Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN HAR BIR BOLANING INKLYUZIV TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH
CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH · Arzimurodova Kumushoy Jo'rabek qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim tizimining mohiyati, uni joriy etishning dolzarb muammolari va xalqaro tajriba asosida samarali chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maxsus pedagogik yondashuvlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda ijtimoiy qabul darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Nogironligi bo'lgan shaxs, inson huquqlari, inklyuziv ta'lim, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, pedagog-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari, maxsus pedagogika, ta’lim huquqi, pedagogik strategiyalar, inklyuziv madaniyat. XXI asrda har bir bola uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Xususan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar (ATEBB) uchun inklyuziv ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish masalasi global ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasida har bir bolaning ta’lim olish huquqi ta’kidlangan bo‘lib, mamlakatimizda ham inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasida maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularga teng imkoniyat va sharoitlar yaratish masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham maxsus ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishini ta'kidlagan edi. Inklyuziv ta’limning mohiyati va ahamiyati: Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalarning, jumladan, jismoniy, aqliy, hissiy yoki boshqa turdagi o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy ta’lim tizimida ta’lim olishiga yo‘naltirilgan modeldir. Bu tizim har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga oladi, ta’lim jarayonida diskriminatsiyani bartaraf etadi, ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi va teng imkoniyatlar yaratadi. Ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy etish nafaqat ATEBB uchun, balki barcha o‘quvchilar uchun ham manfaatlidir. Chunki bu jarayon orqali jamiyatda bag‘rikenglik, empatiya va o‘zaro tushunish shakllanadi. https://scientific-jl.com/ 1 7 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etishda mavjud muammolar: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olishida bir qator muammolar mavjud: Moddiy-texnik jihatdan yetarlicha tayyorgarlik yo‘qligi – maxsus o‘quv xonalari, moslashtirilgan darsliklar va texnologiyalar yetishmaydi. Pedagog kadrlarning yetishmovchiligi – inklyuziv ta’lim metodikasini biladigan mutaxassislar soni kam. Stereotiplar va ijtimoiy to‘siqlar – jamiyatda inklyuziv ta’limga nisbatan tushunmovchilik mavjud bo‘lib, ba’zi hollarda bunday bolalar ajratib qo‘yiladi. Ota- onalarning tayyorgarligi past – ayrim ota-onalar inklyuziv ta’limning afzalliklarini yetarlicha tushunmaydilar. Ushbu muammolarni hal etish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Inklyuziv ta’limni ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar: Normativ- huquqiy bazani takomillashtirish. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim: Inklyuziv ta’limni davlat ta’lim strategiyalariga integratsiya qilish. Maxsus ehtiyojli bolalar uchun individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Pedagoglar va mutaxassislar uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlarni yangilash. Pedagoglarning malakasini oshirish. Inklyuziv ta’lim samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Shu boisdan: inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus kurslar va treninglar tashkil etish. Maxsus pedagoglar va defektologlarni tayyorlash dasturlarini kengaytirish. Xalqaro tajribani o‘rganib, milliy ta’lim tizimiga moslashtirish zarur. Infratuzilmani rivojlantirish: Ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv vositalari va texnologiyalar bilan ta’minlangan sinflarni tashkil etish. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun mos sharoitlarni yaratish (panduslar, liftlar, maxsus partalar va h.k). Axborot-resurs markazlari va onlayn platformalar orqali individual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish. Ijtimoiy qabulni shakllantirish va targ‘ibot ishlari Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot olib borish. Ota- onalar va jamiyat a’zolari uchun maxsus seminarlar tashkil etish. Inklyuziv madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash. Nogironligi bor shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish murakkab va bir qancha omillarga bog'liq masala sifatida qaraladi. Shu sababli, jamiyatimizning bir qismi bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, ularga ta'lim va tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olishiga, o'z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyish etishga hamda ma'n
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, ta’lim huquqi, Kalit so‘zlar: Nogironligi bo'lgan shaxs, pedagog-defektolog, maxsus pedagogika, pedagogik strategiyalar, inklyuziv ta'lim, inson huquqlari, inklyuziv madaniyat., alohida ta’lim ehtiyojlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026