Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AXLOQIY FAZILATLARINI IJODIY FAOLIYAT ORQALI SHAKLLANTIRISH
Ibragimova Dilbar Xamroqulovna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
В данной Стате освещается значение творческой деятельности в формировании нравственных качеств у учащихся начальных классов. Обосновано, что через такие виды творчества, как рисование, сочинение сказок, сценки, у детей можно развивать честность, дружбу, чувство долга и патриотизм. Также проанализирована роль www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 210 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi педагогического подхода и воспитательных методов учителя. Ключевые слова: нравственные качества, творческая деятельность, начальная школа, воспитание, честность, долг, дружба Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda ularning yoshiga mos, qiziqarli va samarali metodlar orqali ijobiy xulq-atvorni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, ijodiy faoliyat — bolalarning nafaqat estetik didini shakllantirish, balki ularni mehr-shafqatli, vatanparvar, halol va mehnatsevar insonlar etib tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Har bir ishning boshida tarbiya turadi. Bu borada maktabning, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichining o‘rni beqiyosdir. Bolalikda berilgan tarbiya, shakllantirilgan fazilatlar kelajakda barkamol avlodni voyaga yetkazishda poydevor bo‘ladi.”1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy asoslarin. Bular: - Axloqiy fazilatlar tushunchasi va ularning tarbiyadagi o‘rni Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — shaxs rivojlanishining eng muhim bosqichida turadi. Bu davrda axloqiy fazilatlar: halollik, mehr-shafqat, hurmat, vatanparvarlik, adolat, sabr-toqat kabi qadriyatlar asosida bola shaxsini shakllantirish zarur. Shu bois, axloqiy tarbiya — faqat ma’naviy bilim berish emas, balki ongli, faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni voyaga yetkazish vositasidir. - Ijodiy faoliyat va uning tarbiyaviy imkoniyatlari Ijodiy faoliyat – bu bolalarning erkin fikrlashi, o‘z fikrini ifoda etishi, tasavvurini boyitish imkonini beruvchi jarayondir. Rasm chizish, hikoya tuzish, rolli o‘yinlar, qo‘g‘irchoq teatrlari va dramatik mashg‘ulotlar orqali 1 Sh. Mirziyoyev, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, 2022-yil 26-avgustdagi nutqidan, rasmiy nutq. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 211 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi o‘quvchilarning ijobiy fazilatlarini singdirish osonlashadi. Bu usullar ularning qalbiga bevosita ta’sir qiladi. Shuningdek,Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarini shakllantirishda mavjud muammolar: - Axloqiy tarbiya va ijodiy faoliyatga yetarli e’tibor berilmayapti – ko‘plab maktablarda dastur asosan akademik bilimlarga yo‘naltirilgan. - O‘qituvchilarning metodik bilim yetishmasligi – aksariyat pedagoglar ijodiy faoliyatni faqat darsdan tashqari mashg‘ulot deb hisoblaydi. - Ota-onalar bilan hamkorlik yetarli emas – axloqiy tarbiyada oilaviy muhit bilan uzviy aloqa yo‘q. - O‘quvchilarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik va virtual axloqiy inqiroz – bu esa real qadriyatlarga befarqlikni keltirib chiqaradi. Yuqoridagi Muammolarning yechimlari: Ijodiy faoliyatni dars jarayoniga integratsiya qilish – masalan, ona tili yoki hayot xavfsizligi darslarida rolli o‘yinlar va hikoya tuzish orqali axloqiy tushunchalarni singdirish. - O‘qituvchilarga malaka oshirish kurslarida ijodiy metodlarni o‘rgatish. - Ijodiy klublar, dramalar, maktab ichki teatrlari tashkil qilish orqali bolalarda ijobiy his-tuyg‘ularni rivojlantirish. - Ota-onalar bilan seminar-treninglar o‘tkazish va ularni bolalarning axloqiy rivojiga faol jalb qilish. Qo’shimcha qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining axloqiy fazilatlarini ijodiy faoliyat orqali shakllantirishda xorijiy tajribalarini misol keltiradigan bo’lsak: Finlandiya tajribasi: Finlandiyada boshlang‘ich ta’limda “axloqiy dilemmalar” orqali bolalarga turli vaziyatlarda qanday qaror qabul qilishni o‘rgatishadi. Bu esa mustaqil fikrlash va ijobiy qadriyatlarni tanlashga o‘rgatadi. Yaponiya tajribasi: Yapon maktablarida har kuni alohida “axloqiy tarbiya darsi” bo‘lib o‘tadi. Unda hikoyalar, hayotiy vaziyatlar tahlili, ijtimoiy rollar www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 212 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi orqali fazilatlar singdiriladi. Angliya maktablari: O‘quvchilar haftalik “Value of the Week” (Haftaning qadriyati) mavzusi asosida rasm chizish, esse yozish, sahnalashtirish orqali biror axloqiy tushunchani amalda o‘rganadilar. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy fazilatlarini shakllantirish – bu jamiyatimizning barkamol, ma’naviy yetuk, ijtimoiy faol avlodini tarbiyalashning poydevoridir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, ijodiy faoliyat bu jarayonda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ijodiy yondashuv bolalarda nafaqat tafakkur va tasavvurni, balki ijobiy xislatlarni – mehr-shafqat, halollik, do‘stlik, sabr-toqat, vatanparvarlik kabi axloqiy qadriy
Доказательный фрагмент
«В данной Стате освещается значение творческой деятельности в формировании нравственных качеств у учащихся начальных классов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной Стате освещается значение творческой деятельности в формировании нравственных качеств у учащихся начальных классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moral values, creative activity, primary school, education, tarbiya, burch, axloqiy fazilatlar, halollik, boshlang‘ich sinf, ijodiy faoliyat, do‘stlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025