К содержанию
РецензированоUZ2025

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING O‘XSHASH BIRLIKLARI

O‘XSHASH BIRLIKLARI · Payanova Dilbar Kurbanovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada antroponimlarning o‘xshashligi, kelib chiqishi va etimologiyasi muhokama qilinadi. Shuningdek, antroponimlar o‘zbek va ingliz tillari misolida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ismlar, taxallus, laqab, antroponimlar, qiyosiy tahlil. O‘zbek tilshunosligida atoqli otlar tizimini o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, E. Begmatov, N. Husanov, G. Sattorov, S. Rahimov, I. Xudoynazarov, R. Xudoyberganov va boshqalar o‘zbek antroponimlari haqidagi materiallarni to‘plashga, ularning leksik va semantik xususiyatlari, lingvistik tuzilishi, ismlarning etnografik va motivatsion ma’nolarini o‘rganish, o‘zbek mintaqaviy antroponimiyasining o‘ziga xos tomonlarini kuzatish, ismlarning orfografik va izohli lug‘atlarini tuzish sohalariga munosib hissa qo‘shishgan. Biroq, o‘zbek antroponimiyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ismlarning nominativ xususiyatlari, nomlashning motivatsion asoslari, lingvistik va nolingvistik tamoyillarning roli, antroponomiyani sotsiologik nuqtai nazardan ilmiy o‘rganish kabi masalalar o‘z yechimini kutayotgan muammolardan bo‘lib qolmoqda. Ismlar tizimini sotsiologik jihatdan o‘rganmasdan turib, antroponimlarning kelib chiqishi, antroponimlar tizimining rivojlanishi, boyitilishi va o‘zgaruvchan xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab bo‘lmaydi. Antroponim so‘zining leksik ma’nosini aniqlashdan avval, antroponomiya atamasiga alohida e’tibor qaratish kerak. Barchaga ayonki, ismlarni o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi onomastika bo‘lib, unda antroponimika odamlarning ismlari, familiyalari va taxalluslarini o‘rganadi. Antroponomika antroponimning nutqdagi vazifasini shaxsning jamiyatga kirishi, o‘zgarishi, yoshi, ijtimoiy yoki oilaviy Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 149 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT holatida kuzatiladigan o‘zgarishi sifatida belgilaydi, boshqa millatlar vakillarining yashash tarzi bilan bog‘liq ismlar o‘zgarishi, farqlanishi, o‘ziga xosligi, ularning kelib chiqishi, jamiyatda qo‘llanilishi, foydalanish qoidalari, tuzilishi va antroponomik tizimlarning rivojlanishi antroponomikaning muhim qismidir. Antroponimlar o‘zida tarixiy, geografik va lingvistik ma’lumotlarni jam qilgan bo‘lib, ular semantik xususiyatlarga ham egadir. Manbalarda nomlash bo‘yicha turlicha fikr va qarashlar mavjuddir. Antropolog Ernest Begmatov shunday deydi: “Nomlash odati bir kishini boshqasidan ajratish zaruratidan kelib chiqadi. Keyingi va rasmiy familiyalar, taxalluslar, otasining ismi, ajdodlar (patronomik) ismlari va shaxsni nomlashning turli shakllari, shuningdek, boshqa shakllari va usullari bunday hayotiy ehtiyojning qonuniy mahsulotlaridir”. Insonning ismi uni boshqa odamlardan farqlash uchun xizmat qiladi va unga butun hayoti davomida ko‘p jihatdan ta’sir qilishi mumkin [1;604]. Antroponimlar va ularning turlari muammosi ham dolzarbdir. Shunday qilib, lug‘at tilning mavjudligi va uning tarkibiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Onomastika bo‘limi ham kichik tizimlarga bo‘lingani kabi, antroponimlar ham o‘z ichida quyidagi tizimlarga bo‘linadi. Bular: 1. Shaxsiy ism (tug‘ilganda qo‘yilgan ism) 2. Familiya (umumiy ism yoki otasining ismi) 3. Otaning ismi 4.Mononimlar 5.Taxallus 6.Taxalluslarning har xil turlari 7.Matronim 8. Kriptonim (taxallus) 9. Adabiy asarlarning antroponimlari (adabiy antroponimiya) 10. Xronimlar (tarixiy voqealar nomlari) 11.Mifonimlar (yunoncha afsona, ism, unvon) 12.Toponimlar (joy nomlari) 13. Makronimlar (katta hududlar, yirik ob’ektlarning ma’lum nomlari) Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 150 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 14. Gidronimlar (suv bilan bog‘liq nomlar) 15. Teonimlar (diniy nomlar) 16. Astronomlar (Koinot nomlari) 17. Fitonimlar (o‘simlik nomlari) 18. Zoonimlar (hayvonlarning nomlari) va boshqalar. Qadim zamonlardan beri olimlarning e’tibori onomastik leksikaga hamda uning faol qatlami hisoblanmish antroponimlarga qaratilgan. Ular faylasuflar, tarixchilar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar tomonidan keng o‘rganib kelinmoqda. Onomastik leksika, ayniqsa, antroponimlar lisoniy tizimning eng keng tarqalgan va eng faol nutqiy qo‘llanishda bo‘lgan uzvlaridir. Darhaqiqat, tegishli ismni (antroponim - ism, laqab, kunya, unvon, niknom...) o‘rganishning dolzarbligi inson zotining o‘ziga bo‘lgan tinimsiz qiziqishi, shuningdek, zamonaviy fandagi antroposentrik yondashuvlarning ustuvor ekanligi ham shuni taqozo qilmoqda. Zero, insonning ismi unga butun umri davomida hamroh bo‘ladi, rasmiy hujjatlarda shaxsini tasdiqlaydi, uning oila va kengroq muloqot doirasidagi muloqotlarida, jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy va insoniy aloqalarida kalit vazifasini bajaradi[3,4]. Laqab shaxsga asl ismidan alohida berilgan ikkinchi ism; faxriy unvon; xalifa va sultonlarning hukmronligini ifodalaydigan unvondir. Tilshunoslar laqabning tilda hukm surishini "nebez" holati bilan izohlaydilar. Nebez - "birovga kamchiligini yashirgan holda ehtiyotkorona murojaat qilish", degan ma’noni anglatadi. Biroq keyinchalik, "sifatlash, ta’riflash" ma’nosi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada antroponimlarning o‘xshashligi, kelib chiqishi va etimologiyasi muhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada antroponimlarning o‘xshashligi, kelib chiqishi va etimologiyasi muhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
antroponimlar, taxallus, ismlar, laqab, qiyosiy tahlil.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники