Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK BOLALIK DAVRIDAGI YETAKCHI FAOLIYAT VA AQLIY RIVOJLANISH
Madaminova Odinaxon Muqimjon qizi.
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются ведущие виды деятельности в раннем детстве и их влияние на умственное развитие ребёнка. Особое внимание уделяется роли игры, общения и трудовой деятельности в формировании мышления, памяти, внимания и речи. Подчёркивается, что правильно организованная ведущая деятельность на основе педагогических подходов способствует развитию самостоятельного мышления и социальных навыков у детей. Статья содержит методические рекомендации для воспитателей дошкольных учреждений и родителей. Kalit so’zlar: Ilk bolalik, yetakchi faoliyat, o‘yin, aqliy rivojlanish, muloqot, tafakkur, maktabgacha ta’lim. Ключевые слова: раннее детство, ведущая деятельность, игра, умственное развитие, общение, мышление, дошкольное образование. Keywords: early childhood, leading activity, play, intellectual development, communication, thinking, preschool education. Faoliyat-insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga https://scientific-jl.com 2 9 8 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yo’naltirilgan faolligidir. Faoliyat-kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turadigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir deb tariflanadi. Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo’lmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ular yosh davrlariga qarab ajratiladi. Inson hayotining har bir davri o’ziga xos ahamiyatga ega. Ayniqsa ilk bolalik davri-ya’ni 1- yoshdan 3-yoshgacha bo’lgan bosqich-bola shaxsining shakllanishida muhim poydevor hisoblanadi. Bu davrda bolaning aqliy, ruhiy va jismoniy rivojlanishi keskin sur’atda kichadi. Mazkur davrda bola uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat turi mavjud bo’lib, u “yetakchi faoliyat” deb yuritiladi. Bu faoliyat bolada dunyoni anglash, nutqni rivojlantirish, ijtimoiy tajriba ortirish va mustaqil shaxs sifatida shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi. Leontyevning faoliyat nazariyasiga ko’ra yetakchi faoliyat bolaning ichki motivatsiyasini shakllantiradi va psixik jarayonlarning rivojlanishlarini belgilaydi deb takidlagan. Ilk bolalik davrida bolalar so’zlay boshlagan bo’lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to’g’ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo’q. bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo’lsa, ikki yoshga to’lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o’sib ulg’aygani sari uning diqqati barqarorroq bo’la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko’pmi barqaror bo’la boshlagani shunda ko’rinadiki, bola o’zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug’ullana oladi. Ikki yoshga to’lib, uch yoshga qadam qo’ygach so’zlarni tushunadi. So’z boyligi orta borgach, bolaning o’ziga xos bo’lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi. Ilk bolalik davrida predmetli faoliyatning ahamiyati bu yoshdagi bolalar dunyoni aynan predmatlar orqali anglaydi. U buyumning shakli, vazni, tovushi, vazifasi bilan tanishar ekan, tafakkuri, tasavvuri, idrok va xotirasi rivojlanadi. Bu yoshdagi bola asosan buyumlar bilan faoliyat yuritadi. U atrofidagi har bir narsani ushlab ko‘radi, tahlil qiladi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, sabablilik aloqalarini anglashga harakat qiladi. Bu faoliyat orqali rivojlanadigan psixik jarayonlarga misollar keltiradigon bo’lsak masalan: 1)Idrok: Bola narsalarni shakli, rangi, tovushi orqali farqlashni o‘rganadi. 2)Nutq: Predmetlarni nomlash, kattalarning gaplarini taqlid qilish orqali nutq bazasi boyiydi. 3)Xotira: Narsalarni eslab qolish, ularni topa olish ko‘nikmalari rivojlanadi. 4)Tafakkur: “Agar bu tugmani bossam, bu ochiladi” kabi sabab-oqibat aloqasini tushunish boshlanadi. Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlaming xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog'lanishlarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil https://scientific-jl.com 2 9 9 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlani shu belgilariga ko'ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo'laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi, 2,5-3 yoshli bola kattalaming ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab. idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so'ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar.
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются ведущие виды деятельности в раннем детстве и их влияние на умственное развитие ребёнка.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются ведущие виды деятельности в раннем детстве и их влияние на умственное развитие ребёнка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- early childhood, leading activity, play, intellectual development, o‘yin, tafakkur, Kalit so’zlar: Ilk bolalik, muloqot, maktabgacha ta’lim., aqliy rivojlanish, yetakchi faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025