К содержанию
РецензированоUZ2025

QONDAGI GEMOGLOBIN DARAJASINI PASAYTIRADIGAN SOG'LIQDAGI MUAMMOLAR

SOG'LIQDAGI MUAMMOLAR · G'ulom Rahimov · Dilfuza Xolboyeva

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Odamda kamqonlik o’tkir qon yo’qotishi, qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishining buzilishi, aplastik, temir tanqisligi, megaloblast, sideroblast turi, surunkali kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish kabi xususiyatlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Anemiya, temir tanqisligi, ta’lim sifati, o‘quvchilar salomatligi, psixologik ta’sir, profilaktika. Kirish. Zamonaviy jamiyatda ta’lim sifati va o‘quvchilar salomatligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki muhim omildir. Yosh avlod orasida keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri — anemiya (qon yetishmovchiligi) — nafaqat jismoniy, balki psixologik va pedagogik muammolarni ham yuzaga keltiradi. Anemiya keng tarqalgan qon kasalligi bo’lib, organizmda to’qimalarga etarli kislorod etkazib berish uchun etarli darajada sog’lom qizil qon tanachalari yoki gemoglobin etishmaydi. Anemiyani tushunish uning sabablari, belgilari, tashxisi, davolash usullari, xavf omillari va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarni o’rganishni o’z ichiga oladi. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 289 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Anemiya qizil qon tanachalari etarli bo’lmaganda yoki qizil qon tanachalarida gemoglobin etarli bo’lmaganda paydo bo’ladi. Gemoglobin kislorodni o’pkadan tananing qolgan qismiga o’tkazish va karbonat angidridni nafas olish uchun o’pkaga qaytarish uchun zarurdir. Etarlicha gemoglobin bo’lmasa, tanangizning a’zolari va to’qimalari kerakli kislorodni olmaydilar, bu turli xil sog’liq muammolariga olib kelishi mumkin.Ushbu maqolada anemiyaning kelib chiqish sabablari, turlari, salbiy oqibatlari va oldini olish choralari pedagogik hamda psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Anemiya: tushuncha va turlari. Anemiya-bu qonda gemoglobin miqdorining normadan past bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi holat bo‘lib, kislorodning to‘qimalarga yetkazilishida uzilishlarga sabab bo‘ladi. Anemiya tasnifi. Barcha anemiyalar turli yo'llar bilan namoyon bo'ladi. Patologik holatni keltirib chiqargan sababni va uning alomatlarini hisobga olgan holda, uning to'rtta asosiy turi mavjud: posgemorragik anemiya (surunkali / o'tkir qon yo'qotish tufayli); gemolitik anemiya (qizil qon tanachalarining yo'q qilinishi tufayli rivojlanadi). Ushbu guruhga irsiy gemolitik anemiya kiradi: glyukoza-6 fosfat degidrogenaza etishmasligi bilan talassemiya o'roqsimon hujayra; Minkovskiy-Shoffar; kamqonlik (mikroelementlar/vitaminlar/temir tanqisligi, ya'ni gematopoez jarayonida muhim rol o'ynaydigan har qanday elementlar tufayli yuzaga keladi); gipoplastik anemiya (bu suyak iligida qon hosil bo'lishining buzilishi, eng xavfli shakl). Qonning rang ko'rsatkichiga ko'ra anemiya quyidagilarga bo'linadi: normoxromik (gemoglobin normal). Ushbu guruhga gemolitik va posthemorragik anemiya kiradi; Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 290 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT giperxromik (gemoglobin ko'tariladi). Bunga foliy etishmovchiligi va B12 etishmovchiligi anemiyasi kiradi; gipoxromik (gemoglobin kamayadi). Bu talassemiya, temir tanqisligi va surunkali posthemorragik anemiyani anglatadi. Anemiya sabablari: ko’p qon yo'qotish; yangi qon hujayralarining shakllanishi jarayonining buzilishi; qonni yo'q qilinishining patologik jarayonlarini faollashtirish. Anemiya belgilari teri/shilliq pardalarning oqarishi; migren; charchoqning kuchayishi; quloqlarda shovqin; ovqatlanmay qo'yish; doimiy uyquchanlik; havo etishmasligi hissi; bosh aylanishi; tezlashgan yurak urishi; libidoning pasayishi, erkaklarda jinsiy kuchsizlik; hayz siklning buzilishi; yurak etishmovchiligi. Asosiy turlari quyidagilardan iborat: -Temir tanqisligi anemiyasi – eng keng tarqalgan tur bo‘lib, organizmda temir moddasining yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, organizmda gemoglobinning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan temir yetishmasligi. Buning sabablari yetarlicha bo‘lishi mumkin, ammo ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: temir yo ovqat bilan yetarli miqdorda ta'minlanmaydi yoki tanadan ortiqcha chiqariladi. Shifokorlar ushbu sabablarning qaysi biri ko‘proq tarqalgani to‘g‘risida bahslashishadi, ammo ikkisi ham juda muhimdir. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 291 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ko‘p miqdorda temir go‘shtda, jigarda, ozgina kam miqdorda barra sabzavotlarda, quritilgan mevalarda, dukkakli ekinlarda va hatto butun donli nonda uchraydi. Do‘konlarda uchraydigan ba'zi mahsulotlar temir bilan alohida boyitilgan bo‘ladi. Ammo insonning temirni oziq-ovqatdan singdirish qobiliyati juda cheklangan: kuniga bir necha milligrammdan oshmaydi. Aynan shuning uchun yo‘qotilgan temir o‘rnini dori vositalari yoki oziq-ovqat bilan to‘ldirish tez bajariladigan ish emas. Ta'sir sezilishi uchun haftalar va oylar kutish kerak. Demakki, temirni o‘zlashtirish shunchalik qiyin ish ekan, tanamiz unga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashishig

Доказательный фрагмент

«Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchilar salomatligi, ta’lim sifati, Anemiya, psixologik ta’sir, temir tanqisligi, profilaktika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники