Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHE’RIYATDAGI AYOL KUCHI
SHE’RIYATDAGI AYOL KUCHI · Abduraxmonova Shahnoza Toxirjon qizi
Современное образование и развитие · 1915
Аннотация
She’r, adabiy tahlillar, ijodiy faoliyati, ta’lim,adabiy meros, she’riyat, sadoqat,xalqona,sevgi, dard, xalqaro. O‘zbekning go‘zal va latofatli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Dastlab boshlang'ich maktabda, so'ng xotin - qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938- yillarda O'zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o'qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o'ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan "Saodat" nomli xotin - qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o'rtog'idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida "Hayot varaqalari" deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 193 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U - xalqaro "Nilufar" mukofoti sohibasiga aylangan. Zulfiya Isroilova va Hamid Olimjon o'rtasidagi sevgi va nikoh hikoyasi o'zbek adabiyotining yorqin sahifalaridan biridir. Ular 1941-yilda turmush qurdilar. Bu davrning, urushning shiddati va hayotdagi qiyinchiliklarga qaramay, ularning o'rtasidagi sevgi, mehr va samimiyat kuchli bo'ldi. Zulfiya va Hamid bir-birining ijodiga ulkan ta'sir ko'rsatdi, ularning sevgi va hamkorligi shoiralarning asarlarida ham o'z aksini topdi. Afsuski, 1944-yilda Hamid Olimjonning vafoti Zulfiyaxonim uchun o‘ta og‘ir judolik bo‘ldi, bu esa uning ijodida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Zulfiya uchun Hamid Olimjon ham sevimli yor, ham maslahatgo‘y do'st, ham ustoz edi. Endi u - yo'q. Yig'lamaslik, g'amga cho'kmaslik imkonsiz. Iroda ojizlik qilmoqda. Atrofda odam ko'p-u, lirik qahramon "yakka-yolg'iz". Chunki uning suygani olamda birgina edi, xolos. Uning o'rnini bosib, qahramonni yolg'izlikdan xalos eta oladigan odam yo'q. Uning xayoli o'zi bilmagani holda yo'qotganini izlash bilan ovora. Yorini yo'qotganidan dunyoning rangsizlanib qolganini shoira: "Birdan qalbim keksarib", - deya ifodalaydi. Bor-yo'g'i o'ttiz yoshdagi shoiraning dardu hasrati she'rda bandma-band oshib boraveradi: "Qayga ketding, yuragim, Bitdi bardosh va toqat. Suhbatingdir tilagim, Tilda hasratim qat-qat". Ayriliq zo'ridan tili va dilida hasratlar qat-qat bo'lgan mushtipar ayolning ruhiyati ushbu misralarda yaqqol aks etgan. Ahdida ustuvor va tuyg'ulariga xiyonat qilmagan shoiraning kechinmalari sovimaydi. Alami, hijroni har zumda yangilanib, tobora kuchayib boraveradi. Ro'zg'ori, farzandlari, kitoblari, do'stlari yo'qotgan kishisini qayta-qayta esga solavergani bois quyidagi o'tli satrlar qog'ozga inadi: "Sovush bermaydi menga, Yoqib ketganing olov". Muhabbatning olovi - mangu yongulik qudratga ega. Aql yorning qaytib kelmasligiga iqror bo'lsa ham, ruh bunga ko'nikmaydi, u berahmlik bilan qaytmas bo'lib ketgan yorga talpinaveradi. Sadoqatli shaxsning azoblari tinimsiz davom etaveradi. Ushbu dramatik holat shoiraning shaxsigagina tegishli bo'lsa-da, u kechirgan tuyg'ular chin bo'lgani bois boshqalarga ham begona emas. Выпуск журнала №-19 Часть–4_ Февраль –2025 194 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Zulfiya ijodiy faoliyatini 1931-yilda "Ishchi" gazetasida boshlangan ilk she'ri bilan boshlagan. Uning birinchi she'riy to'plami "Hayot varaqalari" 1932-yilda nashr etildi. Shoira o'z asarlarida ko'plab mavzularni qamrab oldi, jumladan, sevgi, dard, urush, tinchlik va ayollarning ijtimoiy o'rni. Ikkinchi jahon urushi yillari Zulfiya ijodida muhim davrni tashkil etdi. U "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) kabi asarlarida urush va uning oqibatlarini badiiy ifodaladi. Ushbu asarlarida u nafaqat o'z shaxsiy iztiroblarini, balki xalqining umumiy qayg‘ularini ham aks ettirdi. Urushdan keyin, 1950-yillarda, Zulfiya o'z ijodida xalqaro birlik va tinchlik g‘oyalariga e'tibor qaratdi. U Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik harakatida faol qatnashdi va ko'plab xorijiy davlatlarga sayohat qildi. Bu sayohatlar uning ijodida yangi g‘oyalar va rang-baranglik keltirdi. "Mushoira", "O'g'lim, sira bo'lmaydi urush" kabi she'rlarida tinchlik va do'stlik g‘oyalarini keng tarqatdi. Zulfiya Isroilova ijodi o'zbek adabiyotida muhim o'rin tutadi. U nafaqat she'ra, balki publitsistik maqolalar va adabiy tahlillar bilan ham tanilgan. Uning asarlarida o'zbek ayollarining hayoti, muammolari, ijtimoiy faollik va inson huquqlari haqida chuqur mulohazalar mavjud. Uning "Yillar, yillar..." (1975) va "Visol" (1972) kabi she'riy to
Доказательный фрагмент
«She’r, adabiy tahlillar, ijodiy faoliyati, ta’lim,adabiy meros, she’riyat, sadoqat,xalqona,sevgi, dard, xalqaro.»
Образец извлечения
Демо-превьюShe’r, adabiy tahlillar, ijodiy faoliyati, ta’lim,adabiy meros, she’riyat, sadoqat,xalqona,sevgi, dard, xalqaro. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- she riy, hamid olimjon, adabiy tahlillar, sevgi dard, zulfiyaxonim isroilova, xotin qizlar, isroilova hamid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026