Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZMNING XVII-XX ASRDARDA UY-JOY QURISH ME’MORCHILIGI VA INTETER BEZAKLARI
A.R.Matyazov
Журнал инноваций нового века · 2025
Аннотация
In this article, the special climate of Khorezm (closeness to the desert), the location of the population, the development of the cities and the shape of the houses had a good effect. In ancient times, people lived near irrigation networks. The event of migration of cities as a result of the change of the river bed is often seen in the history of Khorezm. The oldest and most common type of housing is described separately. Keywords: Ancient monuments, restoration, hoarding, conservation, history, fortress, porch, tower, inner fortress, archeology, renovator. Xorazmning о‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi, shaharlarning rivojlanishiga va uy- joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo о‘zanining о‘zgarishi natijasida shaharlarning kо‘chish voqeasi Xorazm tarixida kо‘p uchraydi. Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qо‘rg‘on hovlilardir. Qо‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hudididagi tо‘xtovsiz bо‘lib turgan о‘zaro urushlar qо‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bо‘lishini talab qilardi. Qо‘rg‘onda oilaning butun rо‘zg‘ori, mollari, oziq-ovqat va suv saqlanadigan joylari bо‘lgan. Qо‘rg‘on teshik-tuyniksiz paxsa devor bilan о‘ralgan bо‘lib, devorning burchaklari g‘о‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qо‘rg‘on tarxi (plani) tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklida bо‘lib, asosan kо‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bо‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yо‘lak tepasidagi tuyniklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qо‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi. Mustahkam qо‘rg‘onlar kо‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda https://scientific-jl.com/new 77 22 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga kata mulk egalarini kо‘shk qо‘rg‘onlari о‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qо‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan chо‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bо‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham chо‘pkori imoratlar qurish qulay bо‘lgan. CHо‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bо‘lib qoldi. Afsuski, chо‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoqsaqlanmagan. Shusababli ularni qurishning rivojlanishini о‘rganib bо‘lmadi. Xiva uylarining о‘zigaxos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini birqavatli chо‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xomg‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishgi xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo memorchiligida asrlar davomida imoratt arhitarzidagi zaruriyt unsur bо‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining tasiri kata bо‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bо‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi kо‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan. Xivaning ichki qal’asida joy tansiqligi sababli hovlilarning fasad lari deyarli hammasi juda tor dir. Ayvon hovli sahnini yuqoridan deyarli tо‘sib turadi va hovli ham qisman ayvon vazifasini о‘taydi. Hovlida shamol yaxshiroq yurishi uchun ayvonni baland qilib qurganlar. Bu esa shamolning pastdan yuqoriga almashib turishi va ichkarini har bir nur bilan yoritilishi yordam beradi. Ayvon qishda xonaning juda sovuq bо‘lishidan, yozda esa juda isib ketishidan saqlagan. Shuning uchun memorlar xonaning hovli iqlim sharoiti bilan yaqinligini saqlash, uyg‘unlashuv jihatidan rang-barang manzarasi bilan bog‘lanishiga alohida etibor berishgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ayvon qо‘l kelgan. U xona bilan tashqi muhitni bog‘lovchi qism vazifasini о‘tagan. Ayvon о‘rta asrlarda va undan keyingi davrdaham uylarda keng qо‘llanilgan. Turar joy memorchiligida ayvon ikki, tо‘rt xona oralig‘ida uyning old qismini butunlay egallagan holda (peshayvon) qurilgan. U imoratning old yoki yon tomonlarida galereya (yо‘lak) sifatida, devor sathidan bо‘rtib chiqqan bolaxonaga monand, ikkinchi qavatning ochiq qismini egallagan shiypon sifatida va alohida tо‘rt, uch tomoni ochiq bosh pana sifatidaham bunyodqilingan. Ayvonning turar joy memorchiligida qо‘llanilishi о‘sha joyning iqlim sharoiti va xonalarning joylashuv tartibidan kelib chiqqan. Masalan, Xivada iqlim sharoitining о‘zgachaligi, yozda havoning nisbatan issiqligi sababli ayvonxona va hovli https://scientific-jl.com/new 77 33 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS havosiniyang ilab turishga mо‘ljallangan. Bu erdagi ayvonlar ikki xil tuzilishga ega. Ulli (Ulug‘) ayvonxona ning old qismini egallagan va undan ancha baland kо‘tarilgan. Uning qarshisida teskari kichikroq ayvon о‘rnatilgan. Ulli ayvon bita markaziy ustunga egaligi jihatidan minorag amon
Доказательный фрагмент
«In this article, the special climate of Khorezm (closeness to the desert), the location of the population, the development of the cities and the shape of the houses had a good effect.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the special climate of Khorezm (closeness to the desert), the location of the population, the development of the cities and the shape of the houses had a good effect. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ancient monuments, restoration, hoarding, conservation, history, minora ichki qal’a, Kalit so‘zlar: Qadimgi obidalar, ganchkorlik, arxeologiya, konservatsiya, tarix, Qо‘rg‘on, restavratsiya, ayvon, ta’mirshunos.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026