Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA AVLONIYNING KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI
Jabborov Hojiakbar · Abdumutalipov Habibullo
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Komil inson haqidagi ta’limot insonning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik darajasiga ko‘tarilishini ko‘zda tutadi. Musulmon jamiyatida inson har doim komillikka intilish, chin mo‘min bo‘lish orzusida yashaydi. Tarixda o‘tgan allomalar hayot yo‘lini o‘qib-o‘rganish va olingan ilmlarni o‘z hayot yo‘lida taqbiq qilish kishi e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladi. XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri, jadidlar yetakchisi bo‘lgan Abdulla Avloniy asarlarida inson komillikka erishish uchun qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida atroflicha mulohaza yuritilgan. Kalit so‘zlar: komillik, ta’lim, tarbiya, inson fitrati, ma’naviy yuksalish, e’tiqod, komil inson, fiziologiya, filologiya, axloq, estetika. Ключевыеслова: совершенство, образование, воспитание, человеческаяприрода, духовноеразвитие, вера, совершенныйчеловек, физиология, филология, этика, эстетика. https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 9 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 Keywords: perfection, education, upbringing, human nature, spiritual growth, faith, perfect man, physiology, philology, ethics, aesthetics. O‘zbek jadid allomalarining hayot yo‘li, ijtimoiy faoliyati ibratli, so‘zlari hikmatli. Millat va Vatan, ma’rifat va ma’naviyat ularning dardi, qayg‘usi, amali va a’moli edi. Ular shu el-yurt istiqboli uchun dard chekdi, qayg‘urdi, g‘amga botdi, o‘yga toldi. Ular yangi usul ta’lim maktablari ochib, farzandlarini savodli qildi, fikrini o‘stir dunyoni anitdi. Ular teatrda tomoshalar qo‘yib, ijtimoiy, maishiy muammolarni sahnaga ko‘chirdi va o‘sha “ibratxona” orqali olamg ibrat nazari bilan qarashni tashviq qildi. Badiiy asarlarida kundalik turmush muammolarining adabiy manzaralarini aks ettirdi. Shunday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan moʻtabar jadid allomalar qatorida Abdulla Avloniy ham bor. Abdulla Avloniyning millat tarbiyasi bobida qayg‘urib, Sa’diy Sheroziyning axloqiy risolalariga havaslanib “Turkiy Guliston yoxud axloq” nomli didaktik ruhda yozgan asari o‘z vaqtida sevib o‘qildi va hamon o‘qilmoqda. Avloniyning “tarbiya bizlar uchun yo hayot –yo mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidur” degan fikri aynan yuqorida nomi aytilgan kitobidan olingan. Bu fikr asrlardan asrlarga o‘tib, abadiyat yo‘liga chiqqan hikmatlar sirasiga kiradi. Avloniy milliy til va milliy adabiyotga urg‘u berib yozadi: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur. O‘zi bilgan-bilmagan turli tillarning so‘zlarini “aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur”. Haq gap ham shu. Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati halim tabiat bilan hosilbo‘lur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va qudrat sohibi bo‘lsa ham, o‘zidan ojiz kishilarga shiddat ila muomala qilmas. Fikri salomat kishilarning qalbi halim, tab’i karim bo‘ladi”. Tarbiya bobida bunday hayotiy hikmatlar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.hadislari, dunyo allomalarining aforizmlari bilan to‘yintirilgan Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 0 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 axloq” asari o‘z qadr-qiymatini saqlab keladi. Avloniyning hayoti va ijod yo‘li barcha maslakdoshlari kabi turli-tuman va serqirra. O‘z e’tirofiga ko‘ra, u yoshligida hunar o‘rganadi; “g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ishlari” bilan shug‘ullanadi. Turmush tashvishlarining naq o‘pqonida yashaydi. Keyin Abdulla Avloniy matbuotchi, muallim, adib, jamoatchi, elchi, jurnalist sifatida taniladi. 1907-yili “Shuhrat” gazetasini nashr ettiradi. Gazetaning o‘nta soni chiqar-chiqmas taqiqqa uchraydi. 1913-yili “Turon” teatr truppasini tuzadi. Sahnada o‘zi rollar ijro etadi, ya’ni mushaxxis –aktyorlik ham qiladi. Hayotdan olgan saboqlaridan sahnada, badiiy asarlari uchun tanlagan obrazlarida foydalanadi. Uning “Hijron” taxallusi bilan e’lon qilgan she’rlarida da’vatkorlik, yaxshilikka chaqiruv, jaholatni qoralash ohanglari kuchli. Shoirning axloqiy dasturi va ma’naviy mezoni shunday. Avloniyning bir necha juzdan tarkib topgan “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” majmuasi o‘z vaqtida shuhrat topdi; maktablarda darslik sifatida o‘qitildi. Uning she’rlarida ma’rifatparvarlik, jadidona g‘oyalar, xususan, ilm-u adabni ulug‘lash mavzusi yetakchi o‘rinda turadi. She’rlarini shunga mos “Maktab”, “Maorif nadur?”, “Jaholatdan nafrat”, “Ilm ahvolindan bir manzara”, “Ilmga targ‘ib”, “Ilm” kabi nomlar bilan atadi. Avloniy fikricha, ilm barcha xursandchiliklar uchun ma’dan, barcha fazl-u karamlar manbayidir. Ilmsizlar uchun jahonning keng ayvoni tor bo‘lib qoladi, ilmsizlarga butun “dard-u alam yor” bo‘ladi, ilmsiz odam tirikchilik yo‘llarida adashadi. “Ilm ikki jahon shavkatining barposi”. “Ilm bir nuri ziyo” –uning jilosi ketmaydi. Ilm inson qalbiga sayqalberadi, ma’naviy-ruhiy dunyosini yoritib go‘zalla
Доказательный фрагмент
«Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKomil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- perfection, education, upbringing, human nature, spiritual, Kalit so‘zlar: komillik, physiology, этика, Ключевыеслова: совершенство, perfect man, axloq, e’tiqod, aesthetics., Keywords: perfection, spiritual growth, philology, физиология, воспитание, estetika., образование, духовноеразвитие, вера, komil inson, ethics, филология, человеческаяприрода, tarbiya, inson fitrati, faith, ta’lim, fiziologiya, filologiya, ma’naviy yuksalish, совершенныйчеловек, эстетика.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018