Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIZZILDOQ QO‘NG‘IZLARNING AGROSENOZLARDAGI AHAMIYATI
VIZZILDOQ QO‘NG‘IZLARNING AGROSENOZLARDAGI · Baxshillayev Ozodbek Bobir o‘g‘li · Ismoilova Dilnoza Zubayd qizi · Alimova Luiza Xalilovna
Современное образование и развитие · 215– 230 · 2020
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada Carabidae oilasi ya’ni vizildoq qo’ng’izlar turlarning oziqlanish xillari, agrosenozlarga ko’rsatadigan ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan. Siz bu maqolani o’qib agrosenozlarda vizildoq qo’ng’izlarning tutgan o’rni haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lasiz. Bugungi kunda dunyo miqyosida hasharotlar sonining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ma’lumki, hasharotlar murakkab ozuqa to‘rlarini hosil qilib, tabiiy jamoalarning tuzilmasi va faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega hamda boshqa organizmlar koefolyusiyasiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, ko‘plab olimlarning ta’kidlashicha, hasharotlarning soni yiliga 1-2% ga kamayib bormoqda. Keyinggi 150 yilda dunyoda hasharotlarning 5%-10% i, yoki 250000 dan 500000 minggacha turi yo‘qolib ketdi1. Qo‘ng‘izlar yoki qattiqqanotlilar hasharotlar 1 Cardoso, P., Barton, P.S., Birkhofer, K., Chichorro, F., Deacon, C., Fartmann, T., et al. Scientists' warning to humanity on insect extinctions. Biological Conservation, 2020, V. 242, 108426. https://doi.org/10.1016/j.biocon. 2020.108426. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 203 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT turkumining eng yuqori xilma-xillikka ega va biologik progress holatida bo‘lgan guruhi bo‘lib, barcha hasharotlarning 38% ini (387100 tur) tashkil etadi. Jahonda vizzildoq qo‘ng‘izlarning xilma-xilligi, alohida hududlar faunasi va uning shakllanish qonuniyatlari, tarqalishi, zoogeografik tavsifi, tabiiy biosenozlarda va ekin maydonlaridagi ahamiyatini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada vizzildoq qo‘ng‘izlarning cho‘l biosenozlari va agrosenozlardagi tur tarkibini, taksonomik va ekologik tuzilmasini, mavsumiy dinamikasini tahlil qilish, cho‘l biosenozlari gerpetobiontlar faunasining kelib chiqishi va shakllanishini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda vizzildoq qo‘ng’izlar asosiy taksonlarining xilma-xilligi, turli xil landshaftlar va alohida biosenozlar bo‘ylab tarqalishi, madaniy ekinlar, mevali bog’lar agrosenozlaridagi karabidafaunasi, vizzildoq qo‘ng’izlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari hamda zararknandalarning entomofaglari sifatidagi rolini aniqlash hamda vizzildoq qo‘ng’izlardan ekologik monitoringda foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilmoqda. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda Respublikamizda hasharotlar xilma- xilligini baholash, iqtisodiy ahamiyatga ega turlarnini aniqlash, noyob va kamayib borayotgan turlar populyatsiyalarining holatini baholashga qaratilgan talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Vizildoq qo‘ng‘izlar deyarli butun er yuzida tarqalgan. Ular faqat Antarktidada, baland tog'larning abadiy qorliklarida, jonsiz Arktika cho‘llarida va ba'zi okean orollarida o`rganilmagan. Ekstremal sharoitlarda yer qo‘ng'izlarining yashash joylariga misollar Arktikada (Novaya Zemlya, Vrangel orollari), subantarktikada (Kerguelen, Macquarie) orollarda va Pomir va Himalayda 4500-5200 m balandlikda topilgan(A.L.Lobanov). Vizildoq qo‘ng‘izlari oilasi (Carabidae) – qattiqqanotli hasharotlar (Coleoptera) turkumining eng katta va turlarga boy oilalaridan biridir. Hisob- kitoblarga ko‘ra, dunyo faunasidagi vizildoq qo‘ng‘izlar turlari soni 40 000 dan ortiqroq [3, 215–230]. Выпуск журнала №-19 Часть–1_ Январь –2025 204 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT So‘nggi yillarda agrosenozlardagi tuproq strukturasining va biotsenozdagi turlar sonining o‘zgarishi vizildoq qo‘ng’izlar turlar tarkibini keng miqyosda o‘rganishni taqozo qilyabdi. Chunki carabidafaunaning boshqa qattiq qanotlilarga nisbatan agrosenozlardagi ahamiyati juda katta. Oziqlanishiga ko‘ra ham bir-biridan farqlanadi, ya’ni zoofaglar, fitofaglar, miksofaglar. Gerpetobiont qo‘ng‘izlarning turli sistematik guruhlarida individlarning mavsum davomidagi faolligi bir-biridan farq qiladi. Carabidae, Elateridae, Staphylinidae va Tenebrionidae oilasi vakillarining mavsumiy tebranishlari deyarli parallel sodir bo‘lsa, Scarabaeidae oilasi vakillari soning tebranishi ularga mos tushmaydi va maksimal qiymat iyulning oxirida kuzatiladi. (Alimova L.X. , 2023 avtorefarat) Vizildoq qo‘ng’izlar agrosenozlardagi ahamiyati ijobiy hamda salbiy ta’siri bilan baholanadi. Carabidae oilasiga mansub yirtqich turlar qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi hasharotlar, masalan, shira, g’o‘za zararkunandalari, bargxo‘r va boshqa hasharotlarni yeb ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari oila vakillarining miksofag turlari organic qoldiqlarni parchalab tuproqni mineral moddalarga boyitadi hamda tabiiy sanitarlik vazifasini o‘taydi. Carabidafauna yuqorida ta’kidlanganidek salbiy ta’sirni ham nomoyon qilishi mumkin. Masalan, yirtqich qo‘ng’izlar zararli turlar bilan birgalikda foydali turlarni ham sonini cheklashi mumkin, ozuqa yetishmovchiligi paytida esa o‘simliklarni o‘ziga ham zarar yetkazishi aniqlangan. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Khalimov F. The ground beetles (Coleoptera, Carabidae) of the Karatepa and Chaki
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada Carabidae oilasi ya’ni vizildoq qo’ng’izlar turlarning oziqlanish xillari, agrosenozlarga ko’rsatadigan ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada Carabidae oilasi ya’ni vizildoq qo’ng’izlar turlarning oziqlanish xillari, agrosenozlarga ko’rsatadigan ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biotsenoz, Carabidafauna, agrosenoz, fitofag.`, vizildoq qo‘ng‘izlar, zoofag
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025