Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
USTOZLAR UMR YO’LI – HAYOT MAKTABI
Suyarova Fotima Sobirovna
Академические исследования в современной науке · 1928
Аннотация
Bilamizki, huquqshunos olimlar ijtimoiy fanlar sohasida muhim rol o’ynaydilar. Ularning ilmiy ishlari jamiyatda adolatni ta’minlash, qonunlarni takomillashtirish va inson huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolamda MDH davlari ichida huquqshunoslik maktabining yorqin namoyondalaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Gʻafur Abdumajidovning hayot yo’li, ta’limi, ilmiy faoliyati va jamiyatga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritiladi. Oʻzbekistonda professional yurisprudensiya, huquq ilmi, nazariyasi, amaliyoti shakllanib va takomil topishida munosib hissasini qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Gʻafur Abdumajidov yuridik fanlarning jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat- prosessual huquqi va kriminalistika kabi muhim sohalari boʻyicha yirik olim va mutaxassis 14 yoshidan amaliyotda yuristlik vazifasini oʻtab, 70 yil davomida inson huquqlari, fuqaroni zulm va istibdoddan ozod qilish yoʻlida ancha-muncha savobli ishlar qildi. U kishini nafaqat bir soha, balki bir necha sohalarni bilimdoni boʻlgani uchun ham “ensiklopedik olim”, deb atashgan. Prosessualist va kriminalist olim sifatida oʻz ilmiy asarlari, oʻzi tarbiyalagan shogirdlari bilan nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH davlatlarida ham ma'lum va mashhur. Fafur Abdumajidov 1928-yil 28-iyunda Samarqandda tavallud topdi. 1944- 1945-yillarda tuman sudida kotib, sud ijrochisi boʻlgan. Toshkent yuridik institutini 1948-yili tamomlab, 1951-yilgacha rayon prokuraturasida prokuror yordamchisi, tergovchi boʻlib, 1951 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori huzurida eng muhim ishlar boʻyicha tergovchi boʻlib xizmat qilgan. 1957-1960-yillarda Sankt-Peterburg universitetining Aspiranturasida tahsil olib, yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertasiyasini muvaffaqiyatli yoqladi hamda Oʻzbekistonda birinchi kriminalist boʻlib tanildi. 1961-1965 yillarda Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, “Jinoyat huquqi va prosessi” sektorining mudiri, 1966-1973 yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining “Yuridik boʻlimi”ni boshqarib, Mehnat, Oila-nikoh, Er, Suv toʻgʻrisida kodekslari, sogʻliqni saqlash, madaniy 36 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yodgorliklarni muhofazalash kabi koʻplab qonun loyihalarini tayyorlashga boshchilik qilgan. «Jinoyatlarni tergov qilish nazariyasi, qonuniy tartibi va amaliyotiga oid muammolar» mavzuida doktorlik dissertasiyasini tugatib, 1983 yilda SSSR FA Davlat va huquq institutida muvaffaqiyatli yoqlab, yuridik fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1985 yil professor ilmiy unvoniga sazovor boʻldi. 1973-1974 yillarda F.Abdumajidov Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq institutida ilmiy tadqiqotlarini olib bordi. 1974-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy maktabining “Kriminalistika” kafedrasiga 18 yil rahbarlik qildi, oʻquv dargohi Akademiyaga aylantirilganidan soʻng 1991-1995 yillar IIV Akademiyasi boshligʻining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida samarali mehnat qildi. “Paxta ishi”, “Oʻzbeklar ishi” nomi bilan “mashhur” Gdlyan-Ivanovlar guruhi 80-yillar oʻrtalarida butun Oʻzbekiston xalqini besaranjon qilgani, Oʻzbekiston hayotida “uchinchi qatagʻon” deb atalgan bu mudhish voqealar hali hanuz oʻzbek xalqining yodidan koʻtarilgani yoʻq. Hattoki, nomlarini eslashni oʻzi oʻzbek millati uchun nooʻrin boʻlgan SSSR Oliy sudining soxta ayblovlari yuzasidan Gʻ.Abdumajidov Moskvadagi mashhur huquqshunos olimlarga yozma murojaat qiladi va unga javoban akademik V.N.Kudryasev, taniqli professorlar S.V.Borodin, I.M.Galperin, N.V.Radutnaya, I.I.Karpes, Yu.P.Kasatkinlar SSSR Oliy sudining qarori notoʻgʻri ekanligi haqida asoslangan fikr bildiradilar. Bu fikrlar keyinchalik Oliy sudning byulletenida e'lon qilindi. Huquqshunos olim 2013- yilda vafot etdi. F.Abdumajidov yuridik ta'limga oid 600 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi. “Jinoyatlarni tergov qilishga oid qonunlarning rivojlanishi”, “Dastlabki tergovni takomillashtirish muam¬molari”, “Kriminologik lavhalar”, “Tuhmatomuz yumaloq xat mual¬liflarini fosh etish taktikasi2, “Oʻzbekiston davlat va huquq tarixi”, “Oʻzbekistonda sud hokimiyati: islohotlar davri”, “Jinoyat huquqi”, “Jinoyat prosessi”, “Kriminalistika” “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksiga sharhlar”, “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar” kabilar shular jumlasidandir. Uning ilmiy ishlari MDH mamlakatlari nashriyotlarida (Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Samara, Irkutsk, Olma-Ota va boshqalar) ham nashr qilingan. F.Abdumajidovning xizmatlari yuqori baholanib, 1971 yil “Hurmat belgisi” ordeni, etti nafar medallar bilan mukofotlangan. Yuridik fan sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun 1987 yilda 37 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. F
Доказательный фрагмент
«Bilamizki, huquqshunos olimlar ijtimoiy fanlar sohasida muhim rol o’ynaydilar.»
Образец извлечения
Демо-превьюBilamizki, huquqshunos olimlar ijtimoiy fanlar sohasida muhim rol o’ynaydilar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oʻzbekiston respublikasi, fan arbobi, yuridik fanlari, fanlari doktori, jinoyat huquqi, huquq institutida, ilmiy ishlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025