioterapiya, nanofotonika., oftalmologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники