К содержанию
РецензированоUZ2025

RUS TILINI XORIJIY FAN SIFATIDA O‘ZBEK MAKTABLARIDA O‘QITILISHI

Avlayarova Zilola Maxmudovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Globallashuv sharoitida turli madaniyat va tillar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurati ortib bormoqda. Xususan, rus tilini chet tili sifatida o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ham nazariy, ham amaliy jihatdan yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu maqolada rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning metodik asoslari, lingvodidaktik yondashuvlari, fonetik kompetensiyani shakllantirishdagi muhim jihatlar tahlil qilinadi. Ta’lim samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlar va o‘qitish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: rus tili, chet tili sifatida o‘qitish, fonetika, metodika, didaktika, talabalar, kommunikativ yondashuv, madaniyatlararo muloqot. Bugungi tez o‘zgaruvchan global muhitda tillar va madaniyatlararo muloqotga tayyor shaxsni shakllantirish zamonaviy ta’limning dolzarb vazifasiga aylangan. Ayniqsa, rus tilini chet tili sifatida o‘rganish bo‘yicha qiziqishning ortib borayotgani fonida bu tilni samarali o‘qitish uchun chuqur metodik asosga ega bo‘lgan o‘quv jarayonini tashkil etish zarurati kuchaymoqda. Zamonaviy lingvodidaktik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, chet tilini o‘rganishda nafaqat lingvistik bilimlar, balki madaniyatlararo kompetensiya ham muhim rol o‘ynaydi. Rus tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, talaffuz, eshitish-tushunish, nutq ishlab chiqish va yozma kompetensiyalarni uyg‘un rivojlantirish asosiy metodik https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 3 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 tamoyillar sifatida qaralmoqda. Bu jarayonda o‘quv materiallarini mazmunli, mantiqiy, bosqichma-bosqich tanlash va taqdim etish metodik aniqlikni ta’minlaydi. Fonetik kompetensiyani shakllantirish rus tilini o‘rganishda asosiy bosqichlardan biridir. Chet ellik talabalar uchun to‘g‘ri talaffuz nafaqat fonetik jihatdan, balki kommunikativ nuqtayi nazardan ham zarur hisoblanadi. Shu sababli, boshlang‘ich bosqichda o‘tkaziladigan fonetika kurslari eshitish va talaffuz malakalarini shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, rus tilining leksik boyligi, sinonimiya, omonimiya va polisemiyasi uni o‘rgatishda muayyan murakkabliklar tug‘diradi. Bu holat talabalarni kontekst asosida leksik birliklarni tushunishga va amaliy nutqda qo‘llay olishga o‘rgatishni taqozo etadi. Shuningdek, rus tilida muloqot qilishda pragmatik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Rus tilini chet tili sifatida o‘rgatish bo‘yicha metodik yondashuvlarni takomillashtirish — bu tilni o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardandir. Uslubiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dars mazmuni va fonetik kompetensiyaning shakllantirilishi xorijiy talabalar uchun nafaqat tilda erkin muloqot qilish, balki madaniyatlararo o‘zaro anglashuvga erishishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar rus tilining xalqaro ahamiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Rus tilini chet tili sifatida o‘rganish jarayonida fonetik kompetensiyani shakllantirish — tilni samarali o‘zlashtirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Ayniqsa, o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida talabalar fonatsiya (tovush chiqarish) va artikulyatsiyaviy apparatning o‘ziga xos harakati bilan bog‘liq bir qator fiziologik va psixolingvistik murakkabliklarga duch kelishadi. Ushbu bosqichda fonetik kompetensiyani rivojlantirishda tilshunoslik bilan fiziologiyaning kesishgan nuqtalarini hisobga olish alohida ahamiyat kasb etadi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 4 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Fiziologik omillar va artikulyatsion murakkabliklar Rus tili fonetik tizimi boshqa ko‘plab tillardan tubdan farq qiluvchi tovush birliklariga ega. Jumladan: Ayrim rus tiliga xos undosh va unli tovushlar (masalan, [ы], [щ], [ч], [ж]) boshqa tillarda mavjud emas; Tovush birikmalari og‘zaki nutqda talaffuz qilishda chet ellik o‘rganuvchilarda artikulyatsion mushaklarning zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatda og‘iz, til, lab va burun bo‘shliqlari bilan bog‘liq artikulyatsion apparatning noaniq va yetarli rivojlanmagan faoliyati tufayli, maxsus mashqlar orqali mushaklar ishini rag‘batlantirish talab etiladi. Bu "tovush mushaklarini" asta-sekin "mashq qildirish" jarayoni, fonetika o‘rgatishda uzluksiz va bosqichli yondashuvni taqozo etadi. Rus tilining fonatsiyasi — ya’ni tovushlarning paydo bo‘lishi va talaffuzi — ko‘pincha boshqa tillarga qaraganda katta havo hajmini talab qiladi. Chet ellik talabalar, ayniqsa, o‘rganishning boshida bu talabga moslasha olmay, tez-tez nafas yetishmovchiligiga duch kelishadi. Shu sababli, fonatsion nafas olish texnikasini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar ham metodik kompleksga kiritilishi lozim. Fonetika va fonatsiya madaniyatini shakllantirish faqat texnik ko‘nikmalar bilan cheklanmasligi kerak. She’riy matnlar, qo‘shiqlar, ifodali o‘qish mashqlari vositasida tovushlar ohangdorligini va intonatsion tuzilmasini o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni madaniy-estetik kontekstda rivojlantirishga xizmat qiladi

Доказательный фрагмент

«Globallashuv sharoitida turli madaniyat va tillar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurati ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Globallashuv sharoitida turli madaniyat va tillar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurati ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fonetika, madaniyatlararo muloqot., metodika, kommunikativ yondashuv, talabalar, chet tili sifatida o‘qitish, didaktika, Kalit so‘zlar: rus tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ПедагогикаENРецензированоОткрытый доступ
Yao ceremonial paintings

Учебная литератураJacques Lemoine1982

4