Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQA TINGLASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI, MAZMUNI VA MEXANIZMLARI.
Fazliddinov Zokir
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Yosh ijrochilarning kasbiy shakllanishida musiqiy tinglovchilik malakalarini egallash muhim ahamiyatga ega. Tinglash orqali ijro etiladigan vokal yoki cholg‘u asarlarning tovush yo‘nalmasi, ohang va tonal xususiyatlari, badiiy mazmunini to‘laqonli anglash imkoniyatlari kengayadi, asarning dramaturgiyasi, badiiy g‘oyasi, emotsional-estetik mazmuni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ijro etish va tinglovchiga emotsional-psixologik ta’sir ko‘rsatish darajasi yuksaladi. Ushbu maqolada pedagogik-psixologik masalalar atroflicha tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Musiqa tinglash, musiqa ta’limi, individual-psixologik pedagogic, idrok, hissiy, ijodkor, musiqachi, zamonaviy, pantomimika, tinglovchilik. Musiqa tinglash madaniyatini tarbiyalash o‘quvchilarni badiiy-estetik va axloqiy tarbiyani rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning individual- psixologik xususiyatlari: qobiliyatlar, qiziqishlar, yo‘nalganlik, temperament tipi, iroda kuchi sub’yektiv xususiyatlarga ega. Musiqa ta’limi va tarbiyasini samarali amalga oshirishning ob’yektiv sabablari. ‒ zamonaviy jamiyatimiz taraqqiyoti darajasi bilan musiqa o‘qitishning mazmuni orasidagi muvofiqlik; ‒ musiqa o‘qitish va tarbiyalash jarayonining milliy musiqa madaniyati rivojlanishini ta’minlaydigan negizlarga bog‘liqligi; ‒ musiqa ta’limi va tarbiyasi mazmunining milliy musiqiy an’analarga bog‘liqligi kabilar kiradi. Musiqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligi va sifatini ta’minlaydigan motivatsiyalar, dialektik ziddiyatlar musiqa ta’limining harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib, pirovard natijada musiqiy tinglovchilik faoliyatini samarali amalga oshirishning qulay yo‘l va usullarini topishga shart-sharoit yaratadi. Mavjud musiqiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalar orasida ziddiyat paydo bo‘lishi, ularni doimiy yengishga intilish musiqa ta’limi va tarbiyasining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv-tarbiya jarayonida bu ziddiyatlar tushunish va tushunmaslik, bilim va bilimsizlik, malakalilik va malakasizlik va h.k.lar orqali namoyon etiladi. Musiqa ta’limi va tarbiyasida har safar keyingi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash musiqa ta’limini yaxlit holda rivojlantirishga va uning samaradorligini oshirishga olib keladi. https://scientific-jl.com/ 8 1 44-son_2-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Musiqiy pedagogik jarayonda mazkur murakkab psixologik vaziyatni nazarda tutgan holda o‘smir-o‘quvchilar bilan ta’limiy faoliyat tashkil etildi. Hissiy sezuvchanlik asosiy musiqiy qobiliyatlardan biridir. Musiqaga hissiy sezuvchanlik – bu musiqa asari xarakteri, kayfiyatini his qilish, musiqiy obrazlar orqali ijodiy tasavvur qilish qobiliyati bo‘lib hisoblanadi va tinglash faoliyatida sub’yektivlikni asoslovchi qobiliyatlardan biridir. Musiqani eshitish, idrok etish uning xarakterini farqlashni, intonatsiya, kayfiyatning o‘zgarishi, badiiy obrazning rivojlanishini kuzatishni anglatadi. Musiqani idrok etishning sub’yektivlik xususiyatidan kelib chiqqan holda hissiy sezuvchanlikni quyidagi sharoitlarda rivojlantirish mumkin: a) o‘qituvchi va o‘quvchining faol o‘zaro ta’siri; b) rivojlanayotgan guruh muhitini, musiqa zalini tegishli jihozlar va atributlar bilan jihozlash; v) o‘quvchilar bilan musiqani idrok etish qoidalariga rioya qilish; g) o‘quvchilar bilan musiqa asarlarini tinglash algoritmini o‘zlashtirish; d) o‘quvchilarni musiqa tinglashga jalb qilish, ularda samarali idrok faoliyati uchun maqbul kayfiyat yaratish; e) musiqa asarini dastlabki tinglash, u bilan tanishish; j) qayta tinglash, keyin musiqiy tahlil qilish, taassurotlarni tahlil qilish va musiqiy ifoda vositalarini tavsiflash; z) o‘quvchilarda tinglangan musiqa haqidagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlash, asar haqida munosabat bildirish; i) badiiy, o‘yin, musiqiy-ritmik harakatlar orqali o‘quvchida musiqiy idrok natijalarini sub’yektiv ifodalashda maqbul sharoit yaratish kabilardir. A.N.Soxor bu borada fikr bildirib, “Ijodkor - insonning ichki olamini o‘zining faoliyat predmeti sifatida qabul qilar ekan, ushbu olam (xususan hissiyotlar, kayfiyatlar) sub’yektiv baholanadigan bilish ob’yekti sifatida yaratadigan asarida ifodalanadi. Bunda ijodkor o‘zining hissiyotlari va kayfiyatini aks ettiradimi yoki boshqalarnikinimi, farqi yo‘q. Baribir, muallif asarga “chetdan nigoh tashlashi”, tanlashi, fikrlashi va baholashi, ya’ni, voqelikni sub’yektiv aks ettirishning maqbul variantlarini tanlashi lozim”ligini ta’kidlab o‘tgan .1 Musiqa asari g‘oyasini ifodalashda o‘qituvchining nutq texnikasi madaniyati, leksika, fonetika, uslub, so‘zlash, urg‘u jihatidan yuksak talab darajasida bo‘lishi, nutq musiqa san’ati borasida bo‘lganligi sababli badiiy mazmuni estetik yo‘nalgan, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Musiqiy pedagogik jarayonni ijodiy tashkil etishning ierarxiyasi badiiy-musiqiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Ushbu pedagogik kasbiy sifatlar asosida darsni tashkil etish orqali o‘quvchi (talaba)larni musiqiy-pedagogik jarayonga olib kirish imk
Доказательный фрагмент
«Yosh ijrochilarning kasbiy shakllanishida musiqiy tinglovchilik malakalarini egallash muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюYosh ijrochilarning kasbiy shakllanishida musiqiy tinglovchilik malakalarini egallash muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- individual-psixologik pedagogic, tinglovchilik., musiqachi, pantomimika, hissiy, Kalit so‘zlar: Musiqa tinglash, musiqa ta’limi, idrok, ijodkor, zamonaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026