К содержанию
РецензированоRU2025

BADIIY MATNDA METAFORA VA O‘XSHATISHLAR (АBDULLА QОDIRIУ ASARLARI MISOLIDA)

QОDIRIУ ASARLARI MISOLIDA) · Turdiqulova Rayxon Turdiqul qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the use of metaphors in some of Abdulla Qodiri's short works. Words can also have figurative meanings in addition to their literal meaning. The figurative meaning arises on the basis of the literal meaning of words in the language. "When words are used figuratively, they not only name objects and phenomena, but also serve to describe those objects and phenomena." Words with figurative meanings play an important stylistic role in depicting natural landscapes, revealing the inner world of characters, and in lyrical digressions. One can encounter metaphor, metonymy, synecdoche, simile, and other types of meaning transfer. When we analyze the works of the great word artist A. Qodiri in a linguo-epic manner, we witness the existence of all their manifestations. Keywords: figurative meaning, metaphor, proverb, story, title, ending, self- meaning, figurative meaning, incarnation, irony, Abdulla Qodiri. So’zlar asl ma’nosidan tashqari ko’chma ma’no ham anglatishi mumkin. Ko’chma ma’no tildagi so’zlarning to’g’ri ma’nosi negizida vujudga keladi. ”So’zlar ko’chma ma’noda qo’llanganda predmet va hodisalarni atabgina qolmay, o’sha predmet va hodisalarni tasvirlash vazifasini ham bajaradi”. Ko’chma ma’noli so’zlar tabiat manzaralarini chizishda, qahramonlarning ichki dunyosini ochishda, lirik chekinishlarda muhim stilistik vazifa bajaradi. Ma’no ko’chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik va boshqa turlarini uchratish mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 4 9 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 Ulkan so’z san’atkori A.Qodiriy asarlarini lingvoepik tahlil qilganimizda ularning barcha ko’rinishlari mavjudligiga guvoh bo’lamiz. Quyida bularga to’xtab o’tamiz. Metafora nom ko’chishi emas, balki ma’no ko’chishidir, chunki so’z ichki semalardan tashkil topadi.Mana shu semalar birlashib yaxlit leksik birlikni tashkil etadi. Masalan: “qotmoq”; a)ma’lum bir harakatsiz holatga kelmoq; b)ma’lum bir o’rindan jilmaslik; d)ma’lum bir o’ringa aloqadorlik. Bu semik qatorni yana davom ettirish mumkin. Ushbu semalarning ma’lum biri ko’chadi, nom esa shu ma’nosini yetaklab yuradi, xolos. “U tarrakdek qotib qoldi” ushbu gapda ma’lum bir ma’no, ya’ni qattiqlik ma’nosi ko’chgan. Abdulla Qodiriyning “Uloqda” va “Jinlar bazmi” hikoyalarida yuqorida qayd etilgan ko’chma ma’nodagi bir qator so’zlarni ko’rishimiz mumkin. Metafora yo’li bilan ma’no ko’chishi. Biz “Uloqda” hikoyasidagi o’zaro o’xshashlik asosida ma’no ko’chadi: a) o’rin jihatdan o’xshashlik asosida ma’no ko’chadi. “Akamlar sadaning ostiga-samovarchining palosiga otdan qo’ndilar”; “…uloq o’rtaga kirmagan edi”; “arava yoniga keldim” kabi gaplarda “ostiga”, “o’rtaga”, “yoniga” kabilarda o’rin jihatdan o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi mavjud. “Jinlar bazmi” hikoyasida ham bunday holat kuzatiladi. “Ko’rpacha labiga cho’kdim”, “…bog’ qoshida aylanib ancha aylanib qoldim”, “Tokning boshidan ushlab asta bog’lay boshladim” kabi gaplardagi “lab”, “qosh”, “bosh” so’zlarida o’rin jihatdan o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi mavjud. b) shakl jihatdan o’xshashlik asosida ma’no ko’chadi. “Uloqda” hikoyasida shakl o’xshashligi asosida ma’no ko’chgan. https://scientific-jl.com/luch/ 5 0 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 “…ko’kragi ochig’i Salim chavandoz edi”, “…samovarning og’zida choy qaynar edi” kabi gaplarda yuqoridagi kabi gaplarda yuqoridagi kabi ma’no ko’chishini ko’rish mumkin. “Qosh qorayib, qorong’i tushgan paytda arang poya ishidan qutuldim”, “…tok ko’zi ancha yiriklashib qolgandi” gaplarida “qosh” va “ko’z” so’zlarida shakl o’xshashligi asosida ma’no ko’chishi mavjud. d)belgi jihatdan o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi mavjud. “…otni qattiq choptirma”; “…kiyimlaringni pes qilib kelma”; “…girdig’umdan kelgan, yerdan bichib olgandek yigit-a?”; “…uzoqqina suhbatlashib o’tirgandan keyin …”,”…umri boqiy bo’lsa hech gap emas…”; “…ozgina “shayton yig’i” qilib olgandan keyin…” kabilarda; “Jinlar bazmi” hikoyasidagi “Uzoq o’ylab o’tirmay,tut, qayrag’och va tol kabi daraxtlardan istak chilpidim”; “Qarshimdagi maydondan o’tkir nur tushar edi”; “Siz bilasiz, bizning bog’ning tevaragi quruq maydonlar bilan o’ralgan”; “Sozlar sozlandilar, bir xil bosiq, og’r mashq chalina boshlandi”, “uzoq yig’ladim”; “…mayin kuy ta’sirida ohista chayqalardim” gaplarida “o’tkir”, “quruq”, “bosiq”, “og’ir”, “uzoq” so’zlarida shunday holatni kuzatish mumkin. d)vazifa o’xshashligi asosida ma’no ko’chishi mavjud. “Uloqda” hikoyasida “So’z urinib, yana Mahkam akamning ustida to’xtaldi…”; “…otga birdan shartillatib qamchi berdi va qushdek uchib ketdi”; “Akamlar sadaning ostiga – samovarchining palosiga otdan qo’ndilar”; “Birisi:“Bugun uloq qizimaydi”,- desa, ikkinchisi:”Bekor aytibsan, bugun uloq qiziydi”,-deydi”; https://scientific-jl.com/luch/ 5 1 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 ”…Salimning oti qozoqi ot, qamchi ko’tarmaydi” gaplaridagi “to’xtaldi”, “berdi”, “uchib ketdi”,”qizimaydi”, “ko’tarmaydi” kabi so’zlarda; “Jinlar bazmi”da esa “…vujudimni qo’rquv o’rab olardi”; ”Tiriklik bilan ovora bo’lib, b

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the use of metaphors in some of Abdulla Qodiri's short works.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the use of metaphors in some of Abdulla Qodiri's short works. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
figurative meaning, metaphor, proverb, story, title, ending, self-, название, maqol, метафора, Abdulla Qodiriy., воплощение, irony, Ключевые слова: переносное значение, Абдулла Кадыри., рассказ, tana qilmoq, концовка, пословица, metafora, ирония, Kalit so‘zlar: Ko‘chma ma’no, o’z ma’nosi, sarlavha, self-meaning, ko’chma ma’no, yakun, Abdulla Qodiri., hikoya, kinoya, Keywords: figurative meaning, переносное значение, incarnation, самосмысл
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники