К содержанию
РецензированоRU2025

Механизмы применения технологий искусственного интеллекта на основе дифференцированного подхода и психометрического анализа для повышения эффективности преподавания английского языка в высшем образовании

Mechanisms for applying Artificial Intelligence · Klara TURSINOVA · Yorkinoy DONIYOROVA · Maftuna SHAVKIYEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 195-199 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются подходы к обучению преподавание английскому языку в вузах на основе индивидуальных английского языка, особенностей студентов и возможностей искусственного дифференцированный интеллекта. Особое внимание уделяется постепенному подход, психометрический анализ, развитию языковых навыков и использованию адаптивных индивидуальный подход, образовательных ресурсов, созданных при помощи ИИ. искусственный интеллект. Yildan yilga shiddat bilan rivojlanib borayotgantexnologiyalar asrida muayyan chet tilini samarali o‘rgatish va o‘qitish nafaqat an’anaviy bilim berish usullarini, balki zamonaviy texnologiyalar, individual yondashuvlar, ruhiy hamda aqliy qobiliyatni hisobga olish va raqamli imkoniyatlarni uyg‘unlashtirishni talab etadi. O‘rganuvchilarning til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasi va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish ta’lim jarayonining sifatini oshiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari va psixologik tahlil vositalari o‘quvchini chuqurroq anglash hamda ta’lim strategiyasini moslashtirish imkonini beradi. Differensiatsiyaviy yondashuv – bu ta’lim jarayonida o‘rganuvchilarning bilim darajasi, shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘rganish uslubi, tushunish yo‘li hamda psixologik xususiyatlariga qarab o‘qitish metodikasini moslashtirish vositasidir. Aynan ingliz tilini o‘rganishda ushbu yondashuv quyidagi xususiyatga ega bo‘ladi. Xususan, o‘tilgan mavzularni tez hamda sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga alohida moslashtirilgan topshiriq va mashg‘ulotlar berish orqali dars o‘tkaziladi. Bu jarayonda har bir o‘rganuvchiga muayyan usul va texnologiyalardan foydalangan shaklda alohida yondashiladi. Shuningdek, turli xil uslub hamda formatdagi dars materiallarini tanlash bu yondashuvning muhim talabi hisoblanadi. Bir qancha manbalardan, turli materiallardan foydalanib o‘quvchiga dars o‘tiladi. Differensiatsial yondashuvning yana bir jihati bu mustaqil tarzda o‘rganishga o‘quvchini ruhlantiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi usullarni amalga joriy etishni ham nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil tarzda bilim olishga qiziqtirish uchun harakat qiladi va ularni jalb qiladi. Ta’lim tizimida individual (shaxsga yo‘naltirilgan) yondashuv tamoyillari esa har bir o‘rganuvchiga uning bilim darajasi, o‘rganish uslubi va motivatsiyasiga mos tarzda yo‘naltirilgan hamda bu xususiyatlar e’tiborga olingan bo‘lib, bu kabi yondashuvlar ta’lim 196 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701 sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur yondashuv o‘quvchini faollikka chorlaydi, unda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlaydi. Alohida har bir o‘rganuvchiga e’tibor qaratish, ularning aqliy, jismoniy va ruhiy xususiyatlari hamda qobiliyatlarini aniqlab, ularga moslashtirilgan mashg‘ulotlarni olib borish ta’lim samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Xususan, sinfda mavzuni tez o‘rganuvchi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan topshiriq berilishi mumkin va/yoki mavzuni sekin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga boshqacha yondashuvdagi mashg‘ulot tarqatilishi mumkin. Bunda o‘rganish hamda o‘rgatish shaklini ta’lim beruvchi shaxs, o‘qituvchi nazoratga oladi hamda ta’lim samaradorligini belgilab boradi. Psixometrik tahlilning ham ta’lim tizimida amaliy ahamiyati juda muhim bo‘lib, maxsus test, savol-javob hamda so‘rovnomalar yordamida til ko‘nikmalari chuqur o‘rganiladi. Bu kabi test va so‘rovnomalar o‘quvchining haqiqiy bilim darajasini aniqlab, o‘qitish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga yordam berishi mumkin. Shuningdek, xalqaro test tizimlariga moslashtirilgan baholash vositalarini ishlab chiqish imkonini yaratadi. Jumladan, sinfda turli xarakter temperamentdagi o‘quvchilarni aniqlash uchun ba’zi psixologik testlarni o‘tkazish mumkin. Masalan, xolerik hamda sangvinik temperamentidagi o‘quvchilar tabiatdan kirishuvchan hamda moslashuvchan, shu bilan birga, maqsad sari harakat qiluvchi bo‘lganliklari bois, ularda yangi ma’lumotlarni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu esa o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi hamda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan xohish-ishtiyoqni uyg‘otadi. Boshqa tarafdan esa melanxolik va flegmatik temperament tipdagi o‘rganuvchilar uchun biroz boshqacha usul hamda yondashuvlar talab etiladi. Chunki ular boshqalardan farqli bo‘lib, psixologik xususiyatlariga ko‘ra vazmin, kamharakat, bosiq, g‘amgin, biroz zaif hamda jur’atsiz kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Bu kabi xususiyatlar o‘qish jarayoniga turli ta’sirini ko‘rsatib, mavzularni o‘zlashtirish hamda o‘rganish samaradorligi ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘ladi. Sun’iy intellektning ta’limdagi roli haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Sun’iy intellekt asosidagi vositalar: ChatGPT, Grammarly yoki Duolingo kabi platformalar o‘quvchilar uchun alohida shaxsga moslashtirilgan o‘quv materiallarini o‘zida jamlaydi hamda to‘plab boradi. Bu ka

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются подходы к обучению преподавание английскому языку в вузах на основе индивидуальных английского языка, особенностей студентов и возможностей искусственного дифференцированный ин…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются подходы к обучению преподавание английскому языку в вузах на основе индивидуальных английского языка, особенностей студентов и возможностей искусственного дифференцированный ин… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4/S-pp195-199, differensiatsiyaviy yondashuv, individual approach, индивидуальный подход, преподавание английского языка, AI, individual yondashuv, искусственный интеллект, ingliz tilini o‘qitish, sun’iy intellekt, психометрический анализ, differentiated approach, psixometrik tahlil, дифференцированный подход, psychometric analysis, English language teaching
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3