Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKI XALQ DILBANDI
IKKI XALQ DILBANDI · Olimjonova Nozima Foziljon qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Bсе творчество Максуда Шейхзаде наполнено глубоким политическим публицистическим духом. Его поэтические, драматические произведения, какой бы тематике они ни были посвящены, находятся в гармонии со временем. Именно поэтому не случайно создатель выступает в жанре непосредственной публицистики такого типа. Его публицистические статьи и речи с превосходным художественным жанром-яркий знак значимости и разнообразия творчества этого талантливого писателя. Ключевое слово: произведения , сборники стихов, очерки , переводные книги Философия , мысли писателей, творческие друзья. Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 108 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezadi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshadi. 1946 yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar “Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi vadunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p o’tmay Shayxzoda qamaladi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yiladi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon qilinmay qolaveradi. Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi. Shayxzodaning yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor isbotlanadi. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o‘sha yili bu asar Hamza teatri sahnasida qo‘yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi. Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur bilar edi. 1941 yilda Toshkentda nashr etilgan “Genial shoir” to‘plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil topgandir. Navoiy she’riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi navoiyshunoslikda hamisha alohida o‘rin egallab qoladi. Iste’dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” hamda “Romeo va Juletta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi. Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyotining klassik Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 109 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT asarlarini g‘oyat sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi. Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashgamajbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi. Boshidan qanchadan-qancha musibatli kunlar o‘tgan bo‘lmasin, u hech zorlanmagan. Uning iymon-e’tiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon qilingan. U hech qachon alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa demagan. Shayxzoda o‘zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va balandlik xislatlari bilan yuksalib yashadi. Chunki uning chinakam, sodiq do‘stlari ham oz emas edi. Bular Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxon kabilar edi. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan
Доказательный фрагмент
«Bсе творчество Максуда Шейхзаде наполнено глубоким политическим публицистическим духом.»
Образец извлечения
Демо-превьюBсе творчество Максуда Шейхзаде наполнено глубоким политическим публицистическим духом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarjima kitoblar, ijodiy do`stlari., asarlari, she`riy to`plamlar, falsafa, ocherklar, adiblarning fikri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026