К содержанию
РецензированоUZ2026

SHIFOKORLIK AXLOQI: TARIXIY ILDIZLARI, INSON HUQUQLARI BILAN BOG’LIQLIGI VA BUGUNGI DOLZARBLIGI

Shodiqulov Eldor Sherzodovich · Alloberdiyeva Zarina Yaxyoyevna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Shifokorlik axloqi va inson huquqlari tibbiy faoliyatning nafaqat amaliy, balki axloqiy-falsafiy asoslarini anglashda bir-birini to‘ldiruvchi muhim tushunchalardir. Mazkur ishda shifokorlik axloqining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari, inson huquqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda bugungi kunda tibbiyot sohasida yuzaga kelayotgan axloqiy-huquqiy masalalar atroflicha tahlil etilgan. Tibbiy axloq qadimdan boshlab shifokor va bemor o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan, u jamiyatdagi madaniy, diniy va falsafiy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston va musulmon Sharqida shakllangan axloqiy qarashlar, xususan, Hippokrat qasami, Galen va Ibn Sino asarlari orqali tibbiyotda insonparvarlik, fidoyilik, halollik kabi tushunchalar asosiy tamoyil sifatida qaralgan. Kalit so’zlar: shifokorlik axloqi, inson huquqlari, bioetika, tibbiy deontologiya, bemor huquqlari, axloqiy tamoyillar, tarixiy rivojlanish, Hippokrat qasami, tibbiy etika, axloqiy mas’uliyat. Zamonaviy tibbiyotda axloqiy yondashuvlar tarixiy jarayonlar mahsulidir. Bioetika XX asrda mustaqil fan sifatida shakllangan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimgi davrlarga, ayniqsa, qadimgi Yunoniston va musulmon Sharqidagi ilmiy-falsafiy qarashlarga borib taqaladi. Dastlab shifokorlik axloqi diniy e’tiqodlar, jamiyat qadriyatlari va shaxsiy vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik bu yondashuv ilmiy asoslangan tamoyillarga aylana boshladi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, inson sha’ni hamda huquqlarini himoya qilish zarurati ortib borgani sayin, tibbiyotda axloqiy va huquqiy tamoyillarni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Ana shu sharoitda bioetika, bemor huquqlari, shifokorning axloqiy mas’uliyati, shuningdek, kasbiy deontologiya tushunchalari chuqur tahlil etila boshlandi. Bugungi kunda shifokorlik axloqi nafaqat kasbiy faoliyat mezoni, balki inson huquqlarini ta’minlashning muhim omili sifatida ham alohida e’tirof etiladi. Shu bois, shifokor va bemor o‘rtasidagi munosabatlar doirasida axloqiy yondashuvlar, bioetika prinsiplari hamda xalqaro huquqiy me’yorlar o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritishi https://scientific-jl.com/ 3 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi zarur. Ushbu maqolada shifokorlik axloqining tarixiy ildizlari, uning inson huquqlari bilan bog‘liqligi hamda bugungi dolzarbligi tahlil qilinadi. Shifokorning ma’naviyatlilik darajasi uning o‘zi yashab turgan jamiyatda qaysi axloqiy me’yorlarga amal qilishi, qanday qadriyatlarni o‘zlashtirganligi va jamiyatga qo‘shayotgan hissasida o‘z ifodasini topadi. Axloqlilik esa inson ma’naviyatining o‘lchovlaridan biridir. Tibbiyot xodimlarini tayyorlashda etika va deontologiya masalalari ayniqsa dolzarbdir. Bo‘lajak shifokorlar uchun shakllangan axloqiy fazilatlarning mavjudligi katta ahamiyatga ega, chunki bu kasb egalari o‘z ishlarida bemorlar va ularning qarindoshlarining og‘rig‘i va og‘ir hissiy tajribalariga duch kelishadi. Bo‘lajak shifokorlarga bemorlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish, tibbiy ko‘rsatmalarni tushuntirish, ularni to‘g‘ri davolanishga undash kerak bo‘ladi. Shifokorlik nafaqat mutaxassislik, balki alohida shaxsiy fazilatlarni talab qiladigan kasb hamdir. Binobarin, talab qilinadigan ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish bo‘lajak shifokorlar tayyorlashda tarbiyaviy faoliyatning asosiga aylanadi. Ushbu ilmiy ishni yozishda ko‘p yo‘nalishli tadqiqot metodlariga tayanildi. Mavzuning mohiyatini chuqur o‘rganish uchun tarixiy-tahliliy, falsafiy-etik, me’yoriy- huquqiy va taqqosloviy tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning birinchi bosqichida tibbiy axloq va bioetikaning shakllanish tarixiga e’tibor qaratildi. Xususan, qadimgi davr shifokorlarining axloqiy tamoyillari (Hippokrat qasami, Ibn Sino etik qarashlari), o‘rta asrlardagi diniy-falsafiy ta’sirlar, hamda yangi davrdagi axloqiy inqirozlar — ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi davridagi insoniyatga qarshi eksperimentlar — tarixiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Bu jarayonda axloqiy masalalarning tarixiy rivoji va zamonaviy bioetika tamoyillarining ildizlari aniqlashtirildi. Ikkinchi bosqichda zamonaviy tibbiy axloqiy tizimlarning mazmuni va ularning inson huquqlari bilan o‘zaro aloqasi o‘rganildi. Bu bosqichda me’yoriy-huquqiy tahlil asosida inson huquqlari bilan bog‘liq xalqaro va milliy hujjatlar, jumladan, UNESCO Bioetika va Inson Huquqlari bo‘yicha Umumjahon Deklaratsiyasi (2005), Norimberg Kodeksi (1947), Helsinki Deklaratsiyasi (1964, yangilangan tahrirlari), va Bemor huquqlari to‘g‘risidagi milliy qonunchilik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu hujjatlar orqali shifokor va bemor o‘rtasidagi munosabatlarda axloqiy va huquqiy prinsiplar qanday uyg‘unlashgani ko‘rsatildi. Tadqiqotning uchinchi bosqichida esa taqqosloviy va falsafiy-etik yondashuv orqali tibbiy axloqiy tamoyillar va inson huquqlari prinsiplarining o‘xshash va farqli jihatlari solishtirildi. Shifokorning bemor oldidagi axloqiy majburiy

Доказательный фрагмент

«Shifokorlik axloqi va inson huquqlari tibbiy faoliyatning nafaqat amaliy, balki axloqiy-falsafiy asoslarini anglashda bir-birini to‘ldiruvchi muhim tushunchalardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shifokorlik axloqi va inson huquqlari tibbiy faoliyatning nafaqat amaliy, balki axloqiy-falsafiy asoslarini anglashda bir-birini to‘ldiruvchi muhim tushunchalardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy rivojlanish, bemor huquqlari, Hippokrat qasami, Kalit so’zlar: shifokorlik axloqi, axloqiy mas’uliyat., tibbiy etika, tibbiy deontologiya, bioetika, inson huquqlari, axloqiy tamoyillar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники