К содержанию
РецензированоUZ2025

FARZAND TARBIYASIDA TAFAKKUR QUDRATINING AHAMIYATI

Djanabaeva Aziza Alisherovna · Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqola bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi insonlar uchun bolalarni hayotiy tajribalarga oʻrgatish uchun kerak boʻladigan amaliy maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Unda fikr va soʻz qudrati haqida yetarlicha ma’lumot berilib, hayotiy misollar turli tajribalar keltiriladi. Demak, soʻz va fikr yordamida biz nafaqat oʻzimizni, balki farzandlarimizni ham har sohada muvaffaqiyatga, salomatlikka hamda chiroyli tarbiyaga erishtira olamiz. Kalit soʻzlar: Tafakkur, qat’iyat, sabotlilik, soʻz qudrati, aql, taqlid, impuls, oqil, ijobiy ishonch. Fikrlar bola dunyosida eng qudratli kuch hisoblanadi. Ular bola oʻsgani sari kundan- kun uning hayotidagi hamma jabhalarga ta’sir etib boradi. Bolaning ruhiy tarbiyasi, u tanlagan yoʻl, uning shaxsiyatiga oid chizgilar, ulgʻayganda kim boʻlishi – hammasi uning fikrlashiga borib taqaladi. Yaqin-yaqinlargacha tafakkur qudrati toʻgʻrisida fanga hech nima ma’lum emasdi. Baxtimizga hozir unday emas. XXI asr boshida tafakkur qudrati millionlab odamlarning amaliyotiga aylandi. Zamonaviy OAV (ommaviy axborot vosita)larida ommabop jurnallar, hujjatli telefilm yoki ilmiy-ommabop nashr haqida gap boryaptimi- demak, ongni shakllantirish texnikasiga katta e’tibor berilmoqda, deb hisoblash mumkin. Arnol’d Shvartsenegger va Jim Kerri kabi kinoyulduzlar oʻzlarining tafakkur kuchi bilan katta natijalarga erishganliklarini chiroyli qilib bayon etadilar. Hozir hamma sohada natijani yaxshilash uchun doimiy fikr quvvatini oshirish muhim omil ekanini Выпуск журнала №-18 Часть–5_ Январь –2025 56 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT koʻpchilik e’tirof etmoqda. Ammo tafakkur qudratiga shuncha diqqat ajratilganiga qaramasdan jamiyatning eng asosiy qismi hisoblangan ota-onalar bu texnikaga unchalik e’tibor berishmayapti. Tafakkur qudrati faqat kattalarga xos, yoshlar bu usulni oʻzlashtira olmaydi, degan notoʻgʻri fikrlash mavjud. Bolalar nafaqat tafakkur qudratiga tez moslasha oladilar, balki bundan katta naf oladilar ham. Tafakkur kuchini oʻrgatish boʻyicha maslahatlar: Suhbat yoki mashgʻulotlarni iloji boricha yengil va quvnoq oʻyinga oʻxshab tashkil qilishga harakat qiling. Usullarni davomiy takrorlab turish -muvaffaqiyatlarga erishish kaliti. Ammo ba’zi bolalar bu mashgʻulotni oʻyin sifatida emas, ish sifatida qabul qilishsa, sizning urinishlaringiz qattiq qarshilik koʻrsatishi mumkin. Dars uchun qulay vaqt tanlang va mshgʻulotni dam olishga aylantiring. Oʻz nutqingizda toʻgʻri soʻzlash odatiga erishing. Esingizda boʻlsin “Bolajonim toʻgʻri yoʻldan sekin yur!” deyishingiz uni shoshmasdan yurib borishga undaydi, ammo “Yoʻlda yugurmagin!” deyish, aksincha, yugurish uchun turtki boʻladi. Chunki yugurish soʻzi uning miyasida qolgan oxirgi soʻzdir. Bolaga hamma narsa qilishga imkoniyati borligini uqtiring. Har bir keyingi kelgan avlod oʻzidan oldingi ajdodlari yurgan yoʻlni bosib oʻtadi, bu yangi dori yoki eng shirin sabzi navini yaratish mavzusida boʻlsa ham, farqi yoʻq. Bolalarning imkoniyatlari bu dunyoda cheksiz. Tafakkur qudrati usullarini avval oʻzingiz oʻzlashtiring. Bolalarni oʻqitishning eng foyda beradigan yoʻli -oʻzingiz unga namuna, oʻrnak boʻlishingizdir. Quyidagi texnikadan foydalanib siz oʻzingizni farzandingizga namuna boʻla olayotganingizni yoki aksinchaligini aniqlab olishingiz mumkin: 1. Oʻzingizga savol berib koʻring: sizning qaysidir odatlaringiz va ishonchingiz hozirgidan koʻra yaxshiroq ota-ona boʻlib yetishishingizga xalaqit bermayaptimi? 2. Farzandingizda oʻzingiz koʻrishni xohlagan sifatlar roʻyhatini tuzing va har bir boʻlim qarshisiga siz bu jihatdan bolangizga oʻrnak boʻla olasizmi yoki yoʻq, degan ma’noda belgi qoʻyib qoʻying. Hech qanaqa oʻxshashlik yoʻqmi? Esda tuting, bolangiz har doim sizdan oʻrnak olishga tayyor. Выпуск журнала №-18 Часть–5_ Январь –2025 57 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nima uchun ularga eng yaxshi namuna boʻlmasligingiz kerak ekan? Bolangizga oʻz baxtingizni qanday qidirayotganligingizni va hayotingiz mazmunini tasvirlab bering. Ovaqatlanish vaqtida ular bilan oʻzingiz erishgan muvaffaqiyatlar haqida bahslashing, gap sizning ishingiz toʻgʻrisida boryaptimi, sevgan mashgʻulotingiz haqidami yoki doʻstlar bilan munosabat toʻgʻrisidami, buning farqi yoʻq. Bolalar faqatgina bizning oʻz hayotimizdan mamnun ekanimizni va baxtiyorligimizni koʻrishadi, xalos. Ularga bizning ishimiz qiziqarli emas, jamiyatdagi oʻrnimizning ham ahamiyati yoʻq, oladigan maoshimiz ham muhim emas, balki oʻzimizni baxtiyor tutishimiz, muvaffaqiyat va qoniqishlarimizni namoyish etishimiz muhimroq boʻladi. Keltirilgan usullar uzoq vaqt davomida sinovdan oʻtgan, oʻzining foydali jihatlarini koʻrsatishga ulgurgan, koʻp minglab bolalarda tajriba qilib koʻrilgan va, albatta, u sizning farzandingizga ham yordam beradi! Har bir yangi avlod aqliy va ruhiy jihatdan oʻzidan oldin oʻtganlardan koʻra yuksakroq ishonch hamda inkoniyatlarga ega boʻlishi kerak. Biz farzandimizning kelajagini oʻzimizning bugungi harakatimiz bilan ekamiz. Biz qilayotgan har bir ish, agar aqlli ota-onalar sifatida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi insonlar uchun bolalarni hayotiy tajribalarga oʻrgatish uchun kerak boʻladigan amaliy maslahatlarni oʻz ichiga oladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi insonlar uchun bolalarni hayotiy tajribalarga oʻrgatish uchun kerak boʻladigan amaliy maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
impuls, taqlid, ijobiy ishonch., aql, sabotlilik, Tafakkur, soʻz qudrati, oqil, qat’iyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники