К содержанию
РецензированоUZ2026

MAVZU: PROVIZOR ORGANLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Olimjonova Feruza (Andijon davlat pedagogika instituti) · Toxirjonova Mushtariy (Andijon davlat pedagogika instituti) · Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li (Andijon davlat pedagogika institute Aniq)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir. Ular evolyutsiya davomida organizmning moslanishi natijasida o'zgarishga uchragan va hozirgi kunda ko'p hollarda faol emas. Inson tanasida bir qancha provizor organlar mavjud. Kalit ko’zlar: Yo’ldosh, amnion suyuqlik, xorion, sariqlik pardasi, kindik tizimi, Asosiy qism Provizor a’zolar — Embriogenez jarayonida rivojlangan, embriondan tashqari homilaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydigan a’zolar. Ular muvaqqat, vaqtinchalik organlar bo’lib, homila tug’ilgandan so’ng tushib, yoqolib ketadi. Ulardan ayrimlari homilani o’rab turgani sababli homila qobiqlari deb ataladi. Provizor a’zolarga amnion, sariqlik qopi, allantois, xorion, platsenta va kindik yo’li kiradi. Provizor a’zolar trofoektoderma va embrionning uchta varag’idan rivojlanadi. Xordali hayvonlar tuzilishining murakkablashishi bilan homila rivojlanishini ta’minlovchi provizor (muvaqqat) organlar hosil bo’ladi. Ular definitiv a’zolardan farqli ravishda homila mustaqil hayot kechirguncha yoki tug’ilguncha bo’lib, so’ngra yo’qolib ketadi.Provizor organlarga quyidagilar kiradi: 1) sariqlik xaltasi; 2) amnion; 3) seroz parda; 4) allantios; 5) xorion; 6) yo’ldosh; 7) kindik kanalchasi. Provizor organlar baliqlarda dastlab sariqlik xaltasi ko’rinishida hosil bo’la boshlaydi. Ma’lumki, gastrulyatsiyaning ilk bosqichlaridayoq pusht va sariqlik entodermasi hosil bo’ladi. Sariqlik entodermasining erkin qirg’oqlari o’sib sariqlikni o’rab oladi. Xordo- mezodermal kurtak hosil bo’lgach, ekto va endoderma oralig’iga mezodermaning pariyetal va visseral varag’i ham o’sib kiradi. Shunday qilib, sariqlik qopining devori ektodermadan, mezodermaning pariyetal hamda visseral varag’idan va endodermadan tashkil topgan. Rivojlanish davomida xomila sariqlikdan ko’tariladi va faqat tana burmasi orqali sariqlik xaltasi bilan bog’lanadi. Sariqlik xalta bo’shlig’ining oziq moddasi sariqlik bilan to’lgan bo’lib, u sariqlik poyachasi orqali homila ichagiga https://scientific-jl.com/ 2 2 2 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tushadi. Shunday qilib, sariqlik xaltasi oziqlantirish vazifasini o’taydi. Sariqlikning hammasi homilaning oziqlanishiga sarf bo’lgandan keyin sariqlik xaltasi quriydi va tushib ketadi, uning o’rnida esa teri va ichak kindigi qoladi. Sutemizuvchilarda sariqlik xaltasi embrioblastdan amnion bilan bir vaqtda hosil bo’ladi, lekin unda oziqa modda sariqlik bo’lmaganligi sababli unchalik rivojlanmaydi. Lekin u muhim vazifani o’taydi, chunki uning devorida, ya’ni mezodermaniig visseral varag’ida dastlabki qon orolchalari hosil bo’la boshlaydi. Amnion va seroz parda. U qushlarda, reptiliy va sut emizuvchilarda bo’ladi. Tana burmasi va sariqlik xaltasi shakllanishi bilan homilaning ust tomoniga o’suvchi ektoderma va mezodermaning pariyetal varag’idan hosil bo’lgan ikkinchi burma - amnion burma yuzaga keladi. Amion burma hamma tarafdan homilani o’rab oladi va bir-biri bilan birlashib ketib, bevosita homilani o’raydigan amnion va seroz pardani hosil qiladi. . Amnion o’sish davomida suyuqlik bilan to’ladi. Uning bo’shlig’ida homila taraqqiy etadi. Sutemizuvchilarda ham uning taraqqiyoti aynan shu уo’1 bilan sodir bo’ladi. Amnionning devori homilaning teri yopqichiga o’tuvchi ektoderma va mezodermaniig pariyetal varag’idan tashkil topadi. Amnionning vazifasi homila taraqqiyoti uchun suyuq suv muhitni hosil qilish, shuningdek uni har xil tashqi ta’sirotlardan himoya qilish bilan belgilanadi. Seroz parda reptiliy va qushlarda muvaqqat nafas olish organi vazifasini bajaradi. Allantois yoki siydik qopi. Qushlarda, reptiliy va sut emizuvchilarda bo’ladi. Sariqlik xaltasi va amnioniing taraqqiyoti bilan bir vaqtda ichak devoridan siydik qopi yoki allantoisdan iborat o’siq paydo bo’ladi va u homiladan tashqariga qarab o’sadi. Qushlarda u sezilarli o’sib, seroz pardaga zich tutashadi va 3 xil vazifani (oziqlantirish, nafas, ajratish vazifasini) bajaradi. Allantoisning devori seroz parda bilan birga oqsil atrofida vorsinkalar bilan qoplanadi va ular oqsilning rezorbsiyasida (so’rilishida) ishtirok etadi. Havo kamerasi atrofida allantois devori va seroz pardaga qon tomirlar o’sib kiradi va homilaning nafas olishini ta’minlaydi. Allantois bo’shlig’ini to’ldirib turuvchi suyuqlikda siydikning turli xil tuzlarining bo’lishi uning ajratish vazifasi normal bajarilayotganligidan dalolat beradi. Sutemizuvchilarda allantois xoriongacha o’sib borib tortma holida qoladi. Uning devori bo’ylab homiladan ona organizmiga qon tomirlar o’tadi, ya’ni u mexanik vazifani o’taydi. Xorion yoki vorsinkali qobiq faqatgina sutemizuvchilarda rivojlanadi. Uning devori trofoblastdan, homiladan tashqari mezenximadan tashkil topgan bo’lib, vorsinkalar bilan qoplangan. Dastlab vorsinkalar faqat trofoblast hujayralaridan tashkil topgan bo’ladi. Bular birlamchi vorsinkalar bo’lib, xorionni hamma tarafdan qoplaydi. Keyinchal

Доказательный фрагмент

«Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Provizor organlar evolyutsiya jarayonida ma'lum funksiyalarni bajargan, ammo keyinchalik yo'qolgan yoki o'z funksiyasini yo'qotgan organlardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sariqlik pardasi, xorion, kindik tizimi, amnion suyuqlik, Kalit ko’zlar: Yo’ldosh
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники