К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI

O’QITISH METODIKASI · o’qituvchisi Xamidov Nodirbek (Andijon Davlat Chet tillari instituti)

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Mazkur maqola O’zbekiston ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodlarini, samarali uslublarini va yondashuvlarini ko’rib chiqadi.Shuningdek, kommunikativ metodlar, o’yin texnologiyalari va vizual vositalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni o’rgatish samaradorligi masalalari yoritiladi. Kalit so’zlar: Nazariy va amaliy metodlar, qulay atmosfera, vizual materiallar, kognitiv rivojlanish, drammatsiyalashtirilgan teatrlar,innovatsion texnologiyalar, multimedia materiallari, interaktiv doskalar, individual xususiyatlar. Аннотатция: В данной статье рассматриваются методы, эффективные методы, преподавания английского языка в дошкольных учреждениях системы образования Узбекистана.Также будет освещена эффективность обучения языку детей дошкольного возраста с помощью коммуникативных методов, игровых технологий и визуальных средств. Ключевые слова:Теоретические и практические методы, комфортная атмосфера, наглядные материалы, познавательное развитие, драматические театры, инновационные технологии, мультимедийные материалы, интерактивные доски, индивидуальные особенности. Annotation: This article examines the methods, effective methods and approaches of teaching English in preschool educational institutions of the educational system of Uzbekistan.Also, the effectiveness of language teaching to www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 98 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi preschool children through communicative methods, game technologies and visual tools will be highlighted. Key words:Theoretical and practical methods, comfortable atmosphere, visual materials, cognitive development, dramatized theaters, innovative technologies, multimedia materials, interactive boards, individual characteristics. Globallashuv jarayonida, chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ingliz tili xalqaro muloqot, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fanning asosi, muhim vositasiga aylangan. Bu tilni bilish hozirda dolzarb masalalardan biriga aylanib, atrofimizdagi yoshlardan tortib kattalargacha ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qizishlarini ko’rishimiz mumkin.Ingliz tilining o’rni nafaqat bizning davlatda, balki xorijning boshqa hududlarida ham muhim rolni egallab turibdi. Eng keng tarqalgan xalqaro muloqot tili sifatida ingliz tilining mavqei tobora o’sib bormoqda.Yurtimizda ingliz tilini o’qitishga e’tibor kuchaygan va deyarli har bir ta’lim bosqichlarida, muassasalarida ingliz tili fan sifatida o’qitiladi. Maktabgacha ta’lim ham bundan mustasno emas. Aynan, bu tilni kichik yoshdan o’rgatishga e’tibor qaratilgan va maktabgacha ta’limda ham ingliz tili o’rgatiladi. Maktabgacha davr-bolalarni kashf qilish davri bo’lib ularni faol, ijodkor va kelajakda bilimli, qaysi sohada iqtidori, qiziqishlari mavjudligini bilish mumkin bo’lgan bosqich. Bolalarga kichik yoshdan tilga bo’lgan qiziqishlarini, mehrini va e’tiborini orttirish, kelajakda ham ularning tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini o’sib borishiga yordamlashadi. Tillarni kichik yoshdan o’rganishni boshlagan bolalar, keyinchalik ham boshqa tillarni o’rganishda qiyinchiliklarga kamroq duch keladilar.Eng ahamiyatlisi, kichik yoshdan til o’rganishni boshlagan bolalarga tilni oson o’zlashtirish, ularning muloqot qobiliyatini oshirish va kognitiv rivojlanishni ham oshiradi. Kichik yoshli bolalalarda eslab qolish qobiliyati kuchli bo’lganligi sababli ular tilni yaxshi o’rganisha oladi ammo yoshlarini e’tiborga olsak bu davrda bola tilni tushunib emas, balki mexanik tarzda o’rganganlari yaxshiroq bo’ladi. Bolalar bilan ingliz tilida muloqot qilish, ular bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, o’quv materiallarini vizual va o’yinga asoslangan tarzda taqdim etish, samarali www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 99 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi natijalarga erishishning asosiy usullaridir.[3:45] Ular uchun dars o’tishda nazariy metodlardan ko’ra amaliy metodlardan foydalangan samaraliroq.Amaliy uslublar orqali bolalar nafaqat tilni o’rganadilar, balki unga qiziqishadi, o’qituvchini tinglashadi, darsni maroqli tarzda o’tkazishadi. Bunday metodlar orqali ularga qulay atmosfera yaratiladi va ta’lim olish foydaliroq bo’ladi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun samarali deb hisoblangan metodlar ko’rib chiqiladi: O’yinlar bilan darslar: O’yinlar- kichik yoshdagi bolalarga , nafaqat tilni balki har qanday turdagi darslarni o’rgatishda eng foydali va keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi.O’yin metodikasi til o’rgatishning samarali vositalaridan biri sifatida ko’rsatiladi. O’yin orqali bolalar o’zlari uchun qiziqarli va qiyin bo’lmagan usullarda tilni o’rganadilar.[2;78] O’yinlar yordamida bolalarda e’tibor, xotira, tafakkur va nutq jarayonlari kuchayadi.Tilni o’rganish jarayoni tabiiy, jonli va qiziqarli kechadi.O’yinlar yordamida deyarli barcha bolalar darsga faol qatnashadilar va mustahkam bilimga ega bo’ladilar.Bolalar uchun o’yin- bu faqat ko’ngilochar faoliyat emas, balki bilim olis

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola O’zbekiston ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodlarini, samarali uslublarini va yondashuvlarini ko’rib chiqadi.Shuningdek, kommunikativ metodlar, o’yin texnolo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola O’zbekiston ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodlarini, samarali uslublarini va yondashuvlarini ko’rib chiqadi.Shuningdek, kommunikativ metodlar, o’yin texnolo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Theoretical and practical methods, comfortable atmosphere, interaktiv doskalar, multimedia materiallari, qulay atmosfera, drammatsiyalashtirilgan teatrlar, innovatsion texnologiyalar, vizual materiallar, individual xususiyatlar., Nazariy va amaliy metodlar, kognitiv rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники