К содержанию
РецензированоUZ2025

ERKAKLAR VA AYOLLAR KIYIMLARINI TIKISHDA TEXNOLOGIK JARAYONLAR

TEXNOLOGIK JARAYONLAR · XOSHIMOVA ZULFIYA KAMILOVNA

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada erkaklar va ayollar kiyimlarini tikish jarayonidagi texnologik bosqichlar batafsil yoritilgan. Kiyim tikishning asosiy bosqichlari – model tanlash, material tayyorlash, andazalash, kesish, tikish va yakuniy ishlov berish – erkaklar va ayollar kiyimlari misolida tahlil qilingan. Erkaklar kiyimida soddalik va funksionallikka urg‘u berilgan bo‘lsa, ayollar kiyimida nafislik va estetik ko‘rinish asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu yo‘nalishlardagi texnologik farqlar jadval ko‘rinishida taqqoslab ko‘rsatilgan hamda chevarlar uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: chevarchilik, kiyim tikish texnologiyasi, erkaklar kiyimi, ayollar kiyimi, andazalash, kesish, dekorativ bezaklar, moda, konstruksiya, tikuv mashinasi. Kiyim inson ehtiyojining asosiy turlaridan biri hisoblanib, u nafaqat himoya vositasi, balki estetik, ijtimoiy va madaniy ifoda vositasi hamdir. Erkaklar va ayollar kiyimlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘plab umumiy jihatlarga ega bo‘lishi bilan birga, ularning shakli, konstruktiv tuzilishi va dizayn talablari bo‘yicha farqlanadi. Ushbu maqolada erkaklar va ayollar kiyimlarini tikishdagi texnologik jarayonlar bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi va ularning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Kiyim tikish texnologiyasining umumiy bosqichlari. 1. Model tanlash va loyihalash . Bu bosqichda kiyimning tashqi ko‘rinishi, uslubi va shakli aniqlanadi. Dizayner yoki chevar mijoz talabiga ko‘ra model tanlaydi yoki yangi model ishlab chiqadi. Unga mos rang, shakl, dekorativ elementlar rejalashtiriladi. Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 308 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Material tanlash. Ushbu bosqichda kiyim modeliga mos mato, astar, ip, tugma, fermuar kabi yordamchi materiallar tanlanadi. Tanlovda matoning sifati, elastikligi, gigiyenik xususiyatlari va ishlov berish qulayligi hisobga olinadi. 3. Andaza (shablon) tayyorlash. Bu bosqichda kiyim detalining o‘lchamlari asosida karton yoki qog‘ozda andazalar (shablonlar) tayyorlanadi. Har bir detal alohida bo‘lib, u matoga ko‘chiriladi. Bu bosqich kiyimning o‘lchami va shakli aniqligini ta’minlaydi. 4. Matoni joylashtirish va kesish. Tayyor andazalar mato ustiga joylashtiriladi va belgilangan tartibda qirqib olinadi. Matoning tolalari yo‘nalishi, naqshi va o‘lchov aniqligiga e’tibor qaratiladi. Bu bosqichda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tayyor kiyimning shakli buziladi. 5. Tikuv mashinalarida yig‘ish. Bu asosiy texnologik bosqich bo‘lib, unda kesilgan detal va qismlar tikuv mashinasida navbati bilan tikiladi. Bu jarayonda chok turlari (yon chok, yelkama chok, yoqa choklari) bajariladi. Detallar bir butun kiyimga aylantiriladi. 6. Boshlang‘ich va yakuniy ishlov berish (presslash, dazmollash). Tikilgan kiyimga issiqlik ishlovi beriladi. Har bir bosqichda va tikuv tugagach, choklar dazmollanadi, bukmalar tekislanadi, kiyimga estetik ko‘rinish beriladi. Bu bosqichda presslash ishlari maxsus dazmol uskunalarida bajariladi. 7. Sifat nazorati va tayyor mahsulotni qadoqlash. Yakuniy bosqichda tayyor kiyim detallari tekshiriladi – choklar sifati, simmetriya, tugmalar, fermuar ishlashi nazorat qilinadi. Sifati tasdiqlangach, kiyim toza holda buklanib yoki osilgan holda qadoqlanadi. Erkaklar kiyimlarini tikish texnologiyasi. Erkaklar kiyimida asosiy urg‘u funksionallik, qulaylik va soddalikda bo‘ladi. Erkaklar kostyumi, shim, ko‘ylak kabi mahsulotlarni tikishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor beriladi.  Konstruktiv tuzilish: tekis chiziqlar, standart shakllar, kam bezaklar.  Matolar: zich va bardoshli materiallar (paxta, gabardin, flanel, shim matolari).  Kesish jarayoni: geometrik aniqlik, simmetriklik talab qilinadi. Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 309 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT  Yig‘ish: tikuv mashinalarida zax, yon choklar, yoqa, manjetlar aniq bajariladi.  Qadoqlash: katlanadigan yoki osilgan holatda, rasmiy uslubda. Ayollar kiyimlarini tikish texnologiyasi. Ayollar kiyimida estetiklik, nafislik va ko‘p uslubiy elementlar muhim hisoblanadi. Ko‘ylak, yubka, bluzka kabi mahsulotlarda quyidagi jihatlar muhimdir.  Konstruksiya: qiyshiq chiziqlar, asimmetrik elementlar, kengaytirilgan yoki toraytirilgan shakllar.  Matolar: yupqa, chiroyli tusli matolar (atlas, ipak).  Dekorativ elementlar: kashta, aplikatsiya, biser, dantelli bezaklar.  Yig‘ish: delikat tikuv uslublari, nozik choklar va tikuv mashinalarida tez- tez bezak rejimlari ishlatiladi.  Uslubiy yechimlar: fasonga mos model konstruksiyasi, ayollarga xos nafislik. Erkaklar va ayollar kiyimlarini tikishdagi farqlar. Texnologik bosqich Erkaklar kiyimi Ayollar kiyimi Konstruksiya Oddiy, rasmiy shakllar Murakkab, turli shaklli kesmalar Material tanlovi Zich va bardoshli Yumshoq, bezakli, nozik materiallar Bezaklar Minimal (tugma, Ko‘p (kashta, bezak, cho‘ntak) dantellar) Andozalash Standartlashtirilgan Moslashtirilgan, murakkab Tikuv usullari Oddiy choklar Nozik, bezakli choklar Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELO

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada erkaklar va ayollar kiyimlarini tikish jarayonidagi texnologik bosqichlar batafsil yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada erkaklar va ayollar kiyimlarini tikish jarayonidagi texnologik bosqichlar batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
erkaklar kiyimi, chevarchilik, andazalash, ayollar kiyimi, kesish, dekorativ bezaklar, kiyim tikish texnologiyasi, konstruksiya, tikuv mashinasi., moda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники