К содержанию
РецензированоRU2025

Теория концептуального поля в лингвистике

Mukhabat JUMAEVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Navoi State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 74-81 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной научной статье исследуется современное Когнитивный, понимание концепта в лингвистике, обсуждаются мнения и концепт, доклады зарубежных и узбекских лингвистов, а также концептуализация, различные теоретические подходы и взгляды ученых к лингвокультурология, семантика, интерпретации концепта. Рассматриваются особенности синтаксис, когнитивного анализа языковых единиц. Кроме того, прагматика, приводятся размышления о синтаксическом, семантическом языковые единицы, и прагматическом анализе. сравнительная типология, концептуализация. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida inson ongi va tafakkurini o‘rganishga qiziqish yanada ortdi. Tilshunoslikda, Z.D. Popova va I.A. Sternin ta’riflaganidek, kognitiv yondashuv neyrofiziologiya asosida vujudga kelgan neyrolingvistikadan boshlab bosqichma-bosqich rivojlandi va buning asosida kognitiv tilshunoslikning nazariy asosi shakllandi. Kognitiv tilshunoslik – umumiy kognitiv mexanizm sifatida tilga qaratilgan lingvistik yo‘nalish, kognitiv vosita sifatida, axborotni ifodalash (kodlash) va o‘zgartirishda rol o‘ynaydigan belgilar tizimini o‘rganadi. Shu bilan birga, kognitiv tilshunoslikda ma’lumotlarni kodlash usuli sifatida konsept tushunchasi nazarda tutiladi. S.G. Vorkachev ta’kidlaganidek, konsept kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchasi hisoblanadi. Tilshunoslikda konseptning asosiy xususiyati borasida bir qator fikrlar bildirilgan bo‘lsada, uning ta’rifida sezilarli darajada noaniqlik mavjud. A.V. Kravchenkoning ta’kidlashicha, tadqiqotchilar ko‘p hollarda konseptni boshqa, noaniq tushunchalar orqali aniqlashga harakat qilishadi . Bizning fikrimizcha, konseptning pragmatik jihatdan mazmunli va yetarlicha konkretlashtirilgan tushunchasini mavjud ta’riflardan ajratib olish mumkin: konseptning ta’riflarida uning “mental birlik”— “mental shakl” , “xotira birligi” , “ong birligi” yoki “tafakkur birligi” , “predmet g‘oyasi” , “bilish kvanti” yoki “tafakkur kvanti” ekanligi qayd etiladi. Bu kuzatishlar, kognitiv tilshunoslar konseptni faqat mental tabiatga (qandaydir tarzda inson ongida mavjud ega bo‘lgan va inson bilimi va tajribasi bilan ham, tashqi olam bilan ham o‘zaro ta’sir qiluvchi minimal bo‘linmas birlik sifatida qabul qilishini ta’kidlashga imkon beradi. S.A. Askoldov-Alekseyev konsept tushunchasini “fikrlash jarayonida bir xil turdagi predmetlar, harakatlar, aqliy vazifalarning noaniq to‘plamini namoyon etadigan tafakkur shakli” deb ta’riflagan . Qizig‘i shundaki, olim o‘sha paytda ham konseptni anglash uchun turli xil yondashuvlar mavjudligi, shu jumladan, konseptni “sof aqliy tuzilma” deb tushunish mumkin va obyektiv voqelikning bir qismi sifatida uning umumiyligi yoki individualligini ta’kidlash zaruriyati haqida gapiradi. So‘nggi davrlarda konsept hodisasi konseptual yondashuv bilan shug‘ullangan ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan chuqur o‘rganildi. S.A. Askoldov- Alekseyevdan keyin D.S. Lixachev bu tushunchaga oydinlik kiritadi. Uning nazarida, konsept so‘zning o‘zi emas, balki, birinchidan, har bir so‘zning asosiy (lug‘aviy) 75 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701 ma’nosi uchun alohida shakllanib, shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, u individual va milliy xususiyatga ega. So‘zning qaysi lug‘aviy ma’nosi konseptni hosil qilishi, odatda, kontekstdan, ba’zan esa umumiy vaziyatdan ma’lum bo‘ladi. Konsept to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zning ma’nosidan kelib chiqmaydi, balki lug‘aviy ma’noning insonning shaxsiy va jamoa tajribasi bilan to‘qnashuvi natijasidir . Konseptning boshqa ta’riflari bir qator tadqiqotchilar tomonidan berilgan. Ye.S. Kubryakovaning fikricha, konsept – bu xotiraning operasion birligi, mental leksika, ongning konseptual tizimi va tili, olamning butun manzarasi, bilim kvantidir. Eng muhim konseptlar tilda ifodalangan. V. Krasnix konseptni shunday ta’riflaydi: “garchi u bilan bog‘liq vizual-obraz birlashmalari mavjud bo‘lsa-da, vizual prototipik obrazga ega bo‘lmagan “madaniy predmet”ning eng mavhum g‘oyasi”. V.I. Karasikka ko‘ra, lingvomadaniyatshunoslikning asosiy birligi madaniy konsept – ko‘p o‘lchovli semantik shakl bo‘lib, unda qiymat, obraz va tushunchalar ajralib turadi . S.G. Vorkachevning qayd etishicha, tafakkurning operasion birligi sifatida konsept bilimlarni aniqlash va turkumlash usuli va natijasidir . Z.D. Popova va I.A. Sterninning fikricha, konsept – diskret mental shakl bo‘lib, shaxs aqliy kodining nisbatan tartibli ichki tuzilishga ega bo‘lgan asosiy birligi, shaxs va jamiyatning kognitiv faoliyati natijasini ifodalaydi va ifodalanayotgan predmet yoki hodisa haqida murakkab, ensiklopedik ma’lumotlarni va ularning talqini haqida jamoatchilik bilimi va tafakkurining munosabatini jamlab oladi . D.U. Ashurovaning konseptga bo‘lgan nuqtai nazarida konsept – bu uyg‘un birlik hosil qiluvchi mental tuzilma bo‘lib, u olam tasvirining yadroviy komponenti sifatida lingvomadaniy ahamiyatga ega b

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной научной статье исследуется современное Когнитивный, понимание концепта в лингвистике, обсуждаются мнения и концепт, доклады зарубежных и узбекских лингвистов, а также концептуализация, различн…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной научной статье исследуется современное Когнитивный, понимание концепта в лингвистике, обсуждаются мнения и концепт, доклады зарубежных и узбекских лингвистов, а также концептуализация, различн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-3701/© 2024 in Science LLC, семантика, Kognitiv, syntax, концептуализация, senantika, sintaktika, Когнитивный, синтаксис, linguoculturology, til birliklari, konseptuallashish, lingvokulturologiya, языковые единицы, konseptualizatsiya, concept, лингвокультурология, сравнительная типология, konsept, qiyosiy tipologiya, conceptualization, концепт, pragmatics, semantics, прагматика, Cognitive, pragmatika, linguistic units, comparative typology
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3