К содержанию
РецензированоUZ2026

KARTEL KELISHUVI VA BOSHQA RAQOBATGA QARSHI KELISHUVLAR

QARSHI KELISHUVLAR · Ziyoxujayev Diyorbek Ziyoxuja o’gli

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article explores the economic impact of cartel agreements and other anti-competitive agreements, their types, and regulatory mechanisms. Cartel agreements lead to price increases, reduced competition, and decreased market efficiency. Measures against cartels in international and Uzbek legislation are examined. Additionally, the impact of cartel agreements on markets is analyzed through real examples from Uzbekistan. At the end of the article, recommendations are provided to strengthen the fight against cartels. Key words: Cartel agreement, anti-competitive agreement, antitrust enforcement, market efficiency, economic impact, price-fixing agreements, market allocation, international cartels, secret cartels, per se illegal, hard-core cartel, information asymmetry. Kirish: Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri erkin va adolatli raqobatdir. Raqobat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga, narxlarni barqarorlashtirishga va innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Shu sababli, har qanday raqobatga zid harakatlar, jumladan, narxlarni kelishib olish, bozorni taqsimlash va yetkazib berishni sun’iy cheklash, bozorda beqarorlik keltirib chiqaradi. https://scientific-jl.com/new 55 44 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Ushbu harakatlar nafaqat iste’molchilar manfaatlariga ziyon yetkazadi, balki umumiy iqtisodiy rivojlanishga ham salbiy ta’sir qiladi. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda raqobatga qarshi kelishuvlar va kartel kelishuvlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar, odatda, yirik kompaniyalar va korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi, chunki ular bozordagi o‘z hukmron mavqeyini saqlab qolish va daromadlarini maksimal oshirishga intiladilar. Kartel kelishuvlari va monopolistik harakatlar raqobat muhitini buzib, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun to‘siqlar yaratadi. Natijada, iste’molchilar sifatli va arzon mahsulotlardan mahrum bo‘ladilar. Kartel kelishuvi tushunchasi va uning shakllanishi Kartel kelishuvi – bu mustaqil kompaniyalarning o‘zaro kelishib, BOZORDA raqobatni cheklash yoki yo‘q qilishga qaratilgan harakatlari majmui hisoblanadi. Bunday kelishuvlar narxlarni boshqarish, ishlab chiqarish hajmini sun’iy cheklash yoki bozor segmentlarini bo‘lib olish orqali amalga oshiriladi. Kartel kelishuvlari bozor iqtisodiyotida uzoq tarixga ega bo‘lib, ular dastlab 19- asr oxirlarida sanoat inqilobi natijasida shakllana boshlagan. Ushbu kelishuvlarning kelib chiqishiga asosiy sabab sanoat korxonalari va yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorni nazorat qilish va o‘z monopoliyasini mustahkamlashga bo‘lgan intilish edi. Kartel so‘zi birinchi marta 1880-yillarda Germaniyada ishlatilgan bo‘lib, u "Kartell" (nemischa) so‘zidan kelib chiqqan. Bu atama dastlab sanoat korxonalari o‘rtasidagi kelishuvlarni ifodalash uchun qo‘llanilgan. Keyinchalik, iqtisodchilar kartel kelishuvlarini bozor iqtisodiyotiga ta’siri jihatidan tahlil qila boshlaganlar. Mashhur iqtisodchi Adam Smit (1723–1790) o‘zining "Millatlar boyligi"(“The Wealth of Nations”) (1776) asarida monopoliyalar va yashirin kelishuvlar bozor raqobatini cheklashini ta’kidlab, bunday kelishuvlarning iste’molchilarga zarar yetkazishini ilgari surgan. Uning fikrlari kartel kelishuvlarining asosiy xavfini yoritib, bozor iqtisodiyotida erkin raqobat muhimligini ko‘rsatadi. Avstriyalik iqtisodchi Jozef Shumpeter (1883–1950) esa kartel kelishuvlarini "ijodiy buzilish (creative destruction)" nazariyasi orqali izohlab, ba’zi kartellar vaqtincha bozorga barqarorlik olib kelishi, lekin uzoq muddatda iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning fikricha, kartellar vaqtinchalik samaradorlikni ta’minlashi mumkin, lekin ularning mavjudligi yangi ishtirokchilar uchun to‘siqlar yaratadi va texnologik innovatsiyalarni susaytiradi. Boshqa bir iqtisodchi Jorj Stigler (1911–1991) o‘zining kartel nazariyasida shuni ta’kidlagan: "Kartellar odatda uzoq umr ko‘rmaydi, chunki ishtirokchilar o‘rtasida manfaatlar ziddiyati paydo bo‘ladi va ayrim a’zolar yashirin ravishda kelishuv shartlarini buzadi." Uning fikricha, kartellar barqaror bo‘lishi uchun doimiy nazorat va qat’iy kelishuv mexanizmlariga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, Alfred Marshall (1842–1924) kartel kelishuvlarini "sun’iy bozor https://scientific-jl.com/new 55 55 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS to‘siqlari" deb atab, ular bozordagi tabiiy raqobatni buzishi va resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelishini ta’kidlagan. Kartel kelishuvlari tabiiy raqobatning cheklanishi yoki ishtirokchilar o‘rtasida kelishilgan harakatlar natijasida shakllanadi. Ularning paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillar murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zi bozorlarda kartellarning yuzaga kelishi ancha ehtimolga yaqin bo‘ladi. Kartel kelishuvlarining shakllanishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi: Bozor tuzilishi – Kam sonli yirik ishtirokchilarga ega bo‘lgan bozorlarda kartel kelishuvlari yuz

Доказательный фрагмент

«This article explores the economic impact of cartel agreements and other anti-competitive agreements, their types, and regulatory mechanisms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the economic impact of cartel agreements and other anti-competitive agreements, their types, and regulatory mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cartel agreement, anti-competitive agreement, antitrust enforcement, hard-core kartel, raqobatga qarshi kelishuv, bozorni taqsimlash, per se illegal, narx kelishuvlari, yashirin kartellar, axborot asimmetriyasi., Kalit so’zlar: kartel kelishuvi, bozor samaradorligi, iqtisodiy ta’sir, xalqaro kartellar, monopoliyaga qarshi kurash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники