К содержанию
РецензированоUZ1940

NEYROLINGVISTIKA FANINING TILSHUNOSLIKDAGI BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

FANLAR BILAN ALOQASI · Erkin tadqiqotchi: Xoliyorova Ch.D

Современное образование и развитие · 3 · 1940

Аннотация

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning bir sohasi hisoblanib, uning tarixi, ahamiyati va vazifalari haqida olimlarning fikriga tayangan holda o’rganish olib borildi. Ushbu yangi soha o’z o’rnida tilshunoslikdagi qaysi sohalar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rib chiqildi va izoh berildi. Annotation: Neurolinguistics is considered a field of modern linguistics and its history, peculiarities and tasks have been studied based on the opinions of scientists who worked on this matter. The fields in linguistics which are closely connected with this new field are learned. Kalit so’zlar: Neyrolingvistika, tilshunoslik, psixolingvistika, fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis. Key words: neurolinguistics, linguistics, psycholinguistics, phonetics, phonology, morphology, syntactics. Neyrolingvistika nutq bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar; nutqni ishlab chiqarish va uni idrok etish mexanizmlarini boshqaradigan asab tizimlarining ishlash jarayonlarini o’rganuvchi tilshunoslikning zamonaviy sohasidir. Ushbu soha nevrologiya, tilshunoslik, psixologiya va kognitiv fanlar bilan chambarchas bog’liq. Inson nutqining paydo bo’lishini va uning aynan nimani nazarda tutishini, maqsadini amaliy tajribalarini ilmiy nazariy asoslarini o’rganib chiqish aynan shu fanlar kesimida tahlil qilinadi. Neyrolingvistikaning tarixiga nazar soladigan bo’lsak, u 20-asrda paydo bolgan bo’lishiga qaramay, ancha qadimiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hattoki, neyrolingvistik terminlarga yozilgan sharhlar ham antik davrga borib taqaladi. “Neyrolingvistika” atamasi 1940-yillarning oxiri va 1950 yillarda paydo bo’lgan, bu fandagi muommolar va ularning kelib chiqish sabablari esa qadimgi davrdan mavjud Выпуск журнала №-21 Часть–1_Март –2025 89 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo’lgan. Edit Kruell Trager, Anri Xekan va Aleksandr Luriya kabi olimlar bu fanning yuzaga kelishining asosiy sababchilari sifatida qaraladi. Xususan, Luriyaning 1976- yilda chop etilgan “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” nomli kitobida “neyrolingvistika” atamasi ilk bor qo‘llanilgan deb e’tirof etiladi. Shuningdek, Garri Uitaker 1970-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida neyrolingvistikani ommalashishisha sababchi bo’ldi va u “Brain and Language” (“Miya va til”) jurnalini 1974-yilda chop eta boshlagan. Bu ma’lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki, neyrolingvistikaga 20-asrning 70-yillarida zamonaviy fan sifatida tan olingan. Shuni alohida takidlab o’tish joizki, neyro, lingvistik va dasturlash kabi uch komponentni o’z ichiga olgan “neyrolingvistik dasturlash” amerikalik tilshunos va dasturchi Jon Grinder444[2:184]va psixolog Richard Bandler tomonidan ishlab chiqildi. U inson faoliyati jihatlarining nevrologik, lingvistik va operatsion-algoritmik jihatdan o‘zaro bog‘liqlik va ekvivalentliligini o‘zaro ta’sirni o‘rganishga yo‘naltirilgan soha. Bugungi kunga kelib bu fandagi muommolar olimlar tomonidan qiziqish bilan o’rganilmoqda va uning sabab va yechimlari amaliyotga tadbiq etilgan holda ilmiy nazariy asoslari ishlab chiqilmoqda. Zamonaviy tilshunoslikning bu sohasini chuqurroq o’rganishda tadqiqotchilar turli xil tajribalar va ularga asoslangan bir qator nazariyalar shuningdek teoremalarni yaratishmoqda. Fanning asosiy maqsadi ya’ni nutqni ishlab chiqarish va bu jarayondagi o’zgarishlarni tadqiq etishdan kelib chiqib takidlash mumkinki, neyrolingvistikada asosan ko’p ishlar psixolingvistika va tilshunoslikdagi modellardan iborat bo’ladi. Umuman olganda, neyrolingvistika avvalo psixolingvistika sohasi bilan chambarchas bog’liq va tilning aynan kognitiv mexanizmlarini o’rganishda u psixologiyaning an’anaviy experimental usullarini qo’llaydi. Neyrolingvistika va psixolingvistika nazariyalari ilmiy jihatdan bir birini to’ldiradi[3:56], ya’ni, psixolingvistika orqali nazariyalarni o’rganadigan bo’lsak, neyrolingvistika orqali uni amaliyot jarayonini kuzatishimiz mumkin. Masalan, inson ma’lum bir muddat nutqini yo’qotib qo’yishi neyrolingvistik jarayon sifatida qaralsa, uning nima sababdan (qattiq qo’rquv yoki hayajondan) kelib chiqqan sababini psixolingvistika nazariyalari orqali o’rganib chiqish mumkin. Выпуск журнала №-21 Часть–1_Март –2025 90 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Neyrolingvistika o’z nomidan kelib chiqib tilshunoslik bilan ham uzviy bog’liq ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson nutqida kechayotgan jarayon bir vaqtning o’zida tilshunoslik, nevrologiya va psixologiya sohalarini qamrab oladi. Umuman olganda, tilning tuzilishini va til ma’lumotlari qanday tashkil etilishini aniqlashtirish uchun nazariy tilshunoslar modellar taklif qilishadi, psixologlar til ma’lumotlarining ongda qanday qayta ishlanishini oydinlashtirish ustida ishlashsa, nevrologlar esa biologik tuzilmalar (populatsiyalar va tarmoqlar) qanday ekanligini aniqlash uchun miya faoliyatini tahlil qiladilar. Shuningdek, neyrolingvistika tilshunoslikning asosiy va kichik sohalari bilan ham bog’liqligini ko’rishimiz mumkin: 1. Fonetika- tilshunoslikning nutq tovushlarini o’rganadigan bo

Доказательный фрагмент

«Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning bir sohasi hisoblanib, uning tarixi, ahamiyati va vazifalari haqida olimlarning fikriga tayangan holda o’rganish olib borildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning bir sohasi hisoblanib, uning tarixi, ahamiyati va vazifalari haqida olimlarning fikriga tayangan holda o’rganish olib borildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neurolinguistics, linguistics, psycholinguistics, phonetics, fonetika, psixolingvistika, tilshunoslik, sintaksis., Neyrolingvistika, syntactics., morphology, fonologiya, morfologiya, phonology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники