Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Orzikulova Nafisa Axtamovna · Rajabova Bahora Ismatulkayevna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga berish jarayonida sodir bòladigan psixologik òzgarishlar haqida ma'lumotlar yoritilgan. Kalit sòzlar: Kichik maktab yoshi, bolalar psixologiyasi, intellekt, Krizis, ta'lim, psixik rivojlanish, bola psixikasi, xarakter xususiyatlari, psixik tasir, tarbiya, odob-axloq, òsish. Odatda psixologik adabiyotlarda keltirilishicha kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10- 11 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat'iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta'limi tizimida yuz beradigan ayrim o'zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, bola maktab ta'limiga bog'chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko'ra boradi, buning uchun u, dastavval ta'lim tarbiya tomonidan o'quvchi shaxsi oldiga qo'yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologic jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kichik maktab yoshi bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi. -Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shartsharoitlari, -Maktabga moslashish, -Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat, -Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik, Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog'liq. Bolaning maktabda o'qishga tayyorligi quyidagilarni o'z ichiga oladi. I Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zining maxsus o'rni bolishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish ya'ni o'quvchi bo'lish. II Intellektual tayyorgarlik. Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi. Idrok va ko'rgazmali-obrazl tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi. Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi; ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti- harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi.Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxs bo‘lib shakllanishidagi o‘rni nixoyatda katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an‘analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashk kildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, 20 bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yanga munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga buysunish ham yuklatilganligini xis eta boshlaydi. Oila a‘zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotgailigi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavkei o‘zgarganligini tula xis. Etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi, Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taksimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanishga urgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslaxatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Kichik maktab yoshdagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar ta‘sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib ular jismoniy, ijtimoiy va psixik, faollikdir. Jismoniy faollik-sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishda tabbiy ehtiyojdir. Psixik faollik-bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni òrganishidir.Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bеrgan baholariga qarab, o'zlariga o'zlari baho bеradilar. Shuningdеk, o'quvchining o'ziga-o'zi bеradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog'liq bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'z-o'ziga bеradigan baholari turlicha - yuqori, adеkvat - mos yoki past bo'lishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo'lgan ishonuvchanl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, òsish., bola psixikasi, psixik rivojlanish, Kichik maktab yoshi, xarakter xususiyatlari, ta'lim, bolalar psixologiyasi, Krizis, psixik tasir, intellekt, odob-axloq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026