К содержанию
РецензированоUZ2017

MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UNUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH

UNUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH · Jovliyeva Marjona Panji qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2017

Аннотация

Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va iqlim muammolariga yondashuvi tahlil etiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, ekologik diplomatiya va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida olib borilayotgan faoliyat yoritiladi. Kalit soʻzlar Milliy manfaatlar, umumbashariy muammolar, Oʻzbekiston, ekologik xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi.. Bugungi kunda dunyo miqyosida yuzaga kelayotgan ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar barchaning eʼtiborini global masʼuliyat va hamkorlikka qaratmoqda. Har bir davlat oʻzining milliy manfaatlarini himoya qilgan holda, umumiy tahdidlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston ham o‘z milliy siyosatini umumbashariy muammolar – iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi global muammolar bilan uygʻun holda olib bormoqda. Bu esa milliy manfaatlar asosida xalqaro barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi yondashuvning yorqin namunasi hisoblanadi.Yaqinda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi ta’sischiligidagi “Taraqqiyot” siyosiy ta’lim markazi tomonidan O‘zLiDeP hududiy partiya kengashlarida Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Ma’lumki, mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilin Milliy iqtisodiyotni isloh qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli ishlar shular jumlasidandandir.Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini 80 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildiZamon juda tez, mislsiz shiddat bilan o‘zgarayotgan, jahonda global inqiroz, notinchlik, oziq- ovqat tanqisligi va boshqa buhronlar davom etayotgan hozirgi murakkab davrda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bardavom bo‘lishini ta’minlash, islohotlar poydevorini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega masala.Ta’kidlash joizki, bugungi kunda xalqimiz eng rivojlangan mamlakatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar bilan yashamoqda. Ushbu maqsadga etish borasidagi serqirra faoliyatning tizimli va samarali tashkil etilishi, ishlarimizning samaradorligiga erishish islohotlarimizning mazmun mohiyati va usturvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Global dunyoda har bir davlat o‘zining milliy manfaatlarini ustuvor deb bilgan holda, dunyo miqyosidagi umumiy muammolarga befarq bo‘lib qola olmaydi. XXI asrda insoniyat duch kelayotgan ekologik muammolar, pandemiyalar, terrorizm, suv tanqisligi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, migratsiya kabi masalalar millatlar chegarasini tan olmaydi. Shu bois, har qanday davlat bu muammolarga yondashishda o‘zining milliy manfaatlarini saqlagan holda xalqaro mas’uliyat bilan harakat qilishi talab etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi ham o‘zining tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish strategiyasida bu prinsipga qatʼiy amal qilmoqda. Davlatimiz “Avval inson, so‘ngra jamiyat va davlat” tamoyiliga asoslangan holda, milliy manfaatlar bilan umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga intilmoqda. Milliy manfaat nima va u qanday shakllanadi?Milliy manfaatlar – bu davlat va jamiyatning uzoq muddatli siyosiy, iqtisodiy, ekologik va madaniy manfaatlaridan iborat bo‘lib, ular davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, xalq farovonligi, xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Umumbashariy muammolar va ularning dolzarbligiSo‘nggi yillarda quyidagi umumbashariy muammolar global xavotir uyg‘otmoqda:Iqlim o‘zgarishi va global isish Ekologik inqiroz, xususan, Orol fojiasiSuv resurslarining tanqisligiPandemiyalar va sog‘liqni saqlashdagi tahdidlarMigratsiya va qochqinlar masalasiXalqaro terrorizm va geosiyosiy beqarorlik

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va iqlim muammolariga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va iqlim muammolariga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqlim oʻzgarishi.., xalqaro hamkorlik, umumbashariy muammolar, barqaror rivojlanish, Oʻzbekiston, Milliy manfaatlar, ekologik xavfsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники