Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIRTUAL MAKONDA FUQAROVIY HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI
TARTIBGA SOLISH MASALALARI · Mubin Nasullaev (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti) · Madi Miltikbaev (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Maqolada virtual makonda fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga solishning ilmiy jihatdan tushunchasi yoritib berilgan. Shaxsan bu haqida mahalliy va xorijiy mualliflarning ilmiy asarlarida bayon qilingan fikr-mulohazalari ko‘rsatilib, ular huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Mavzuga bag‘ishlangan huquqshunos olimlarning ilmiy asarlaridan foydalanilgan holda, muallifning shaxsiy o‘z fikrlarini ifodalanib, hozirgi davrda virtual dunyodagi fuqaroviy munosabatlarni tartibga solinishiga global yondashuv bo‘lishligini ta’kidlangan. Maqolada muallif mavzu yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan va kelajakda qilinishi kutilayotgan ish faoliyatlarni amalga oshirishga oid ilmiy va amaliy taklif va xulosalarni ko‘rsatgan. Kalit so‘zlari: raqamli davr, virtual makon, elektron to‘lovlar, onlayn xizmatlar, kibermakon, kiberhuquq, blokcheyn, sun’iy intellekt, kibersudlar, kriptografiya, kiberxavfsizlik, robototexnika, kiberjinoyat, global xavf, raqamli xavfsizlik. Zamonaviy raqamli davrda virtual makon fuqaroviy huquqiy munosabatlarning yangi shakllarini vujudga keltirdi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, onlayn xizmatlar, elektron to‘lovlar va blokcheyn texnologiyalari fuqaroviy huquqiy munosabatlarning yangi ko‘rinishlarini yuzaga keltirmoqda. Bu esa huquqshunos olimlar tomonidan ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Virtual makondagi fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha taniqli huquqshunos olimlar https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 4 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 bunga munosabat bildirib, o‘z fikr-mulohazalari va qarashlari bilan bu masalalarni tahlil qilmoqdalar. Jumladan, K.A.Ivanova, Madi Miltikbaev va D.D.Shtodinalar kibermakonni xalqaro huquq nuqtai nazaridan tahlil qilib, uning asosiy xususiyatlarini belgilashga harakat qildilar. Ularning fikricha, kibermakondagi huquqiy bo‘shliqlar global xavflarga olib kelishi mumkin va bu sohada universal tushuncha hamda xalqaro huquqiy normalarni ishlab chiqish zarur1 deb hisoblaydilar. Bunday tahlilga qaraganda, mazkur masala xalqaro tashkilotlar tomonidan markazlashtirilgan yondashuv asosida hal qilinishi lozimligi ko‘rinadi. Chunki, davlatlar o‘z milliy qonunlariga tayanib, kibermakonni tartibga solishga harakat qilsa ham, bugungi globallashgan dunyoda bu yetarli emas. Barqaror va samarali xalqaro kiberhuquqiy tizim yaratilishi lozim deb hisoblanadi. Bu yo‘nalishda virtual makonda fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish xalqaro darajada integratsiyalashgan, barqaror va samarali huquqiy tizimni talab etadi. Bunday tizimni shakllantirishda xalqaro kiberhuquqiy normalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Barqaror kiberhuquqiy tizim yaratish uchun davlatlar o‘rtasida huquqiy hamkorlik va yagona me’yoriy baza shakllantirilishi lozim. Bunda BMT, Yevropa Ittifoqi, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida kibermakonda huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro konvensiyalar ishlab chiqilishi talab etiladi. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro me’yorlarga moslashtirib, davlatlar o‘z milliy kiberhuquqiy qonunchiligini xalqaro standartlar va tamoyillar 1 Иванова К.А., Милтикбаев М., Штодина Д.Д. "Киберҳуқуқнинг халқаро ҳуқуқий асослари" – Москва: Юрайт, 2022. https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 5 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 asosida takomillashtirishi lozim. Bu raqamli iqtisodiyot va fuqarolarning kiberhuquqlarini himoya qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishda kiberxavfsizlikni ham kuchaytirish dolzarb masalalardan biridir. Chunki, virtual makondagi huquqbuzarliklarga qarshi samarali choralar ko‘rish uchun davlatlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur bo‘ladi. Bu kiberhujumlar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasizligi va onlayn firibgarlikka qarshi huquqiy choralar ishlab chiqishga yordam beradi. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishni ham unutmaslik kerak. Barqaror kiberhuquqiy tizimni amalga oshirishda jamiyatning huquqiy savodxonligi muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar o‘z raqamli huquqlarini bilishi va himoya qilishi uchun ta’lim tizimi orqali huquqiy bilimlarni oshirishlari lozim. Asosiy masalalardan biri bo‘lgan innovatsion texnologiyalar orqali huquqiy nazoratni kuchaytirish ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda blokcheyn, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsion texnologiyalar yordamida huquqiy munosabatlarni raqamli tartibga solish samarali amalga oshirilishi mumkin. Davlatlar ushbu texnologiyalarni qonunchilikka moslashtirgan holda joriy qilishi lozim. Xalqaro kibersudlarni tashkil qilish e’tibordan chetda qolmasligi sababli, kiberhuquq sohasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro kibersudlar va arbitraj mexanizmlari yaratilishi lozim. Bu transmilliy huquqbuzarliklarni samarali tartibga solishga yordam beradi. Huquqnunos olimlar kiberhuquq va fuqarolik huquqi o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilib, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatmoqdalar. Abdurahmonning fikricha, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qi
Доказательный фрагмент
«Maqolada virtual makonda fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga solishning ilmiy jihatdan tushunchasi yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada virtual makonda fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga solishning ilmiy jihatdan tushunchasi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- global xavf, raqamli xavfsizlik., robototexnika, Kalit so‘zlari: raqamli davr, kriptografiya, kiberjinoyat, kibermakon, onlayn xizmatlar, blokcheyn, virtual makon, kibersudlar, kiberxavfsizlik, kiberhuquq, sun’iy intellekt, elektron to‘lovlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026