Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
MAKTABDA ONA TILI DARSLARIDA MA’NODOSH SO‘ZLARNI O‘QITISHDA METODOLOGIK YANGILIKLAR
METODOLOGIK YANGILIKLAR · Qanoatova Nazokat Sotivoldi qizi · Hasanova Kamola Abdulatif qizi (“University of economics and pedagogy “NOTM)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях, которые использовал в своей педагогической практике, связанных с произношением и написанием синонимичных слов. Синонимы отличаются друг от друга дополнительными оттенками значений, эмоциональной окраской и особенностями употребления. Ключевые слова: синонимы, грамматика, стилистика, выразительность речи, термин, предмет, дидактический материал. Annotation (in English): In this article, I intend to describe the pedagogical technologies I have used in my teaching practice related to the pronunciation and spelling of synonymous words. Synonyms differ from each other in terms of additional semantic nuances, emotional coloring, and usage features. Keywords: synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term, subject, didactic material. Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda katta bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. yirik kam ishlatiladi. gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo‘llanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so‘zlar bilan ishlash juda muhim. kishi lug‘atida sinonimlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. o‘zbek tili - sinonimlarga boy til. ,,o‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining 13 ta sinonimi berilgan. Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2 -3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2 - 3 sinonimini topib aytishga o‘rgatiladi. 22 Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi: 1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. Bunda bir so‘z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so‘zlar ichiga bir-ikkita boshqa so‘z kiritib beriladi. o‘quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so‘zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt. 2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. o‘qituvchi otni o‘tganda osmon, sifatni o‘tganda mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi. o‘quvchilar bu so‘zlarga sinonim tanlaydilar: osmon - ko‘k, samo, falak; mazali - lazzotli, laziz, totli; ko‘nikmoq - o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq. 3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. o‘quvchilar sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning qo‘llanilishidagi farqni tushuntiradilar. 4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun sinonim so‘zlar qatori qavs ichida beriladi, o‘quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko‘chiradi: Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar. 5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. o‘qituvchi shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi. Masalan, chiroyli. o‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so‘zlar qatori bilan so‘z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go‘zal manzara, sohibjamol malika va hokazo. So‘zlarning ma’nosini tushuntirish o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini o‘stiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o‘quvchilar predmet keng ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak. Buning uchun o‘qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o‘rnida tushuntirishni belgilab oladi. O‘qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so‘zlar matnni o‘qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o‘qish jarayonida so‘z ma’nosini tushuntirishga chek qo‘yish kerak. agar biror so‘zni matnni o‘qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug‘ilsa, matn mazmunidan o
Доказательный фрагмент
«В данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях, которые использовал в своей педагогической практике, связанных с произношением и написанием синонимичных слов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях, которые использовал в своей педагогической практике, связанных с произношением и написанием синонимичных слов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term, subject, til ifodaliligi, atama, grammatika, didaktik material., predmet, uslubiyat, ma’nodosh so‘zlar
Смежные источники
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchPAGE NO. -, Harobotiy's Enlightened Words +22025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021