К содержанию
РецензированоUZ2026

TAʼLIM DASTURINING TARKIBI VA MAZMUNI

Abduvaxobov Shaxzod Xolmo’min o’g’li · Shamsiddinova Ozoda Sharofiddin qizi (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada taʼlim dasturining tarkibi va mazmuni, uning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida shakllanishi, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan uzviy bogʻliqligi tahlil qilingan. Shuningdek, taʼlim dasturining maqsadi, tarkibiy qismlari, o‘quv mazmunini belgilashdagi mezonlar va uni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada ta’lim sifatini oshirishda o‘quv dasturlarining roli, ularning yangilanib borish zarurati va amaliyot bilan integratsiyalashuvining ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: taʼlim dasturi, tarkib, mazmun, o‘quv rejasi, fan dasturi, pedagogik yondashuv, taʼlim sifati, integratsiya. Kirish. Hozirgi davrda taʼlim tizimini takomillashtirish, uning mazmunini yangilash va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Taʼlim dasturi – bu o‘quv jarayonining asosiy hujjati bo‘lib, unda o‘quv fanining maqsad va vazifalari, mazmuni, o‘zlashtirish darajalari, taʼlim metodlari va baholash mezonlari belgilanadi. Dastur tarkibi va mazmuni taʼlim sifatiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi, shuningdek, u o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vosita vazifasini ham bajaradi. Ushbu maqolada taʼlim dasturining asosiy tarkibiy qismlari, ularning mazmuniy xususiyatlari, zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilishi va taʼlim jarayonidagi roli chuqur tahlil qilinadi. Mavzuni o‘rganish orqali taʼlim dasturlarini takomillashtirish yo‘llari va ularning taʼlim sifatiga taʼsiri aniqlanadi. Asosiy qism. Taʼlim dasturi – bu o‘quv jarayonining asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, unda taʼlim oluvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi hamda ularga erishish yo‘llari aniq belgilab beriladi. U pedagogik jarayonning metodologik va amaliy asosini tashkil etadi. Taʼlim dasturi tarkibiy jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlardan iborat bo‘lib, ular har bir bosqichda o‘quvchilarning intellektual, axloqiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi. Taʼlim dasturining tarkibi odatda quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘ladi: maqsad va vazifalar, o‘quv mazmuni, o‘quv faoliyatining shakllari va metodlari, baholash mezonlari hamda kutilyotgan natijalar. Har bir bo‘lim o‘zaro https://scientific-jl.com/ 1 8 2 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi integratsiyalashgan bo‘lib, umumiy pedagogik strategiyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Taʼlim dasturining markaziy elementi – bu taʼlimiy maqsadlardir. Ular o‘quvchilarda qanday bilim va ko‘nikmalar shakllanishi kerakligini belgilab beradi. Maqsadlar umumiy (strategik) va xususiy (operatsion) ko‘rinishda ifodalanadi. Masalan, umumiy maqsad sifatida o‘quvchida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ko‘zda tutilsa, xususiy maqsad sifatida bu malakani aniq topshiriqlar yordamida shakllantirish yo‘llari aniqlanadi. Vazifalar esa ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan bosqichma-bosqich ishlar sifatida ko‘riladi. Bu orqali o‘qituvchi dars jarayonini rejalashtirib, samaradorlikni oshiradi. O‘quv mazmuni – bu o‘quv fanining tarkibiy qismlari, yaʼni o‘rganilishi kerak bo‘lgan bilimlar, tushunchalar, qonuniyatlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasidir. Ular ilmiylik, tizimlilik, dolzarblik va milliy qadriyatlar asosida tanlanadi. O‘quv mazmunining dolzarbligi shundaki, u zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos bo‘lishi kerak. Yaʼni, taʼlim oluvchilar nafaqat anʼanaviy bilimlarga ega bo‘lishlari, balki raqamli savodxonlik, ekologik tafakkur, innovatsion fikrlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishlari lozim. Shuningdek, o‘quv mazmuni ishlab chiqishda integratsiyalashgan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tabiiy fanlar bilan texnologik yo‘nalishlar orasidagi bog‘liqlik o‘quvchida kompleks dunyoqarashni shakllantiradi. Taʼlim dasturining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quv faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq. Anʼanaviy darslar bilan bir qatorda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, loyihaviy faoliyat, muammoli o‘qitish kabi usullarni qo‘llash orqali o‘quvchilar faol ishtirokchi sifatida dars jarayoniga jalb etiladi. O‘quv metodlari tanlanayotganda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, bilim darajalari va mustaqil ishlash ko‘nikmalari inobatga olinadi. Bundan tashqari, guruhli ishlar, munozaralar, rolli o‘yinlar kabi metodlar ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Baholash taʼlim jarayonining ajralmas qismidir. U nafaqat o‘quvchining bilim darajasini aniqlaydi, balki o‘quv dasturining samaradorligini ham ko‘rsatadi. Baholash mezonlari ochiq, aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Ular orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari tizimli tarzda nazorat qilinadi. Baholash shakllari esa oraliq, yakuniy, formatif va summativ ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Zamonaviy taʼlimda reyting tizimi, portfolio baholash, o‘zaro baholash kabi usullar keng qo‘llanilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga zamin yaratadi. H

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada taʼlim dasturining tarkibi va mazmuni, uning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida shakllanishi, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan uzviy bogʻliqligi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada taʼlim dasturining tarkibi va mazmuni, uning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida shakllanishi, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan uzviy bogʻliqligi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mazmun, Kalit so‘zlar: taʼlim dasturi, pedagogik yondashuv, o‘quv rejasi, taʼlim sifati, fan dasturi, integratsiya., tarkib
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники