К содержанию
РецензированоUZ1931

ILMGA BAG’ISHIDA UMR¬-SHORAXMETOV SHOAKBAR SHORUSTAMOVICH

Abbosova Aziza Orif qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1931

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan. Maqolada olimning 1931-yildan 2006-yilgacha bo'lgan hayot yo'li, uning huquqshunoslik sohasiga kirib kelishi, amaliy va nazariy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda O'zbekiston huquqshunoslik fani rivojiga qo'shgan hissasi atroflicha tahlil qilingan. Shoakbar Shoraxmetovning "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi, Toshkent davlat yuridik institutidagi pedagogik faoliyati, fuqarolik protsessual huquqiga oid 150 dan ortiq ilmiy maqolalari va 8 ta darslik hamda o'quv qo'llanmalari yaratganligi qayd etilgan. Olimning ilmiy merosi zamonaviy huquqshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Kalit so'zlar: Huquqshunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, fuqarolik protsessual huquqi, nomzodlik dissertatsiyasi, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, darsliklar, ilmiy meros, huquqshunoslik fani. Ustoz Shoraxmetov Shoakbar 1931-yil 26-avgustda ayni pishiqchilik paytida dunyoga kelganlar. Hayot yo’llari davomida tog’rilik va halollikni o’zlariga eng tog’ri dasturulamal deb hisoblagan ustoz 1950-yil nufuzli maktabni a’lo baholarga tugatib, O'rta Osiyo davlat universitetiga o’qish uchun imtihon topshiradilar va imtihondan yuqoei ball to’plab ushbu unoiversitetning yuridik fakulteti talabasiga aylanadilar. Ustozning aynan huquqshunos bo’lish uchun juda ko’p sabablari mavjud edi. Ya’ni Sovet davrining tuzimi , qonunlarning o’z vaqtida va joyida amal qilmasligi, yuqoridagilarning bosh-boshdoqliklaridan butun xalq norozi edi . Shu sababli o’sha paytda qonunlarning adolatli va hammaga bir xil tatbiq etilishini ta’minlab beruvchi o’zbekning mard og’lonlari kerak edi bizning o’lkamizga. Shu sababli ham ustoz haqiqatni va adolatni qaror toptirish uchun huquqshunos kasbini egallashga qattiq bel bog’ladilar. O'rta Osiyo davlat universitetining 1-bosqichini tugalab ikkinchi bosqichiga qadam qo’yish paytida O'rta Osiyo davlat universitetining yuridik fakulteti tugatilib uning o’rniga 1951-yil hukumat qaroriga ko’ra Toshkent yuridik insitituti tashkil qilingandan so’ng ushbu universitetga kirgan talabalarning barcha Toshkent yuridik institutini tamomlaganlar. Ustozning huquq sohasiga kirib kelishi va amaliyotga katta qadamlar tashab insonlarning buzilayotgan huquqlarini oz bo’lsada ta’minlab berishga qaratilgan harakatlari 1954-yildan boshlandi. 1954-yil Namangan viloyat Zardaryo rayoniga o’qishni bitirgan talabalar bilan yuborilgan Shoraxmetov ustoz “ma’sul kotib” lavozimiga tayinlanib foliyatini yo’lga qo’yganlar. Shundan keyin Namangan viloyat xalq sudyasi lavozimiga undan keyin esa Farg’ona viloyat sud raisi muovini lavozimiga taklif qilishganida ustoz o’zining boshqa ustozlari da’vati va yo’l ko’rsatishlari bilan Toshkentga boshlab qo’ygan ilmiy faoliyatlarini davom ettirish ya’ni asperanturani o’qish uchun yo’l olganlar. Toshkentdan esa ustozni tog’ri Moskvaga 51 yuborishgan, bir paytning o’zida ham davlat sohasida ishlab ham ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish insonni juda toliqtirgani sababli, ustoz boshlang’ich ikki yilida ham davlat ham ilmiy faoliyatni davom ettirganlar va aspiranturaning oxirgi yilida esa davlat sohasidagi ishlariga vaqticha tanaffus e’lon qilishga qaror qilganlar. Nihoyat 1965-yil may oyida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq insitutining ilmiy kengashida “Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi” mavzusida nomzodlik dessertatsiyasini yoqlaganlar1. Himoyadan so’ng O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim lavozimida, so’ngra O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining yuridik bo’limida ma’sul xodim bo’lib ishlaganlar. Ustoz shundan keyin ham ilmiy faoliyatlarini davom ettirib, 1967-yil Toshkent davlay institutining “Fuqarolik huquq va protsessi” kafedrasida katta o’qituvchi 1971-yildan boshlab ushbu kafedraning dotsenti hamda 1970-1984 yillarda shu fakultetda kechki, sirtqi bo’lim dekani, fakulteti dekani o’rinbosari lavozimlarida ishlaganlar. Ustozning ilmiy faoliyatga bag’ishlangan maqolalari va asarlari juda ko’p bo’lib ularning soni 150 tadan oshadi. Bundan tashqari ustoz hayotlik vaqtlarida fuqarolik protssesual huquqining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnini yangi yetishib kelayotgan yosh avlodlarga tushunarli bo’lishi uchun 8 ta darslik va o’quv qo’llanmalar nashr qildirganlar. O’zbekiston Respublikasida yetishib chiqayotgan kadrlarning shakllanishida o’zining ilmi va qobiliyati qolaversa yozgan asarlari bilan katta xizmatlar qilganliklari uchun 1983-yil ustozga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist” dek oliy maqom topshirildi. Ustozning hayot yo’liga diqqat bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, u kishining erishgan yutuqlari juda katta bo’lib, 1990-yilda O’zbe

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliya…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliya… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Huquqshunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, fuqarolik, ilmiy faoliyat, nomzodlik dissertatsiyasi, darsliklar, pedagogik faoliyat, huquqshunoslik fani., ilmiy meros, fuqarolik protsessual huquqi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники