К содержанию
РецензированоRU2026

KICHIK VA O`RTA BIZNESDA BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARINING MOSLASHUVCHANLIGI: RAQAMLI O’ZGARISHLAR SHAROITDA AMALIY TAHLIL

SHAROITDA AMALIY TAHLIL · Ishmamatova Sevinch Raximjon qizi · Kurbonaliyev Abduhamid Shuxrat o‘g‘li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

В данном исследовании анализируется адаптация информационных систем субъектов малого и среднего бизнеса в условиях ускоренного развития цифровой экономики. На сегодняшний день современные технологии и технические средства играют важную роль в успешной деятельности владельцев малого и среднего бизнеса. В исследовании рассматривается уровень адаптивности и преимущества автоматизированных информационных систем, используемых в бухгалтерском учёте. Также анализируются удобства, недостатки и практическая польза применения данных систем в реальной деятельности. 144 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ключевые слова: бухгалтерская информационная система, малый и средний бизнес (МСБ), цифровая трансформация, автоматизация, адаптивность. Bugungi kunda tezkor, aniq va samarali moliyaviy boshqaruv kichik va o‘rta biznes subyektlarida muhim omil hisoblanadi. Ko‘plab kichik va o‘rta korxonalar qo‘lda yuritiladigan yoki oddiy hisob-kitob usulidagi buxgalteriyadan ko‘ra ancha mukammal va nisbatan nuqsonsiz hisoblaydigan avtomatlashtirilgan tizimga o‘tishni afzal bilishmoqda. Bundan kelib chiqadiki, buxgalteriya axborot tizimlari hisob yuritish bilangina cheklanib qolmay, muhim strategik qarorlar qabul qilishda ham muhim rol o‘ynaydigan omil hisoblanadi. Biroq, raqamli transformatsiyaga o‘tish jarayonida ham moliyaviy cheklovlar, xodimlar malakasida kamchiliklar , murakkab interfeys tuzilmalari kabi muommolar vujudga kelmoqda. Tadqiqot maqsadi: Tadqiqotning asosiy maqsadi — kichik va o‘rta biznes- korxonalarning buxgalteriya axborot tizimlaridan foydalanish jarayonidagi afzalliklari va foydali jihatlari, moslashuvchanlik darajasini tahlil qilish hamda ularning amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashni joriy etish kabi masalalarni ko‘rib chiqishdir. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlaridan intervyu va so‘rovnomalar o‘tkazildi va qanday dasturlardan foydalanayotganligi,ularga to‘sqinlik qilayotgan, qoniqtirmayotgan muommolar tahlili Excel va SPSS dasturlari orqali o‘rganilganda natijalar shuni ko‘rsatdiki,ko‘pchilik kichik korxonalar oddiy va bepul bo‘lgan dastur – Exceldan hozir ham foydalanishmoqda. Biroq, 1C, SAP Business One va MyBooks kabi eng ommabop avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanuvchi korxonalarda ish samaradorligi o‘sganini va ancha qulaylik yaratilganligi aniqlandi. Ya’ni, so‘rovnomada qatnashgan korxonalarning 70 foizi elektron hisob-kitob tizimlaridan foydalansa-da, faqat 30 foizida integratsiyalashgan ERP tizimlari mavjud. Shunday bo‘lsa-da, dasturlar narxi nisbatan qimmatligi va ko‘p hollarda ulardan foydalanish ko‘nikmalari yetishmasligi bois muommolar ham vujudga kelmoqda. So‘rovnomadagi tahlillarga ko‘ra eng jiddiy muommolar sifatida respondentlar yuqori narxlar (65%), malakali IT xodimlar yetishmovchiligi (48%) va texnologiyalarning tez eskirishi (34%)ni ko‘rsatmoqda. 145 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 1-rasm. Kichik va o‘rta biznesda buxgalteriya axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha asosiy statistik ko‘rsatkichlar Munozara Metodologik tahlilga ko‘ra kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun raqamli transformatsiya jarayoni oson kechmayapti. Ko‘plab KOBlar ushbu jarayonda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu yo‘lda davlat startap loyihalar uchun grantlar va imtiyozlar subsidiyalar ajratishi, texnik ko‘mak markazini tashkil etishi joiz. Shuningdek, korxonaga zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan va ularni real hayotda qo‘llay oladigan kadrlar zaxirasini shakllantirish zarur. Bu esa kollej, litsey va universitet dargohlarida zamonaviy o‘quv dasturlari asosida yoshlarni o‘qitish, o‘z sohasiga oid eng so‘nggi texnik bilimlarni o‘rgatish kabi zaruriy choralarni talab qiladi. Xulosa Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, moslashuvchan buxgalteriya tizimlari kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun raqamli transformatsiya sharoitida samarali ish faoliyatini ta’minlashga yordam beradi. Shuningdek, BAT (buxgalteriya axborot tizimlari) foydalanuvchilari dasturni qulay narxda sotib olishi,tizim tushunarli interfeysda bo‘lishi, tizimdagi kamchiliklar to‘g‘rilanishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Davlat statistika qo‘mitasi (2024). Kichik biznes subyektlari faoliyati to‘g‘risida hisobot. 2. Rakhmatova, G. (2023). Kichik biznes va raqamli hisobot tizimlarining uyg‘unligi. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 3. Lee, M., & Kim, H. (2022). Flexibility of Accounting Systems in SME Environments. International Journal of Digital Business, 17(3), 210–225. 4. Tursunov, A. (2021). Raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston kichik biznesi uchun IT yechimlar. Buxgalteriya va audit, 2(1), 44–50. 146 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online

Доказательный фрагмент

«В данном исследовании анализируется адаптация информационных систем субъектов малого и среднего бизнеса в условиях ускоренного развития цифровой экономики.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном исследовании анализируется адаптация информационных систем субъектов малого и среднего бизнеса в условиях ускоренного развития цифровой экономики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
accounting information system, small and medium-sized, moslashuvchanlik, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, kichik va o‘rta biznes (KOB), buxgalteriya axborot tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники