Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONSTITUTSIYALAR, ULARNING TARIXI VA O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI.
Muallif: Abdumurodov Azizbek Yusuf o‘g‘li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada konstitutsiyaning tarixiy rivojlanish bosqichlari, jamiyatdagi o‘rni va uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Konstitutsiyaning huquqiy tizimdagi markaziy o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi roli, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini mustahkamlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy davlatlarda konstitutsiyaviy qadriyatlarning milliy birlik, fuqarolik ongini shakllantirish va xalqaro maydondagi nufuzni oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada tarixiy misollar hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari orqali mavzu chuqur yoritilgan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy huquq, huquqiy davlat, inson huquqlari, demokratik jamiyat, siyosiy tizim, konstitutsiyaviy islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati. Konstitutsiya tushunchasi. Dastavval konstitutsiya nima ekanligini aniqlashtirib olamiz. Zamonaviy konstitutsiyalarning katta qismi davlatning asosiy tamoyillarini, hokimiyat tuzilmasi va jarayonlarini hamda fuqarolarning asosiy huquqlarini oddiy qonuniy akt bilan bir tomonlama o‘zgartirib bo‘lmaydigan oliy huquqiy hujjatda bayon etadi. Bu oliy huquq odatda konstitutsiya deb ataladi. Konstitutsiya bu quyidagi asosiy huquqiy-siyosiy prinsiplar majmuasidir: 1 1. Davlatdagi, shu jumladan oddiy qonun chiqaruvchi institutlar uchun ham majburiy hisoblanadi; 2. Hukumat institutlarining tuzilishi va faoliyati, siyosiy tamoyillar hamda fuqarolarning huquqlariga taalluqlidir; 3. Keng jamoatchilik tomonidan legitim deb e’tirof etilgan bo‘ladi; 4. Oddiy qonunlarga nisbatan o‘zgartirilishi ancha murakkab bo‘ladi (masalan, parlamentning uchdan ikki qism ovozi yoki referendum talab qilinadi); 1 Demokratiya va saylovlarga yordam berish xalqaro institutining 2014-yilgi konstitutsiya to’g’risida hisoboti: https://constitutionnet.org/sites/default/files/what_is_a_constitution_0.pdf https://scientific-jl.com 1 2 2 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 5. Kamida vakillik va inson huquqlari nuqtai nazaridan xalqaro miqyosda tan olingan demokratik tizim mezonlariga javob beradi. Konstitutsiyalar paydo bo‘lishi tarixi. Konstitutsiya insoniyat tarixida davlat boshqaruvi, huquqiy tizim va fuqaro jamiyatining eng muhim tayanch hujjatlaridan biri sifatida shakllangan. U uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan bo‘lib, turli davrlarda turlicha mazmun kasb etgan. Quyida konstitutsiyalar tarixining asosiy bosqichlariga nazar tashlaymiz: 1. Qadimgi davrlarda konstitutsiya tushunchasining shakllanishi. Konstitutsiyaga o‘xshash dastlabki fikrlar qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida uchraydi. Masalan, qadimgi Afina davlatida xalq yig‘inlari, majlislar va qonun chiqaruvchi organlar mavjud bo‘lgan. Afina demokratiyasi orqali hokimiyatni bo‘lish, fuqarolarning ishtirokini ta’minlash g‘oyalari ilgari surilgan. Qadimgi Rimda esa “Res publica” tushunchasi, ya’ni “xalq ishi” degan ibora2 paydo bo‘lgan bo‘lib, bu davrda konsullar, senat va xalq yig‘inlari orqali davlat boshqaruvi amalga oshirilgan. Rim huquqi, ayniqsa “12 jadvalli qonunlar”, davlat va huquq asoslarini belgilagan ilk normativ hujjatlardan biri hisoblanadi. Bular konstitutsiyaviy g‘oyaning ilk ko‘rinishlari edi. 2. O‘rta asrlar va cheklovchi hujjatlar. O‘rta asrlarda monarxik boshqaruv hukmron bo‘lgan bo‘lsa-da, ayrim hujjatlar orqali hukmdor hokimiyati cheklanib borilgan. Bu jarayonda 1215-yilgi “Magna Charta Libertatum” (Erkinliklar Buyuk Xartiyasi) muhim ahamiyatga ega. Angliyada qirol Jon tomonidan imzolangan ushbu hujjat qirol hokimiyatini cheklab, boyonlarning va cherkovning ayrim huquqlarini tan olgan. Ushbu hujjat konstitutsiyaviy rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, bu davrda siyosiy nazariya sohasida Jon Lokk, Sharl Monteskye, Jan Jak Russo kabi faylasuflar konstitutsiyaviy boshqaruv, hokimiyatni bo‘lish, erkinlik va qonun ustuvorligi haqida asosiy g‘oyalarni ilgari surganlar. 3. Yangi davr va yozma konstitutsiyalarning paydo bo‘lishi. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida birinchi yozma konstitutsiyalar yaratiladi. Eng qadimgi yozma konstitutsiyalar quyidagilar hisoblanadi: AQSh Konstitutsiyasi (1787-yil): Bu tarixdagi eng qadimgi amalda bo‘lgan yozma konstitutsiya bo‘lib, federal boshqaruv, uchta hokimiyat bo‘linmasi va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilab berdi. AQSh Konstitutsiyasi boshqa ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lgan. Fransiya konstitutsiyasi (1791-yil): Bu konstitutsiya inqilobdan so‘nggi Fransiyada qirollikni cheklovchi va qonunchilikka asoslangan boshqaruv shaklini 2 Dunyodagi yetakchi online lug’at: https://www.dictionary.com/browse/res-publica https://scientific-jl.com 1 2 3 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali belgilab berdi. Bu konstitutsiya orqali inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi ham mustahkamlandi. Bu davrdan boshlab, ko‘plab Yevropa va Lotin Ameri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada konstitutsiyaning tarixiy rivojlanish bosqichlari, jamiyatdagi o‘rni va uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada konstitutsiyaning tarixiy rivojlanish bosqichlari, jamiyatdagi o‘rni va uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konstitutsiyaviy islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi, demokratik jamiyat, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati., Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, siyosiy tizim, huquqiy davlat, inson huquqlari, konstitutsiyaviy huquq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026