Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA‘LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI · Nosirova Dilrabo Qosimxon qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Mehnat tarbiyasini tarkib toptirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi.. Kalit so‘zlar: tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik yondashuv, mehnat, mehnat tarbiyasi, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar. Odamzod dunyoga keladiki, u bevosita mehnat qiladi va harakatda boʻladi. Uning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog’liqdir. Shu sababli mehnat umuminsoniy, milliy, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Bugungi jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o’rni beqiyosdir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimida xam mehnat tarbiyasi, mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehanatga bo’lgan ehtiyojini shakllantirishdir. Mehnat tarbiyasida maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: -yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; -tarbiayalanuvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; -ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; -tarbiayalanuvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; -ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; -tarbiayalanuvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; -tarbiayalanuvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishini oshirish; 56 -tarbiayalanuvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaxassissliklar bilan tanishtirish. Tarbiayalanuvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo’lib, ular quyidagilardir: 1. Maishiy mehnat; 2. O’quv mehnati; 3. O’quv ishlab chiqarish mehnati; 4. Texnik mehnat; 5. Ijtimoiy-unumli mehnat; 6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar. Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo’llaniladi. Bola muayyan yoshga to’lgach, kattalarga yordamlashadi, o’z imkoniyatlarini anglab yetadi va o’quv (ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari: 1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi; 2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi; 3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi; 4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi; 5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib boorish. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat tarbiyalanuvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi, ularning mehnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo’lishi, o’z vaqtida kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahillari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Mehnat tarbiyasining bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Xalq pedagogikasiga murojaat etadigan boʻlsak, buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi to’g’risida to’xtalib, qimmatli fikrlarni bildirib o’tishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy: “Oltin topmaginu o’rgan-gin hunar, hunarning oldida xasdir oltin-zar”, - degan fikr bildirsalar, ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy: “Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil”, - deydilar. Fransuz adibi Anatol Frank: “Eng yaxshi axloqiy va estetik dori – mehnat”, - degan fikrni ilgari suradi. Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Farobiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat tarbiyasi, tarbiyalanuvchi, metodik yondashuv, innovatsion texnologiyalar., tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, kasbiy rivojlanish, mehnat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026